Ma’lum darajada 9-sinfni bitirganlar yuqori o’rta maktablarga tanlov yo’li
bilan qabul qilinadi. Ammo yuqori o’rta maktablar o’quvchilarning bilimiga qarab
tabaqalashtirilganligi tufayli 86,4 foiz o’quvchi ularga qabul qilinadi.
Amerikalik yoshlarning ko’pchiligi o’rta maktablarni tugatgach, tegishli
diplom va maxsus kurslarni bitirganliklarini isbotlovchi hujjat olishadi.
O’quvchilar odatda ma’lum
bir sinfni, kurs yoki maktabni yakunlashda test
sinovlariga jalb etiladi.
O’quvchilar bilimi quyidagicha baholanadi:
A — 95-100 ball;
V — 85-92 ball;
S — 71-80 ball;
D — 65-70 ball;
G — 0-64 ball (qoniqarsiz).
Test natijalariga ko’ra qoniqarsiz baholangan o’quvchilar yil davomida
ma’lum vaqt o’tkazib sinovdan qayta o’tkaziladilar. Bu sinovlarga o’quvchilarning
sinf muloqotida qatnashganligining natijalari, og’zaki va yozma vazifalarning
yechimlari ham ilova qilinadi. AQSH maktablarida chorak va o’quv yili
natijalariga ko’ra ham o’quvchilar test sinovlaridan o’tkaziladilar.
Ba’zi
shtatlarda, shuningdek, Nyu-Yorkda ham ta’lim departamenti
tomonidan belgilangan imtihonlar ham o’tkaziladi.
AQSH maktablarida odatda, o’quvchilar o’quv yili davomida ikki marta
o’zlashtirish tabeli olishadi. Ayrim shtatlarda bunday tabellar har bir fan bo’yicha
6 marttagacha beriladi. Har bir maktab o’quv yili boshlanishidayoq o’z o’quv
tartibini oldindan belgilab oladi. U quyidagicha bo’lishi mumkin:
7 sentabr — o’quv yilining boshlanishi;
12 oktabr — Kolumb kuni munosabati bilan bayram;
21 oktabr — o’quvchilarning aqliy qobiliyatlarini aniqlovchi test sinovlari;
10 noyabr — insholar konkursi;
22-27 noyabr — dastlabki ta’tillar;
2 dekabr — kollejga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi;
22 dekabr — Rojdestvo ta’tili;
13 yanvar — kollejga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi;
26 yanvar — o’quv yili ikkinchi yarmiga o’tish imtihonlari;
24 fevral — yaxshi o’quvchilarni aniqlovchi milliy imtihonlar;
2 mart — kollejga kirish imtihonlarining uchinchi bosqichi;
5 aprel — 3-davraga o’tish imtihonlari;
12-20 aprel — bahor ta’tillari;
4 iyun — kollejga kirish imtihonlarining to’rtinchi bosqichi;
30 may — Xotira kuni;
12 iyun — bitirish kechasi;
20 iyun —yozgi ta’tilga chiqish kuni.
O’rta maktablarda o’quvchilarga o’zlari tanlagan yo’nalishlariga
mos holda
predmetlar tanlashda ma’lum erkinliklar bor. Masalan, ingliz tili, ijtimoiy fanlar,
matematika, fizika predmetlari asosiy fan bo’lib, chet tillari, nafis san’at, kasb
ta’limi predmetlari o’quvchilarning xohish - istaklariga qarab qo’yilishi mumkin.
O’rta maktab o’quvchilari kundalik faoliyatida yarim vaqtni o’quv sinflarida,
qolgan vaqtni esa,
laboratoriya, maydonlar, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun
mo’ljallangan joylarda o’tkazishadi. 10, 11, 12-sinflarda maktab – oila hamkorligi,
ayniqsa, mustahkam bo’ladi. Chunki ayni shu bosqichda o’quvchilarning kasb-
korlarga moyilligi to’la qaror topadi.
O’quvchilar va ota - onalarning istaklariga muvofiq, kasb-kor yo’nalishiga
mos keladigan predmetlardan olinadigan saboqlarni ko’paytirish mumkin.
Boshqacha
qilib aytganda, o’quvchi kelajakda qaysi sohaga o’z hayotini
bag’ishlashga ahd qilgan bo’lsa, aynan o’sha yo’nalishdagi predmetlarni ustun
darajada o’rganib, tayyorgarlik ishlarini olib boradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, AQSH o’rta
maktablari o’z o’quvchilariga uch yo’nalishda:
akademik, kasb - kor, umumiy
yo’nalishlarda bilim beradi. Ayni vaqtda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda hunar,
kasb-kor asoslarini berib boriladi. Bular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: