Yo‘l harakati xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana12.03.2022
Hajmi1,17 Mb.
#492241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
O‘RQ-348 10.04.2013

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati 
xavfsizligi xizmatining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati: 
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirishda ishtirok etadi; 
yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
yo‘l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yo‘l harakati 
qoidalariga 
hamda boshqa 
qonunchilik hujjatlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan 
nazoratni amalga oshiradi; 
(10-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)
og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining 
qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi; 



Oldingi
 tahrirga qarang. 
avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va 
ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz 
to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalariga rozilik 
beradi; 
(10-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 
03/21/721/0952-son) 
foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi, 
transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigini o‘tkazadi; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori 
bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 
Nizom
 
va O‘zbekiston Respublikasi IIV davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha 
Yo‘riqnoma 
(ro‘yxat raqami 1252, 30.06.2003-y.). 
yo‘llarning va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarining saqlanishi, ularning yo‘l harakatini 
tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan 
yo‘llardan va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylaridan foydalanishni taqiqlaydi; 
transport vositalarining, yo‘l harakati qoidalari buzilishining hamda yo‘l-transport 
hodisalarining hisobini va ro‘yxatini yuritadi; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (qayd etishni) tashkil etish 
va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi 
Yo‘riqnoma
 (ro‘yxat raqami 2050, 30.11.2009-y.) va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 15-fevraldagi 303-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
“O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom

transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalar beradi; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat 
ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish 
faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek 
imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida 
nizom
”. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qonunchilikka muvofiq o‘zining vakolat doirasiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar 
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi. 
(10-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 248-
moddasi ikkinchi qismi 
5 — 7 bandlari 
va “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni 
ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi 
yo‘riqnoma
 (ro‘yxat raqami 2240, 05.07.2011-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)



 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 
to‘g‘risidagi 
nizom
”. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish