31
I BOB YUZASIDAN XULOSA
Milliy dasturning xususyatlaridan biri xoroijiy tillarni puxta egallaydigan,
O’zbekistonning xalqaro andozalardagi taraqqyotini ta’minlay oladigan, dadil,
mustaqil tafakkurli,
malakali, bilimli va ma’nan boy mutahassis kadrlarni
tayorlashdan iborat. Butun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga
intilayotgan, o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni
mukammal bilishning ahamyati asosiy o’rin tutadi. Oliy ta’lim muassalari
yoshlarni har tomonlama
yetuk qilib tarbyalashi, shu bilan bir qatorda chet tilini
ham mukammal o’rganishlari zarur. Xorijiy tillarni o’rgatishning ixtisoslashtrilishi
talabaga umuman tilni o’qitish emas, balki bu talabaning bo’lajak mutaxassisligiga
asoslangan taxminan bir milliardga yaqin aholisi gapiradigan xalqaro tildir. U biz
ga fan texnika va madanyat sohasidagi so’ngi yangiliklar bilan tanishish
imkonyatlarini beradi.
Shu o’rinda yurtboshimiz aytgan quyidagi so’zlarni ta’kidlab o’tish
o’rinlidir:’’Bizning buyuk dyorimiz buyuk allomalarni yetishtrgan. Butun ilm ahli
ular bilan faxrlanadi. Ular asos solgan milliy ilmiy tafakkurning ananalarini davom
ettirish va boyitish uchun bizda hamma shart sharoitlar bor”.
Bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobida zamonaviy ta’lim tizimini tashkil
etishda, bo’lajak chet tili o’qituvchilarining metodik tayyorgarliklari uchun texnik
vositalarning yani multifikatsion o’qitish tizimining muhim ahamyati va o’rni
hususida ma’lumotlar berib o’tdik. Bu borada multimediya vositalarining chet tilini
o’qitishda o’qituvchi uchun eng asosiy yordamchi bo’lib hizmat qilibgina qolmay,
hattoki o’quvchilarning mustaqil tarzda til o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini
oshirib, qobilyatlarini kuchaytrishga yordam berib kelmoqda. Yaxshi darsni tashkil
qila olish va o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishni uyg’ota olish o’qituvchidan
katta mahorat va bilim saviyasini talab etadi. Bundan bilim saviyaga ega bo’lish
uchun esa bo’lajak pedagog o’z ustida tinmay ishlashi
yangiliklarga hamohang
tarzda yashashi yani nafaqat o’z yo’nalishi balki boshqa sohalar bo’yicha ham
32
kuzatilayotgan yangi yangi bilimlar tizimi bilan o’quvchilarini tanishtra olish
qobilyatiga ega bo’lishi lozim.
Har bir chet tili O’qituvchisi uchun shuni aytish joizki ta’lim tizimida nazariy
bilim berishdan ko’ra amaliy yani visual tarzda o’qitish ta’lim oluvchining nafaqat
qiziqishini kuchaytribgina qolmay, uning hotirasida o’tilgan
darsni qay darajada
qolishini ham belgilab beradi, yani ta’lim oluvchi eshitib yoki kitobdan o’qib
o’rgangan narsasidan ko’ra animatsion tarzda ko’rgan narsanini tasavvurida tez
shakllantra oladi va oson eslab qoladi. Bunday tarzda darsni tashkil qilish uchun
esa har qanday chet tili o’qituvchisi tehnik vositalardan [video, audiomagnitafon,
proektorlar]dan
foydalana olishi, test topshriqlarini kompyuter orqali amalga
oshirishni, elektron habarlar, elektron darslik, o’quv qo’llanmalar, lug’atlar
yaratishni bilishi talab etiladi. Chet tillarni o’qitishda
internet yordamida bevosita
masofaviy talimdan foydalanish, talabalarning o’quv faolyatini, mustaqil ishlarini
tabaqali
tashkil etish, hamda kompyuterli nazorat tashkil etish, turli kompyuter
dasturlari yordamida o’z darsini qiziqarli tashkil qila olishi zarur,
shu bilan
birgalikda, turli ta’lim bosqichlarida texnik vositalarni qo’llanish tartibini bilishi va
ularni o’quvchilarni salohyatiga qarab to’g’ri taqsimlay olishi lozim.[9.47.]
Do'stlaringiz bilan baham: