21-modda. Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik
shaxslarning xodimlarini o‘qitish, mazkur xodimlar malakasini oshirish, ularga yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish va ularning bilimlarini tekshirish
Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarning
xodimlarini yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘qitish, mazkur xodimlar malakasini
oshirish, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va ularning bilimlarini tekshirish ish beruvchi tomonidan o‘z
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ish beruvchi haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha: ishga qabul qilishda
(dastlabki), reys oldidan (reys oldi), maxsus, mavsumiy va qo‘shimcha (navbatdan tashqari) yo‘l-
yo‘riqlar ko‘rsatilishini ta’minlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi masalalari
bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish tartibi to‘g‘risida”gi
nizom
(ro‘yxat raqami 2582, 13.05.2014-y.).
Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarning yo‘l
harakati xavfsizligi xizmati xodimlari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan
10
tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini
oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik
shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy
tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi
nizom
(ro‘yxat raqami 1626, 05.10.2006-y.).
22-modda. Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari
Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
ish beruvchidan harakat yo‘nalishi, tashiladigan yuk, o‘z hayoti va sog‘lig‘iga nisbatan
mavjud bo‘lgan tahdid to‘g‘risida, shuningdek tashishni amalga oshirish chog‘ida zararli va (yoki)
xavfli omillar ta’siridan o‘zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot
olish;
belgilangan talablarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan
ta’minlanish;
LexUZ sharhi
Qarang: Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa
yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning
namunaviy me’yorlari
(ro‘yxat raqami. 1511,
08.09.2005-y.).
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
o‘z hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganda bevosita rahbarni yoki
ish beruvchining boshqa vakilini bu haqda xabardor qilgan holda tashishni bajarishni rad etish;
yo‘l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tish;
mehnat vazifalarini bajarishi chog‘ida o‘z sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
185
,
187—189 moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuning
33-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdqilangan “Xodimlarga ularning
mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki
salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash”
qoidalari
va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi
munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida”gi
qarori
.
ish beruvchining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi huquqqa xilof qarorlari va
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”
(yangi tahriri)gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilar qonunchilikka muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
16-
moddasi
.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |