Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
108
— Yetti yuz ellik uch xotin-qiz o‘zini o‘zi yoqibdi-ya! 
— Absurd, absurd! 
Xudo ursin agar, Klara Xodjaevna, xudo ursin agar! Bu haqda matbuotda necha martalab aytdi. 
Qaysi bir shoir g‘azal ham bitdi. 
Ideologiya peshonamda tik turmish yigitdan so‘radi: 
— Kim ekan u shoir, o‘rtoq Meliev? 
— Mixail Dudin, — dedi Meliev. 
— Dudin? Oti aytib turibdi — burjua mafkurachisi! 
Burjua mafkurachisi emas, — dedi Meliev. 
— Burjua mafkurachisi bo‘lmasa, tirnoq orasidan kir izlaydimi? She’r yozaman desa, ana, 
qanchadan-qancha aktivistka xotin-qizlarimiz bor! Xotin-qizlarimiz orasidan ikkita kosmonavt yetishib 
chiqdi. Daje, AQShda ham ikkita kosmonavt xotin-qiz yo‘q! 
— Yo‘q, Dudin lennngradlik shoir, — dedi Meliev. 
— Leningradlik shoir? Leningradlik shoir O‘zbekistonda xotin-qizlar yonayotgani bilan nima ishi 
bor? Bilamiz, sovet adabiyotida hali ham ana shunday dissidentlar uchrab turadi! Dissident Soljenitsin 
kabi badarg‘a etsak, bilardi!.. 
— Dudin katta shoir, Klara Xodjaevna, — dedi Meliev. — Sotsialistik Mehnat Qahramoni... 
— Sotsialistik Mehnat Qahramoni? Nima deb yozibdi? Esingizda bormi? 
Meliev yon cho‘ntagidan bir dasta ro‘znoma oldi. Bir supraday-supradayini yoyib o‘qidi: 
Ayollar yonmoqda O‘zbekistonda
Bu haqda yozilmas bizlar tomonda,
U qanday og‘riqdir, sho‘rlik gullarni
Olovga yo‘llagan, yoqqan gulxanni?
Ularga ayondir men bilmagan sir:
Ne sabab olovga bo‘ldilar asir?
Bu haqda yozilmas, aytilmas so‘zlar
Kul ustida qanot qoqmas qaqnuslar
Tutun-la qovushib o‘rlaydi haryon
Manguga tark etar tanadagi jon
Isyondir bu, soxta hayot qa’rida
Chimildiq ko‘rmagan kelin bag‘rida
Onalar yoshidan chaqnagan o‘tdir
...Dunyo-chi, beparvo ko‘z yumib o‘tdi...
Olamni bosmoqda shomning sharpasi
Qolmadi jahonda shodlik nafasi
Dam sayin tug‘ilar menda ham shuki
Bu yorug‘ olovda poklanish erki
Bu haqda yozilmas bizlar tomonda
Ayollar yonmoqda O‘zbekistonda!
Bor dunyo soqovdir, so‘z demas xudo
Inson kelajagi yonar dahr aro! 
— Inoskazatelstva! — dedi Ideologiya. — Bu inoskazatelstva! Sotsialistik realizm metodiga yot 
asar! Sotsialistik madaniyatni barpo etish va mehnatkashlarni kommunistik ruhda tarbiyalash — 
reaktsion burjua ideologiyasiga, shuningdek, o‘ng va so‘l opportunizm ideolopiyasiga qarshi, 
burjuaziyaning reaktsion madaniyati va kapitalistik turmush tarzi oldida tiz cho‘kab sajda qiluvchilarga 
qarshi, sovet ideologiyasiga dushman bo‘lgan millatchilik va kosmopolitlik ruhidagi 
buzg‘unchiliklarga qarshi adabiyotda, san’atda va ilm-fanda siyosatdan qochish va g‘oyasizlikka qarshi 
hujum qilish, demakdir! 
— Kim biladi, Klara Xodjaevna, — deya ming‘illadi Meliev. 
— Bu asar rayonimiz xotin-qizlariga tegishli emas! — dedi Ideologiya. — Rayonimiz xotin-qizlari 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish