66
Markaz: Turkiston va Chimkent rayonlari.
Chap qanot: Avliyotepa, Marke va Pishpak shaharlari.
Turkiston viloyatining ma`muriy markazi qilib dastlab Chimkent
shahri belgilandi. Toshkent rasman Rossiya tarkibiga kiritilgunga qadar,
bu shahar Turkiston viloyatining ma`muriy markazi bo`lib turgan.
Rossiya imperiyasiga rasman qo`shib olingandan e`tiboran, Toshkent va
uning atrofi Toshkent rayoni deb atalgan alohida ma`muriy birlikni
tashkil qildi. 1866- yili Turkiston viloyati tarkibida yerlar va Zomin
bo`limlari, O`ratepa va Jizzax rayonlari tashkil qilindi.
1865- yil 2- martda yangi Qo`qon chegarasining qo`mondoni
M.G.Chernyayev idorasida “O`rta Osiyo chegara viloyati to`g’risidagi
Nizom loyihasi” ishlab chiqarildi va mazkur hujjat 1865- yil 6- avgustda
“Turkiston viloyatini boshqarish to`g’risidagi muvaqqat Nizom”
nomi
bilan bosilib chiqdi. Mazkur hujjatga ko`ra
Orenburg general-guber-
natorligi tarkibida Orol dengizidan Issiqko`lgacha bo`lgan O`rta Osiyo
xonliklari bilan chegaradosh hududlarda Turkiston viloyati tashkil
qilindi, uning gubernatori qilib M.G.Chernyayev tayinlandi. Hujjatni
asosiy qismi K.P. fon Kaufman tomonidan ishlab chiqildi va ma`muriy
boshqaruv “Harbiy xalq boshqaruvi” deb ataldi. Bu Turkiston viloyatida
harbiy tartiblar asosida ishlab chiqilgan ma`muriy-hududiy boshqaruv
tizimi joriy qilinganligini bildirar edi. Shuning uchun ham Rossiya
imperiyasi bosib olingan hududlarda hukmronligini mustahkamlash
uchun dastlab o`lkada harbiy-strategik inshootlar qurildi. Ular harbiy
harakatlarni
tayanchi, qurol-yaroq, harbiy kuch va himoyalanish
maskanlari rolini bajargan. Mustamlaka ma`muriyatini harbiy kuchlari
asosan Toshkent, Samarqand, Farg’ona kabi katta shaharlarda va harbiy
istehkomlarda joylashtirildi.
Turkiston viloyatining ko`chmanchi aholisi urug’lar, bo`limlar va
guruhlarga bo`linardi. Urug’larni urug’boshilar – manaplar, sultonlar va
katta biylar; bo`limlarni – biylar; guruhlarni – to`g’ochlar
boshqarar-
dilar. Sulton, manap va biy unvonlari asosan otadan bolaga meros bo`lib
o`tardi. Ammo shunga qaramay, sulton, manap va biylarning o`rniga
saylangan yangi shaxslar mahalliy aholi boshqaruvchisi, rus harbiy
amaldorining tasdig’idan o`tishlari lozim edi.
Turkistonda o`troq aholi uchun qozilik sudlari, ko`chmanchi aholi
uchun esa biylik sudlari xizmat qiladigan bo`ldi.
Qozikalon lavozimi
bekor qilinib, barcha qozilarning huquqlari tenglashtirildi. Qozilarni uch
yilda bir marta saylash tartibi joriy qilinib, da`vogarga arizasini ko`rib
67
chiqishlari uchun o`zi ko`proq ishongan qoziga murojaat qilish huquqi
berildi.
Rossiya hukumati o`z tarkibiga mustamlakalarni kiritar ekan eng
avvalo arzon va samarali boshqaruv hamda mustamlaka ekspluatatsiya
tizimini yaratishga kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: