8-bob. Raqobatli strategiyalar


 Raqobatli ustunlik tushunchasi



Download 441,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana16.03.2022
Hajmi441,63 Kb.
#493714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
8-мавзу Рақобат стратегиялари

 
8.4. Raqobatli ustunlik tushunchasi 
Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining bevosita 
raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir ustunlik beradigan xarakteristikasi va 
xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g‘oyatda xilma-xil bo‘lishi va 
tovarning o‘ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo‘shimcha xizmatlarga, 
ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo‘lishi, hamda firma yoki 
tovarga xos bo‘lishi mumkin. Demak, bunday ustunlik nisbiy bo‘ladi va tovar 
bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo‘lgan raqobatchiga 
nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi. 
Raqobatchining nisbiy ustunligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman 
olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi ustunliklardan kelib 
chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin 
Agar raqobatli ustunlik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan 
bo‘lsa, u “tashqi” ustunlik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki 
samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo‘ladi. 
Binobarin, tashqi raqobatli ustunlik firmaning “bozor qudratini” oshiradi
ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini 


166 
qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib 
turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi. 
8.6-rasm. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlar 
Tashqi raqobatli ustunlikdan kelib chiqadigan strategiya differensiatsiya 
strategiyasi bo‘lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, 
uning mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va 
qondirishdagi afzalligiga tayanadi. 
Agar raqobatli ustunlik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani 
boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko‘ra kamroq tannarxga erishishga 
imkon beruvchi va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi tovarga 
asoslangan bo‘lsa, bunday ustunlik “ichki ustunlik” deb ataladi. 
Ichki raqobatli ustunlik - firmaga ko‘proq rentabellik keltiruvchi va uni 
sotuv narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko‘proq darajada 
bardoshli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir. Ichki raqobatli ustunlikka 
asoslangan strategiya xarajatlar bo‘yicha ustunlik strategiyasi bo‘lib, u asosan 
firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish “nou-xau”siga asoslanadi. 
Raqobatli ustunlikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‘lgan bu ikki turi 
ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‘nikma 
va madaniyatni talab qiladi. 

Download 441,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish