Etnologiya uzb


Topshiriq: Jahonning etnolog olimlari asarlari bilan internet orqali tanishish va  malumot tuplash. Topshiriq muddati



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/86
Sana12.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#491973
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86
Bog'liq
etnologiya

Topshiriq: Jahonning etnolog olimlari asarlari bilan internet orqali tanishish va 
malumot tuplash.
Topshiriq muddati: kelgusi ma’ruza vaqtida
Baholash: ball
6-Ilova
O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar 
1. Uzbek xalqiga tegishli deqhonchilikka oid marosimlar? 
2. Dunya xalqlarining xujaligi va ularning uziga xosligi
3. Etnologik malumotlar beruvchi qadimgi va wrta asrlarga oid malumotlar?
 
ÐÅÆÀ`
ÐÅÆÀ`
ÐÅÆÀ`
ÐÅÆÀ` 
q. 
Etnografiyaning asosiy yo’nalishi va maktablari. 
2. Jahon xalqlari. O’zbek va Qoraqalpoqlarning dasturiy xo’jalik turlari va ularning 
xizmatlari.
3. Dexkonchilik xo’jaligi va dexkonchilik madaniyati, uning turlari. 
4. Chorvachilik. Chorvachilikning rivojlanish bosqichlari. Kushmanchi chorvachilik 
madaniyatining uziga xos xususiyatlari. 
5. Ziroatchilik xo’jaligi va agrotexnika. 
 
Wzbek xalqining etnik tarixiga- hozirgi Wzbekiston Respublikasi hududida etnografik 
izlanishlar natijasida wzbek xalqining etnik tarixiga oid materiallar asosida ilmiy asarlar yozilgan. 
Bu asarlarda XIX asr oxiri XX asr boshlarida respublikamiz hududida yashagan aholining etnik 
tarkibi, ularning joylashuvi, urug`,qabilalarga bwlinishi, kelib chiqish tarixi va bir qancha boshqa 
masalalar tahlil qilinadi. 
Uzbek xalqi istiqlolga erishgach, gazeta-jurnallarda va ayrim ilmiy ishlarda wzbek xalqining 
kelib chiqishi (etnogenezi) haqida har xil fikrmulohazalar yoritilmoqda. Mualliflarning kwpchiliga 
wzbek xalqi paydo bwlishini qadimlashtirib, uning etnogenezini saklar, xunlar yoki turk 
xoqonlaridan boshlaydilar. Ba`zilari esa wzbek xalqi faqat turkiy etnoslardan tashkil topgan deb 
Mustaqil wrganish uchun mavzular 
1.Etnografiyaning paydo bulishi va uning asosiy maktablari. 
2.Buyuk entsiklopedist olimlar xizmatlari. 
 


26 
biladilar, ular boshqa (turkiy bwlmagan) etnoslar bilan aralashish natijasida ham tashkil 
topganligini inobatga olmaydilar. Qalam sohiblari qatorida shundaylari ham borki, ular wzbek 
xalqining kelib chiqishini Nuh payg`ambarning wg`li Yofasdan, Yofasning wg`li Tur yoki 
Turkdan boshlaydilar. 
Ma`lumki, uzoq wtmishda xioniylar va ular tarkibidagi barcha qabilalar Shimoliy Xitoyda, 
Sibirda, milodiy I—II asrlarda esa bepoyon Qozog`iston chwllarida yashaganlar. Ularning ayrim 
guruxlari shu asrlarda Movarounnahr va Xorazm hududlariga ham kelib joylashganlar. Turk 
xoqonligi Mwg`uliston va Ettisuv hududlarida (VI asr wrtalarida) tashkil topgan. VI asr oxiri — 
VII asr boshlarida Turk xoqonlari Movarounnaxrda, g`arbda Orol va Kaspiy dengizlari atroflaridagi 
katta xududda wz xukmronliklarini wrnatdilar. 
Turk xoqonliklari davrida ham ikki azim daryo (Amu va Sirdaryo) oralig`iga, Xorazm 
wlkasiga va ularga tutashgan mintaqalarga turkiy xalklar, qabilalar kelib wrnashgan edilar. Demak, 
Movarounnahr va Xorazm aholisi xioniylar va turk xoqonliklari davrlarida kelgan etnoslardan 
tashkil topgan va ulardan wzbek xalqi kelib chiqqan degan fikr tug`iladi. Shunday bwlishi mumkin 
edi, qachonki xioniylar yoki turk xoqonliklari Movarounnaxr va Xorazmni egallaganda bu 
xududlarda ular kelmasidan oldin ham aholi yashamagan yoki ularning zarbasidan bu erlarda 
yashab kelgan xalqlar batamom qirib yuborilgan bwlsa. Tarixdan bizga yaxshi ma`lumki, unisi 
ham, bunisi ham bwlmagan. 
Xioniy qabilalari kirib kelgan kezlarda Movarounnahr va Xorazm hududida xorazmliklar, 
swg`diylar, kushonlar, qang`arlar va bir qancha boshqa xalqlar yashagan. Bu hududlarni Turk 
xoqonligi egallaganda (VI asrning ikkinchi yarmi) esa xorazmliklar va swg`diylar qatorida 
kidariylar, xioniylar, eftaliylar va boshqa xalqlar ham bwlgan. 
Movarounnahrning siyosiy boshqaruvi avval xioniylar qwlida bwlib, V asrning birinchi 
yarmilarida eftaliylar qwliga wtadi. Shu asr davomida eftaliylar Sug`diyonani, Toxaristonning katta 
qismini, Sharqiy Turkistonni egallaydilar. Markaziy Osiyoda yirik eftaliylar davlati vujudga keladi. 
Ammo, uning hukmronligi uzoqqa bormaydi. VI asrning 60yillarida turk xoqonligi zarbasidan 
eftaliy davlati emirladi. Movarounnaxrning asosiy xalqi wtmishda eroniy tilli bwlganligini uqtirish 
edi. Ammo tarixiy manbalarni sinchiklab wrgangan kishi masalaga buywsinda, bir tomonlama 
yondashish xato ekanligini tushunib olishi qiyin emas. 
Eftaliylar mag`lubiyatga uchragandan keyin, ularning asosiy kismi Movarounnahr va unga 
yaqin mintaqalarda yashagan edilar. Ularning faqat ayrim guruhlari (asosan, yarim kwchmanchi 
guruhlari) Afg`oniston va Hindiston hududiga kwchib wtgan edilar. Eftaliylarning ayrim guruhlari 
tarixchi geograf Gardiziyning yozishicha, Xurosonda ham yashagan. Mova Movarounnahrda 
qolgan eftaliylar shu hududda yashayotgan qang`arlar bilan qwshilib, tub erli turkiyzabon etnik 
qatlamga singib ketgan va ularning avlodlari wz etnik nomlarini hatto bizgacha saqlab qolganlar. 
Uzbek va turkman xalqlarining tarkibida XX asr boshlarigacha abdal etnonimi mavjudligi buning 
dalili bwla oladi. Abdal etnik guruxi boshqird xalqida ham mavjud bwlgan. 
Ma`lumki, VI-asr urtalarida bir necha qabilalar birlashishi natijasida turk xoqonligi tashkil 
topadi va qisqa vaqt ichida turk xoqonligi kuchayib, Markaziy Osiyonning katta qismini, jumladan, 
Movarounnahrni egallaydi. VI asrning 80-yillarida turk xoqonlari Eron Sosoniylari ustidan g`alaba 
qozonib, Xuroson viloyatining bir qancha hududlarini zabt etadilar. Ammo bu vaqtinchalik edi. 
Eron bilan turk xoqonliklari orasidagi asosiy chegara Amudaryo bwlib qolgan edi. G`arbda esa turk 
xoqon. lari Volga va Qora dengiz sohillariga qwshin tortib borib, 576 yili Kerch` shahrini, 581 yili 
esa Xersonni va boshqa bir qancha shaharlarni qwlga kiritib, wz hukmronligini wrnatgan. 
Turk xoqonliklari davrida (VI—VIII) Wrta Osiyoning Markaziy mintaqalariga (Toshkent, 
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Farg`ona vodiysi) va Xorazm zaminiga turkiy 
qabilalar kwplab kelishgan va ularning aksariy kwpchiligi shu hududlarda turg`unlashib qolgandi. 
VI—VIII asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisini etnik tarkibini quyidagicha tasavvur 
qilish mumkin:
a) qadimdan dehqonchilik, hunurmandchilik va, tijorat bilan shug`ullanib kelayotgan forseron 
tilli swg`diylar, xorazmiylar va boshqalar;
b) dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiq bilan kun kechirib'kelayotgan turkiyzabon 


27 
aholi. Bu aholi yuqorida qayd qilganimizdek, wtroqlashib qolgan qang`arlar, xioniylar, eftaliylar va 
turk xoqonliklari davriga kelib turg`unlashib qolgan bir necha boshqa qabilalar;
v) yarim wtroq va yarim kwchmanchi bwlib yashayotgan turkiy tilli va forseron tilli etnik 
guruhlar. Bu guruhlar asosan voha atroflarida, tog` oldi qirlarida yashab dehqonchilik bilan bir 
vaqtda chorvachilik bilan shug`ullanib kelganlar;
g) kwchmanchi, turkiyzabon qabilalar. Bular chwllarda va tog`oldi rayonlarda yashab asosan 
chorvachilik bilan shug`ullanib kelganlar. 
Yuqorida keltirilgan Movarounnahr va Xorazm aholisi tarkibidan kwrinib turibdiki, bu 
hududlarda qadimqadimdan buyon ikki til turkumidagi (forseron va turkiy) xalqlar yonmayon va 
aralash yashab kelganlar. Bular asrlar davomida birgaliqda shaharlar barpo qilganlar, kanallar qazib 
suv chiqarganlar, dehqonchilik qilganlar, boy madaniyat yaratib avlodlariga qoldirganlar. Shuni 
ham uqtirib wtish joizki, bu ikki til vakillari asrlar davomida birga yashab kelishlari natijasida 
forseron tilli aholining ma`lum qismi turkiylashadi, wz navbatida turkiy tilli aholining ayrim 
guruhlari eronfors tilini qabul qilib, swg`diylarga, xorazmiylarga va boshqalarga aralashib 
ketganlar. Demak, etnoslarning wzaro yaqinlashishi, aralashishi va qorishib borish jarayoni har ikki 
til vakillari orasida wtgan. 
VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr va Xorazm hududlariga bostirib kirgan vaqtlarda bu 
hududlardan faqat ayrim kwchmanchi qabilalar chekinib ketgan bwlishi mumkin. Turg`un va yarim 
wtroq turkiyzabon aholi, swg`diylar va Xorazmning tub erli aholisi uz hududlarida qolib arablar, 
keyinchalik (IX) Somoniylar hukmronligi ostida yashaganlar. 
Ettisuvda, Buyuk Ipak ywlidagi shahar va qwrg`onlarda dehqonchilik, hunarmandchilik va 
tijorat bilan shug`ullanib kelgan turg`un turkiyzabon aholi qisman swg`diylar va har erdan kelib 
wrnashib qolgan (kwpincha, Xitoydan, Mwg`ulistondan) xalkdar yashaganlar. 
Turkesh xoqonligi davrida Ettisuv aholisi bilan Movarounnahr aholisi wrtasidagi etnik, 
iqtisodiy va madaniy aloqalarda ma`lum wzgarishlar bwlgan. Ayrim jabhalarda (tijorat, madaniyat 
va ma`naviyatda) wzaro yaqinlashish birmuncha rivojlangan. Movarounnahrda qat`iylashib 
borayotgan islom dini Sirdaryoning wrta oqimlaridagi shahar va qishloqlarga va ayrim etnik 
guruhlarga ham etib borgan. Lekin turkesh xoqonlari bilan arab noiblari wrtasidagi munosabatlar 
keskinlashib, Movarounnahr bilan bwlgan aloqalar deyarli uzilib qolgan. 
766 yili qarluq qabila ittifoqi turkeshlar ustidan g`alaba qozonib Ettisuv, Isfijob (hozirgi 
Chimkent) viloyati, Shosh (Toshkent vohasi), Sharqiy Turkistonning g`arbiy qismi, Farg`onani 
egallab bu erlarda wz hukmronliklarini wrnatadilar. IX asrning ikkinchi yarmi — X asrda 
Movarounnahrda Somoniylar xukmronlik qilar edi. 
Wzbek ajdodlarining alohida etnik birlik (elat) bwlib shakllanish jarayoni qarluq va 
somoniylar hududida wtadi. 
Shu wrinda ta`kidlab wtish joizki, manbalarda qarluq davlati hukmronlarining «qora», 
«qoraxon» unvonlari kwp marotaba takrorlanganligi bois sharqshunos olim V. V. Grigor`ev mazkur 
davlatni shartli ravishda «qoraxoniylar» davlati deb, davlat hukmronlari nasablarini «qoraxoniylar 
sulolasi» deb kwrsatgan edi. Shundan swng bu iboralar bir qator boshqa tadqiqotchilar tomonidan 
ham takrorlandi va bu tarix sahifalarida wrnashib qoldi. 
Haqiqatda esa «qora» atamasi hukmronlik qilib kelgan xoqonlarning nasabini anglatmagan. 
Bu atama ularning unvoni bwlib, «buyuklikni», «ulug`likni» bildirgan. Qarluq hukmronlari 
wzlarini «buyuk xoqon», «ulug` xoqon» yoki «qoraxon» unvoni bilan ulug`lab kelganlar. Biz 
mazkur ishda keyingi iborani qabul qilib IX—XII asrlarda faol kwrsatib kelgan qarluqlar davlatini 
Qoraxonlar (ulug` xonlar) davlati deb atashni ma`qul kwrdik. 
Yuqorida Markaziy Osiyo aholisining etnik tarixiga qisqa nazar tashlab, tadqiqot uchun 
mwljallangan mavzu — «Wzbek xalqining shakllanish jarayoni» chegarasiga etdik. Mazkur 
mavzuni chuqur wrganishda tarixiy manbalar, arxeologik, antropologik, numizmatik, lingvistik va 
etnografik materiallardan keng foydalanilgan. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish