14-modda. Yo‘llarda servis obyektlarini qurish Tasarrufida yo‘llar bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar nazarda tutilgan servis obyektlarini
loyihalash normalariga, qurilish rejalariga va ushbu obyektlarni joylashtirishning bosh sxemalariga
muvofiq bu yo‘llarda mazkur obyektlarni qurish chora-tadbirlarini ko‘radi, yo‘l harakati
qatnashchilarining ehtiyojlarini qanoatlantirish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida servis
obyektlarining ishini tashkil etadi, yo‘l harakati qatnashchilariga bunday obyektlarning mavjudligi
hamda eng yaqin sog‘liqni saqlash va aloqa muassasalarining joylashuvi haqida, shuningdek
yo‘llarning tegishli uchastkalaridagi xavfsiz harakatlanish sharoitlari to‘g‘risida axborot beradi.
15-modda. Yo‘llarda harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash Oldingi tahrirga qarang. Yo‘llarda harakatlanishni cheklash yoki taqiqlashga qonunchilikda belgilangan hollarda va
tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 16 va 23- moddalar . 16-modda. Transport vositalariga, ular konstruksiyalarining tarkibiy qismlariga, ehtiyot qismlarga va anjomlarga doir talablar Oldingi tahrirga qarang. Transport vositalari, ular konstruksiyalarining tarkibiy qismlari, ehtiyot qismlar va anjomlar
yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi hamda
qonunchilikda
nazarda tutilgan hollarda albatta sertifikatlashtirilishi kerak.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 goda 4-iyul 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 758-son “ Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori .