mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan mahsulotlar esa
sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikat-lashtirish huquqiga ega bo‘lgan
idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga
muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/,
sotuvchi
/ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan
sertifikatlashtirish tushuniladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy
aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan
mahsulotlarning
sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun muntazam ravishda
sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha
uchinchi tomon deb
ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va ko‘riladigan masalada qatnashayotgan
tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi tomon/ va xaridor /ikkinchi tomon/ ning
manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko‘radilar.
Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlash-tirish ishlab chiqaruvchilarning
ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng qo‘llanilib, salmoqli
ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon
tarafidan bajarilayotgan
sertifikatlash-tirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil
qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi assotsiyasiyalar, yirik iste’molchilar,
standartlashtirish milliy tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar
boshida ite’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini
sertifikatlash-tirish tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy bo‘lgan
standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar
qatorida milliy miqyosda
qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan
o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab olgan
har qanday tekshiruvdir. SHuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab,
bosim
ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning, kemalarning,
suzish
vositalari-ning, tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining,
atom reaktorlarining va
tog‘ texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat
o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: