shubhasiz, she’riy turlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan.
Masalan, Ubaydiy asosan besh baytli g‘azallar bitgan; bu uning g‘azaliyotiga
xos xususiyatlardan biri. Shoir asarlari ko‘proq an’anaviy mavzular — ishq va
muhabbat, vafodorlik va do‘stlik, ayol go‘zalligi va oshiq sadoqati, saxovati
talqinidan iborat. Biroq bu she’rlardagi badiiy ifodaning o‘ziga xosligi, shoir
shaxsiyatining yuksak axloqiy fazilatlari bilan uniig go‘zal nafis dunyosi
o‘rtasidagi uyg‘unlik har qadamda kitobxon diqqatini o‘ziga tortadi.
Ubaydiyning o’zbek adabiyotida ishqiy she’rlari juda ko‘p.
Ubaydiy bu mavzudagi sherlarini quyidagi satrlarida ifodalaydi.
Ko‘nglum bila dildorni men yod etadurmen,
Xotirni dog‘i yodi bila shod etadurmen.
Bedod etadur
jonima dildor, netaykim,
Demas: «Nega bu xastag‘a bedod etadurmen!»
Ubaydiy she’riyatida o‘ziga xoslikka intilish ustun. Shoir she’riy uslubida
soddalikka moyillik, o‘z fikrini mumkin qadar xalqchil bayon etishga urinish
yorqin seziladi.
Ubaydiy hukmron sulola vakili bo‘lsa ham, uning hayot yo‘lini silliq, faqat
zafarlardan iborat deb tasavvur etish to‘g‘ri emas. G’azallarining birida:
Bir lahza ko‘ngul o‘lmadi beg‘am zamonadin,
To‘ydi zamona mendinu men ham zamonadin, —
deb yozgan shoir
doim feodal nizolarning, ichki ziddiyatlarning ichida yashagan,
buning ko‘p jabrini ham tortgan. Bir g‘azalida shoir gadolig‘ni podsholikdan afzal
ko‘rib, quyidagi baytni bitgan ekan, bunda katta hayotiy haqiqat va samimiyat bor:
Base farog‘ati bor, do‘stlar, gadolig‘ning,
Balou mehnati ko‘p asru podsholig‘ning.
Shuning uchun biz, Ubaydiyning o‘sha murakkabliklar va ziddiyatlarga to‘la
davrdagi faoliyatida amaldorlik va hukmdorlikka nisbatan ma’naviy kamolotga,
she’riyat va ijodga intilishi ustun bo‘lgan, deb xulosa chiqarsak, xato qilmaymiz.
Masalan, Ubaydiyning o‘z yigitlarini bir tukeg‘ida bozordan yaxshi ot olish bilan
cheklanmasdan, o‘zidan jamiyat tarixida yaxshi ot qoldirishga
chaqirishida katta
ma’no, axloqiy poklikka intilish belgilari yaqqol ko‘zga tashlanadi:
Ey yigitlar, yaxshi-yaxshi ot oling,
Yaxshi otlar birla yaxshi ot oling.
Ubaydiy ruboiylarida ham umuminsoniy muammolar o‘zining yorqin
ifodasini topgan.
Adabiy merosiga bir yoqlama sinfiy munosabatda bo‘lish hozirga qadar
Ubaydiy ijodini o‘rganishga imkon bermadi. Endi biz bu noyob she’riy iste’dod
egasining uch tildagi asarlarini atroflicha va ixlos bilan o‘rganishga, targ‘ib etishga
kirishmog‘imiz zarur.
Ubaydullaxon Buxoro yaqinida joylashgan Bahouddin majmuasidagi
Daxmai shohon (Shoxlar daxmasi)dagi shayboniylar xilxonasida dafn etilgan.
Ubaydullaxon kulliyoti yagona nusxada O‘zbekiston Fanlar
Akademiyasi
Sharqshunoslik institutining qulyozmalar fondida «Devoni Ubaydulloxon»
qo‘lyozmasi Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasida «Masoil us-salot» nomli
terma bayozi Ko‘niyodagi Izzatquyun xususiy kutubxonasida saqlanadi.
Turkiy adabiyotda hikmatnavislik
Do'stlaringiz bilan baham: