14
boshqariladi. Ushbu ma’muriy birlik va hududiy jamoalarni idora qilish ayni bir
vaqtning o’zida bilvosita boshqaruv va erkin idora qilish tartibi asosida tashkil
etiladi. Byudjetni boshqarish usuli davlat birligi va yaxlitligini saqlab qolgan holda
«o’z-o’zini boshqarish» tushunchasiga asoslanadi.
1-jadval
Fransiyaning ma’muriy-hududiy bo’linishi
6
Fransiyaning ma’muriy-hududiy bo’linishi
T\R
Hududiy bo’linishi
Bo’linmalar ma’muriyati
Nomlanishi
Soni
1
Region
22
Ijrochi shaxs:
Region kengashi Prezidenti
Mahkama organi:
Region kengashi
2
Departament
96
Ijrochi shaxs:
Bosh kengash Prezidenti
Mahkama organi:
Bosh kengash
3
Okrug
Suprefekt:
Prefekt yordamchisi
4
Uchastka
3827
Ijrochi shaxs:
Kommuna meri
Mahkama organi:
Mahalliy kengash
5
Kommuna
36657
Ijrochi shaxs:
Kommuna meri
Mahalliy hokimiyat boshqaruvi yuzasidan vazifalar «Mahkama kengashi
organi» va «ijrochi organ» hisoblanadigan ikki turdagi organ o’rtasida
taqsimlanadi. Hududiy jamoalar davlat ma’muriy boshqaruvidan ajratilgan alohida
ma’muriy tarkib sifatida ma’lum bir hududdagi aholining
manfaatlari haqida
qayg’urish hamda ularni himoya qilish bilan shug’ullanadi.
«Har qanday Konstitutsiya mamlakat tarixining asosiy bosqichlari, real
ijtimoiy turmushi, g’oyaviy-hukuqiy qadriyatlari va an’analarini aks ettiradi.
6
Практика государственного управления во Франции: Государственное казначейства.
Сборник документов Франко-Российского сотрудничества. 2012. –С.17.
15
Fransiya Respublikasining Konstitutsiyasi buning yaqqol isbotidir. Unda frantsuz
konstitutsiyaviy
huquqiy
institutlari,
siyosiy
demokratiya
va
huquqiy
madaniyatning tarixiy rivojlanish tajribasi va byudjet tizimini
boshkarish asoslari
o’z aksini topgan»
7
. Konstitutsiya joylardagi mahalliy hokimiyatning tuzilishini
ham belgilab berdi. Bunda mahalliy institutlarning hamda markaziy hokimiyatning
o’z vazifalari aniq qilib ko’rsatilgan bo’lib, ular bir-biridan «erkin idora qilish» va
« bilvosita boshqarish» tushunchalari orqali farqlanadi. Bu tushunchalar turli
darajadagi jamoat tashkilotlari va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatni
tashkillashtirish mexanizmini ifodalaydi. Konstitutsiya
joylardagi mahalliy
hokimiyatning tuzilishini ham belgilab berdi. Bunda mahalliy institutlarning
hamda markaziy hokimiyatning o’z vazifalari aniq qilib ko’rsatilgan bo’lib, ular
bir-biridan «erkin idora qilish» va «bilvosita boshqarish» tushunchalari orqali
farqlanadi. Bu tushunchalar turli darajadagi jamoat tashkilotlari va davlat
o’rtasidagi o’zaro munosabatni tashkillashtirish mexanizmini ifodalaydi.
Fransiya hukumatini tashkil etuvchi vazirliklar soni vazifalar salmog’iga
qarab turli davrlarda turlicha bo’lgan.
Shu bois, faqat turg’un xarakterdagi
vazirliklargina mahalliy darajada o’z bilvosita boshqariladigan bo’linmalariga ega.
Har bir vazir o’z kabineti va idorasiga ega bo’lib, uning idorasi boshqarmalar va
milliy darajadagi vakolatga ega bo’lgan bo’limlardan tashkil topgan. Boshqarmalar
tuli bo’limlardan tashkil topgan bo’lib, ba’zida bir necha qismlarga ajratilgan va
vertikal yoki gorizonatal ko’rinishda boshqarilishi mumkin.
Milliy darajadagi vakolatga ega bo’lgan bo’limlar
markaziy rahbariyatdan
farqlanib, vazirga topshirilgan mamlakat miqyosidagi maxsus vazifalar bilan
shug’ullanadi. Fransiyada davlat moliyasi asosan ikki ko’rinishda namoyon
bo’ladi. Bularning birinchisi davlat moliyaviy boshqaruviga oid tashkiliy jihati
bo’lsa, ikkinchisi davlat moliyaviy faoliyatining amaliy jihatidir.
Tashkiliy
jihatdan Moliyaviy boshqaruv Moliya vaziri, o’z-o’zinini erkin idora qiluvchi
7
Saidov A.X. Frantsiya Respublikasining Konstitutsiyasi o’zbek yuristi nigohida: o’zbek,
frantsuz va rus tillarida.-T.: Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi,
2011.-S.7.
16
rahbariyatlar hamda Konstitutsiyada ko’zda tutilgan boshqa ma’muriyatlar kabi
uchta asosiy ma’muriy tuzilma o’rtasida taqsimlangan. Konstitutsiyada ko’zda
tutilgan boshqa ma’muriyatlar, bular bir tarafdan alohida ahamiyatga ega bo’lgan
Parlament va ikkinchi tomondan davlat moliyatizimidajiddiy rol o’ynaydigan
hukumatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: