27
aholi. Bu aholi yuqorida qayd qilganimizdek, wtroqlashib qolgan qang`arlar, xioniylar, eftaliylar va
turk xoqonliklari davriga kelib turg`unlashib qolgan bir necha boshqa qabilalar;
v) yarim wtroq va yarim kwchmanchi bwlib yashayotgan turkiy tilli va forseron tilli etnik
guruhlar. Bu guruhlar asosan voha atroflarida, tog` oldi qirlarida yashab dehqonchilik bilan bir
vaqtda chorvachilik bilan shug`ullanib kelganlar;
g) kwchmanchi, turkiyzabon qabilalar. Bular chwllarda va tog`oldi rayonlarda yashab asosan
chorvachilik bilan shug`ullanib kelganlar.
Yuqorida keltirilgan Movarounnahr va Xorazm aholisi tarkibidan kwrinib turibdiki, bu
hududlarda qadimqadimdan buyon ikki til turkumidagi (forseron va turkiy) xalqlar yonmayon va
aralash yashab kelganlar. Bular asrlar davomida birgaliqda shaharlar barpo qilganlar, kanallar qazib
suv chiqarganlar, dehqonchilik qilganlar, boy madaniyat yaratib avlodlariga qoldirganlar. Shuni
ham uqtirib wtish joizki, bu ikki til vakillari asrlar davomida birga yashab kelishlari natijasida
forseron tilli aholining ma`lum qismi turkiylashadi, wz navbatida turkiy tilli aholining ayrim
guruhlari eronfors tilini qabul qilib, swg`diylarga, xorazmiylarga va boshqalarga aralashib
ketganlar. Demak, etnoslarning wzaro yaqinlashishi, aralashishi va qorishib borish jarayoni har ikki
til vakillari orasida wtgan.
VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr va Xorazm hududlariga bostirib kirgan vaqtlarda bu
hududlardan faqat ayrim kwchmanchi qabilalar chekinib ketgan bwlishi mumkin. Turg`un va yarim
wtroq turkiyzabon aholi, swg`diylar va Xorazmning tub erli aholisi uz hududlarida qolib arablar,
keyinchalik (IX) Somoniylar hukmronligi ostida yashaganlar.
Ettisuvda, Buyuk Ipak ywlidagi shahar va qwrg`onlarda dehqonchilik, hunarmandchilik va
tijorat bilan shug`ullanib kelgan turg`un turkiyzabon aholi qisman swg`diylar va har erdan kelib
wrnashib qolgan (kwpincha, Xitoydan, Mwg`ulistondan) xalkdar yashaganlar.
Turkesh xoqonligi davrida Ettisuv aholisi bilan Movarounnahr aholisi wrtasidagi etnik,
iqtisodiy va madaniy aloqalarda ma`lum wzgarishlar bwlgan. Ayrim jabhalarda (tijorat, madaniyat
va ma`naviyatda) wzaro yaqinlashish birmuncha rivojlangan. Movarounnahrda qat`iylashib
borayotgan islom dini Sirdaryoning wrta oqimlaridagi shahar va qishloqlarga va ayrim etnik
guruhlarga ham etib borgan. Lekin turkesh xoqonlari bilan arab noiblari wrtasidagi munosabatlar
keskinlashib, Movarounnahr bilan bwlgan aloqalar deyarli uzilib qolgan.
766 yili qarluq qabila ittifoqi turkeshlar ustidan g`alaba qozonib Ettisuv, Isfijob (hozirgi
Chimkent) viloyati, Shosh (Toshkent vohasi), Sharqiy Turkistonning g`arbiy qismi, Farg`onani
egallab bu erlarda wz hukmronliklarini wrnatadilar. IX asrning ikkinchi yarmi — X asrda
Movarounnahrda Somoniylar xukmronlik qilar edi.
Wzbek ajdodlarining alohida etnik birlik (elat) bwlib shakllanish jarayoni qarluq va
somoniylar hududida wtadi.
Shu wrinda ta`kidlab wtish joizki, manbalarda qarluq davlati hukmronlarining «qora»,
«qoraxon» unvonlari kwp marotaba takrorlanganligi bois sharqshunos olim V. V. Grigor`ev mazkur
davlatni shartli ravishda «qoraxoniylar» davlati deb, davlat hukmronlari nasablarini «qoraxoniylar
sulolasi» deb kwrsatgan edi. Shundan swng bu iboralar bir qator boshqa tadqiqotchilar tomonidan
ham takrorlandi va bu tarix sahifalarida wrnashib qoldi.
Haqiqatda esa «qora» atamasi hukmronlik qilib kelgan xoqonlarning nasabini anglatmagan.
Bu atama ularning unvoni bwlib, «buyuklikni», «ulug`likni» bildirgan. Qarluq hukmronlari
wzlarini «buyuk xoqon», «ulug` xoqon» yoki «qoraxon» unvoni bilan ulug`lab kelganlar. Biz
mazkur ishda keyingi iborani qabul qilib IX—XII asrlarda faol kwrsatib kelgan qarluqlar davlatini
Qoraxonlar (ulug` xonlar) davlati deb atashni ma`qul kwrdik.
Yuqorida Markaziy Osiyo aholisining etnik tarixiga qisqa nazar tashlab, tadqiqot uchun
mwljallangan mavzu — «Wzbek xalqining shakllanish jarayoni» chegarasiga etdik. Mazkur
mavzuni chuqur wrganishda tarixiy manbalar, arxeologik, antropologik, numizmatik, lingvistik va
etnografik materiallardan keng foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: