24-modda. Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish
Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish qo‘llanilishi yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi
normativ hujjatlarda belgilangan hamda yo‘l harakatini tashkil etish loyihalari va sxemalarida nazarda
tutilgan tartibga solishning texnik vositalaridan hamda ularning konstruksiyalaridan kompleks
foydalanish asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi yo‘l harakatining yagona tartibi Yo‘l
harakati
qoidalarida
belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi yo‘llarida transport vositalarining o‘ng
tomonlama harakatlanishi belgilanadi.
Yo‘l harakatining tashkil etilishini yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish yoki
boshqa maqsadlar uchun yo‘l harakati xavfsizligi darajasini pasaytirish hisobiga o‘zgartirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
25-modda. Yo‘l harakati xavfsizligi holatining asosiy ko‘rsatkichlarini shakllantirish,
hisobini yuritish va ulardan foydalanish
Yo‘l harakati xavfsizligi holatining asosiy ko‘rsatkichlarini shakllantirish, hisobini yuritish
va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
26-modda. Yo‘l harakati qatnashchilarining huquq va majburiyatlari
Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘llarda harakatlanishning xavfsiz sharoitlariga bo‘lgan
huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.
Yo‘l harakati qatnashchilarining o‘z huquqlarini amalga oshirishi yo‘l harakati boshqa
qatnashchilarining huquqlarini cheklamasligi yoki buzmasligi kerak.
Yo‘l harakati qatnashchilari quyidagi huquqlarga ega:
Yo‘l harakati
qoidalariga
muvofiq yo‘llarda erkin va moneliksiz harakatlanish;
Oldingi
tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan o‘z huquqlarining cheklanishi yoki buzilishi sabablari
to‘g‘risida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining
mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar olish;
12
(26-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
harakatlanishning xavfsiz sharoitlari to‘g‘risida, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan
bog‘liq mahsulotlar va xizmatlarning sifati haqida to‘liq hamda ishonchli axborot olish;
Oldingi
tahrirga qarang.
yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda qonunchilikka muvofiq zimmasiga bepul tibbiy
yordam ko‘rsatish, qutqaruv ishlari olib borish va boshqa shoshilinch yordam ko‘rsatish majburiyati
yuklatilgan tashkilotlar va mansabdor shaxslardan shunday yordamlar olish;
(26-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
yo‘l-transport hodisasi oqibatida ular tan jarohati olgan, transport vositasi va yuk
shikastlangan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o‘rni qoplanishi, shuningdek
ma’naviy ziyon uchun kompensatsiya olish;
(26-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
57-bob
(“Zarar yetkazishdan kelib
chiqadigan majburiyatlar”).
maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining
qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”
(yangi tahriri)gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksi
.
yo‘l belgilarini, chiziqlarini, svetoforlarni o‘zgartirish va o‘rnatish yuzasidan, yo‘l
qoplamasining holati haqidagi takliflar hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga doir
boshqa takliflar bilan tegishli organlarga murojaat etish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yo‘l harakati qatnashchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
57-bob
(“Zarar yetkazishdan kelib
chiqadigan majburiyatlar”).
Yo‘l harakati qatnashchilarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oldingi
tahrirga qarang.
ushbu Qonun, Yo‘l harakati
qoidalari
talablariga va yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi
boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
(26-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish.
13
Oldingi
tahrirga qarang.
Yo‘l harakati qatnashchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar
ham bo‘lishi mumkin.
(26-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |