O’quv metodik material o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/57
Sana13.03.2022
Hajmi1,75 Mb.
#492659
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
milliy goya asosiy tushuncha va tamoillar

 
Targ‘ibot-tashviqot
– insonni biror xarakatga rag‘batlantirish va kishida biror narsaga shavq 
uyg‘otishga yo‘naltirish. 
Propaganda - a man and a movement to encourage people to arouse enthusiasm in what 
direction. 
Propaganda - мужчина и движение , чтобы поощрять людей , чтобы пробудить энтузиазм в 
каком направлении. 
XORIJIY ADABIYOTLAR 
 
1. Jacob P. Toscano J. The integration of political Communities.Philadelphia:Lippincott, 1964. 
2. Globalistika:mejdunarodnыy mejdissiplinarnыy ensiklopedicheskiy slovar.-Moskva-Sankt 
Peterburg-Nyu York, 2006. 
3. Grinin L.E. Globalizatsiya i natsionalnыy suverenitet. Istoriya i sovremennost. -M.:YAuza 
press, 2005. 
4. Genon R.Krizis sovremonnogo mira.-M., 1991. 
5.Dyupyui I.A. Mejdunarodnыe integratsionnыe protsessы v obrazovanie. -SPB.: 2008. 
6. Zbignev Bjezinskiy. Velikaya shaxmatnaya doska. -M.: Mejdunarodnыe otnoshenie, 1998. 
7.Inozemsev V. Vesterinaziya kak globalizatsiya i “globalizatsiya” kak amerikanizatsiya. -M.: 
2004. 
8.Klaykxon M.Zerkalo dlya cheloveka. -M.:Evraziya,2004. 
9. Frank S. Duxovnыy osnovы obщestva. -M., 1992. 
10. U. Bek. CHto takoe globalizatsiya? Oshibki globalizma-otvetы na globalizatsiyu. -M.: 
Progress-traditsiya, 2001. 
11. Xaytun S. Fenomen cheloveka na fone universalnoy evolyusiy. -M., 2005. 
 


GLOBALLASHUV SHAROITIDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARNING 
YOSHLAR MA’NAVIYATIGA TA’SIRI 
G‘arbda axborot vositalariga qo‘pol bo‘lsa ham ijtimoiy manfaatlarni “qo‘riqlovchi
ko‘ppak“, deb nisbat beriladi.Etuk demokratik davlatlarda shuningdek, bizning mamlakatimizda 
ham ular jamiyatning “ko‘z”lari, “quloq”lari vazifasini bajaradi.YAxlit ogohlantiruvchi tizim 
sifatida ommaviy axborot vositalari jamiyatdagi illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil 
ko‘tarib chiqib, ularning turli echimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.Xususan, 
televidenie XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lishi bilan birga ommaviy axborot 
vositalari ichida eng faoli, o‘zining audioviziual tabiatiga ko‘ra eng ta’sirchani hamdir.Kino 
televidenie va internet axborot almashinuvining, shuningdek, kommunikatsiya jarayonining 
samarali va ta’sirchan vositasi sifatida o‘rin egallagan.Audioviziual vositalar bizni kun davomida 
ta’qib etib, dam olishimizdan tortib hayot tarzimizni ham belgilamoqda, dunyo voqealaridan 
xabardor qilmoqda, ta’lim bermoqda, va tarbiyalamoqda.Mazkur vositalar orqali tarqatilayotgan 
axborot ko‘lami, shakl-shamoyili, g‘oyasi va sifati zamonaviy shaxs tafakkuri, dunyoqarashining 
ba’zida o‘zgarishiga, madaniy qarashlariga, qadriyatlarga o‘zgacha munosabatning 
shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.Ammo,axborot kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan 
rivojlanayotgan va mutaxassislar tomonidan “XXI asr - Axborot asri” deya e’tirof etilayotgan 
bugungi davrda turli xil axborotlar ayni paytda insoniyat uchun katta imkoniyatlar manbasi 
bo‘lish bilan birga, uning tom ma’nodagi “kushandasi” hamdir.Bu informatsiyalar oqimi 
yoshlarning nafaqat ma’naviy olamiga,balki fiziologik va psihologik holatiga ham kuchli ta’sir 
o‘tkazmoqda.Insonning ham ruhiy, ham jismoniy rivojlanishi kishi tabiati va tashqi ta’sirlar 
natijasida amalga oshadi.Ammo bu ta’sirlarning me’yordan ortib ketishi odam ichki organlari 
funksiyalarining buzilishiga va turli nuqsonlar yuzaga kelishiga, hatto kasallik avj olishiga sabab 
bo‘ladi.Afsuski, insonning ilmiy salohiyatini oshirishga, dunyoqarashini o‘stirishga, ma’naviy 
olamini boyitishga xizmat qiluvchi axborotlar ham shu kabi zararli ta’sirdan holi emas.Eng 
muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday shaklda qanday maqsadda bo‘lmasin har qanday
yangi g‘oyaga turli yangi konsepsiyalarga nisbatan yoshlar o‘z munosabatini bildiradi va 
aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. CHunki yoshlar fiziologik va 
psixologik jihatdan hali shakillanish bosqichida bo‘lgani uchun ularda yangiliklarni
boshqalarga nisbatan tez ilg‘ab oluvchi va bir vaqtning o‘zida ularni anglab olish va e’tiqodiga 
aylanishiga ehtiyoj katta bo‘ladi. YOshlar jamiyatning shunday ijtimoiy guruxiga mansubki, 
ushbu gurux vakillarining ongi shakllanish jarayonida bo‘lib, ular turli xil g‘oyalar (shu 
jumladan buzg‘unchi g‘oyalarning xam) ta’siriga tez beriluvchan bo‘ladilar. Ayniqsa, 
organizmda faol psihofiziologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘smirlik va o‘spirinlik davrida kuchli 
axborot oqimiga qarshi turish uchun inson organizmi ojizlik qiladi.Ularda ruhiy immunitetning 
pasayishi tufayli, turli axborotlar o‘smirning nafaqat ichki kechinmalariga, hatto harakteri 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
SHuningdek, qabul qilinayotgan axborot miqdorining me’yordan ortishi o‘quvchi ongini 
ma’lum “qolip”da shakllanishiga sabab bo‘ladi.CHunki katta hajm va tezlikdagi axborot oqimi 
insonni eshitish va ko‘rish bilan cheklanuvchi tomoshabinga aylantirib qo‘yadi, uning mulohaza 
yuritish va xulosa chiqarish imkoniyati cheklanadi.Bu holatda axborot “ijtimoiy narkotik”ka 
aylanadi. 
Amerikalik tadqiqotchi Marii Vinn o‘z izlanishlari davomida zangori ekran ta’sirini 
narkotik va alkogol ta’siri bilan tenglashtiradi.Uning fikricha, teletomosha kishi ruhiyatiga ta’sir 
etib, uni tinchlantirishi, real borliqni his etmaslik, vaqt chegarasini bilmaslik, hayot tashvishlarini 
vaqtincha bo‘lsa-da, unutishga sabab bo‘lar ekan.Hatto, televizor ko‘rib bo‘lgandan so‘ng ham 
uzoq muddat uning ta’sirida bo‘lish, noadekvat harakatlar qilish mumkinligi ta’kidlandi.Oxirgi 
yillarda rivojlangan davlatlarda sodir etilgan ko‘pgina jinoyatlar aynan mana shunday 
teleta’sirlar oqibati ekani qayd etilmoqda.Mutaxassislar 8 yashar bolaning surunkali tarzda 
tajovuzkor, beshafqat film va ko‘rsatuvlarni ko‘rishi, qisqa davr ichida undan og‘ir jinoyatlarga 


qodir shaxs shakllanishiga sabab bo‘lganini ta’kidlaydi.Amerika maktab o‘quvchilari o‘rtasida 
o‘tkazilgan so‘rovnomada 37% o‘quvchi bunday filmlarni juda qiziqarli va ta’sirli bo‘lgani 
uchun, 42%i urushish uslublarini o‘rganish va tengdoshlari ichida etakchi bo‘lish uchun va 21% 
esa o‘zini himoya qilishni o‘rganish uchun ko‘rishlarini ma’lum qilishgan.SHuni ta’kidlash 
kerakki, aksariyat tomoshabin yoshlar filmlar bosh qahramonlariga taqlid qilishga 
intiladi.Agressiyaga bu qadar taqlid etish yosh bolalar o‘rtasida jinoyatlar soninig ortib borishiga 
sabab bo‘lmoqda. SHuningdek, bu kabi filmlar yosh bolalarda virtual borliq bilan real borliq 
o‘rtasidagi farqning yo‘qolishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.SHu bois mutaxassislar bolalarga 1,5 
soatdan ortiq televizor ko‘rishni man etish kerakligini ta’kidlamoqda. 
G‘arbning ayrim telekanallarida avj olgan fahsh, jinoyat, tajovuz, vahshiylikni namoyish 
etuvchi film va ko‘rsatuvlardan ularning o‘zi ham norozi ekanini internet forumlaridan kuzatsa 
bo‘ladi.Forum ishtirokchilaridan birining yozishicha, “Tan olamizmi, yo‘qmi, biroq televidenie 
insonlar xatti-harakatini majburiy programmalashtirish qudratiga ega. Jamiyatimizda avj 
olayotgan jinoyatchilik ko‘lami, ma’naviy inqiroz va axloqsizlik shak-shubhasiz televidenie 
ta’sirida sodir bo‘lmoqda ”.Bugun telemaniya kasallik sifatida tadqiq etilib, xaftasiga 38,5 soat 
televizor qarshisida o‘tirgan inson bu dardga chalingan sanalar ekan.Bu kuniga 5,5 soat 
demakdir.Olimlar 
telemanlarning 
aksariyati 
ayollar 
va 
yoshlar 
ekanini 
ta’kidlaydilar.YOshlarimizning g‘arb teleseriallarida ilgari surilgan g‘ayrimilliy yashash tarzi va 
madaniyatiga taqlid qilishi ayniqsa bizni havotirga solmoqda.Oilaviy tarzimizdan tortib, hatto 
kiyinish madaniyatimizgacha g‘arbga taqlid qilish kuchaymoqda.YAkuniy natija kim, nima 
maqsadda undan foydalanishga qarab belgilanadi.SHuning uchun xozirgi kunda yoshlar orasida 
milliy g‘oya, milliy g‘urur va or-nomus bilan bog‘liq ma’naviy-ruxiy fazilatlarni shakllantirish 
muxim axamiyatga ega. 
Bugun mamlakatlarni qurol bilan emas, axborot vositasida zabt etish imkoniyatlari mavjud 
ekan, axborot xavfsizligi masalasining etakchi muammolar qatoridan joy olayotgani tabiiy 
hol.Salbiy axboriy-ruhiy ta’sirlardan himoyalanishning asosiy vositalaridan biri aholining turli 
qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ongida barqaror himoya immunitetini, mustahkam shaxsiy nuqtai 
nazarni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi.Buning uchun yuqori saviyadagi ko‘rsatuvlar, 
eshittirishlar, kino va hujjatli filmlar yaratish kun talabidir. 
G‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar murakablashib borayotgan, uning yangi usullari o‘ylab 
topilayotgan hozirgi kunda ushbu tahdid va ta’sirlarga faqat kuchli g‘oya, o‘zlikni anglash, 
sog‘lom g‘oyalardan iborat mafkuragina qarshi tura oladi.I.A.Karimov tomonidan yuksak 
mafkuraviy madaniyatni mujassam etgan “fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga 
qarshi ma’rifat bilan kurashish”
51
tamoyili nazariy jihatdan asoslab berildi va mamlakatimizda 
faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalarining faoliyat dasturlarida keng amaliyotga 
joriy qilinmoqda. 
Xulosa qilib aytilganda, informatsiyalar oqimidan inson manfaatlari yo‘lida foydalanish va 
uning maqsadlariga bo‘ysundirish imkoniyati ham yo‘q emas.Bundan unumli foydalanish 
insonning aqliy salohiyati, ma’naviy olami, iymon-e’tiqodi, kuch-irodasiga bog‘liq. Bugungi 
global sharoitda zamonaviy texnologik vositalarning ta’sir imkoniyatlari ortib borayotgan bir 
pallada ulardan ongli va maqsadli ravishda, ya’ni milliy tarbiya, ma’rifat yo‘lida foydalanish, 
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda oqilona qo‘llashimiz lozim. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish