Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар


BUNDA BEGILANGAN IMTIYOZLAR VA ISTIQBOLLAR



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

BUNDA BEGILANGAN IMTIYOZLAR VA ISTIQBOLLAR 
Suyarov A.SH., Gadoyeva M.X. 
SamISI
Hozirgi kunda turizm iqtisodiyotning muhim sektori sifatida jadal rivojlanib 
bormoqda. Chunki, turizmdan olinadigan daromad ko’plab sohalardan ko’ra ko’proq 
bo’lishini rivojlangan mamlakatlardagi statistik ko’rsatkichlar ifodalamoqda. Turizm 
Shunday sohaki, unda to’g’ridan-to’g’ri xizmat ko’rsatish orqali daromad olinadi. 
Ya’ni, ushbu sohada biror mahsulot emas, aynan xizmatlar sotiladi. Xizmatlarning 
iste’mol jarayoni ayni ko’rsatilgan ondan boshlab amalga oshadi.


17 
O’zbekistonda turizm sohasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, so’nggi 
yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar buning yaqqol isboti bo’la oladi. Jumladan, 
2016-yil 2-dekabr sanasida qabul qilingan PF-4861-sonli “O’zbekiston Respublikasida 
turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora tadbirlari to’g’risida”gi farmoni 
soha rivojida juda katta qadam bo’ldi. 25 yillik mustaqil O’zbekiston tarixida ilk bora 
turizm iqtisodiyotning muhim sektori, strategic yo’nalish sifatida talqin qilina boshladi. 
Bu esa turizm sohasini rivojlantirish endi favlat siyosati darajasiga yetganligini 
ko’rsatardi. Farmonda Shuningdek, quydagilar dolzarb qilib belgilandi: 
2017 yilning 1 apreligacha Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch 
shaharlarining xalqaro aeroportlarida xorijiy turistlar uchun “yashil yo'lak” bojxona 
nazorati tizimini, pasport va bojxona nazoratidan o'tishning, bagajni olishning 
soddalashtirilgan tartib-taomilini joriy etish hamda transport xizmati ko'rsatishni 
yaxshilash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rish;
- aeroportlar va vokzallarda rezidentlar va norezidentlarning pasport nazoratidan 
alohida-alohida o'tishlarini tashkil qilish;
- aeroportlar va temir yo'l vokzallarida qulay turizm axborot makonini, shu 
jumladan turizm-axborot punktlari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish.[1]
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan tadbirlarni amalga oshirish asosiy transport uzellarida 
xizmatlar ko'rsatish sifatining eng ilg'or jahon standartlariga mos kelishini 
ta`minlashga, mamlakat xalqaro aeroportlari va vokzallarining reytingini oshirishga 
qaratilgan.
Turizm sohasidagi tadbirkorlik faolligini yanada rag'batlantirish, turizm 
infratuzilmasini rivojlantirish, turizm tashkilotlariga qo'shimcha imtiyoz va 
preferensiyalar berish Farmonning yana bir muhim xususiyatidir.
Jumladan:
- turizm operatorlari ular tomonidan ko'rsatiladigan turizm xizmatlari uchun 
tushadigan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi;
- mehmonxonalar xorijiy valyutadagi tushumning faqat 25 foizini belgilangan 
tartibda majburiy sotadilar;
- xorijiy fuqarolar tomonidan mehmonxonalar xizmatiga haq to'lash erkin 
ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi, ular uchun to'lov respublikaning davlat 
va byudjyet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno;
- yuridik shaxslar kamida 4 yulduzli darajadagi mehmonxona va motellarni 
foydalanishga topshirganda ular yuridik shaxslarning foyda solig'i, yer solig'i va mol-
mulk solig'idan, Shuningdek yagona soliq to'lovidan 5 yil muddatga ozod qilinadi;
- turizm faoliyati sub`yektlari tomonidan sig'imi 9 kishidan ortiq bo'lgan yangi 
avtotransport vositalari sotib olinganligi uchun Respublika yo'l jamg'armasiga yig'im 
avtotransport vositalari qiymatining maksimal darajadagi 20 foizi emas, balki 3 
foizigacha miqdorda undiriladi.[1]
Farmonda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasiga manfaatdor idoralar bilan 
birgalikda 3 oy muddatda O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini o'rta muddatli 
istiqbolda 
rivojlantirish 
Kontseptsiyasini, 
Shuningdek 
2017-2021 
yillarda 
Kontseptsiyani amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar Dasturini Vazirlar 
Mahkamasiga taqdim etish vazifasi topshirilgan. [2] 


18 
Farmonni bajarish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Turizmni 
rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi qarori qabul qilindi. 
Qarorda davlat qo'mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari belgilab 
berilgan, davlat qo'mitasining tashkiliy tuzilmasi va Nizomi tasdiqlandi, Shuningdek 
milliy turizm mahsulotini xorijga namoyish qilish, turizm sohasida kadrlar tayyorlash 
va turizm xizmatlarini sertifikatlash bo'yicha bir qator idoraviy tashkilotlar tuzildi.
Mazkur Farmonni amalga oshirish iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga, 
tarkibiy o'zgartirishlar va diversifikatsiya qilishga, barcha mintaqalarni va turdosh 
tarmoqlarni kompleks ravishda ildam rivojlantirishning yetakchi kuchi bo'lish 
imkoniyatiga ega mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog'i sifatida turizmni jadal 
rivojlantirishni ta`minlashga, Shuningdek O'zbekistonning jozibador turizm markazi 
sifatidagi ijobiy qiyofasini shakllantirishga butun choralar bilan ko'maklashadi. 
Bundan tashqari xuddi shu sanada qabul qilingan PQ-2666-sonli Prezident 
qarori, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar Strategiyasida belgilangan vazifalar hamda 
2017-yil 16-avgustda qabul qilingan PQ-3217-sonli Prezident qarori aynan turizm 
sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni dolzarb va ahamiyatli qilib 
belgilagan.
Har qanday soha qonunchilik va davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar orqali 
o’z rivojini topadi. Turizm sohasi ham bevosita erkin tadbirkorlikka asoslangan bo’lib, 
dunyo miqyosida qilinayotgan yangiliklar va mamlakatdagi islohotlar bevosita ta’sir 
ko’rsatadi. Xususan, soliqlar tizimi turizmning rivojlanishida o’ta ahamiyatli 
hisoblanadi. Chunki, mamlakatimizda endigina chin ma’noda rivojlanishni boshlagan 
ushbu soha turli tomondan imtiyozlarga majburdir. Xalqaro tajribada Shuni ko’rish 
mumkinki, soliqlar tizimi aynan turizm sohasi uchun turli imtiyozlarni joriy qilganlar.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari turizm va mehmonxona faoliyati uchun 6- 25% 
atrofida bo‘lgan qo‘shimcha qiymat solig‘ini (QQS) tenglashtirishga yo‘naltirilgan 
siyosatni olib boradilar. Misol uchun, Germaniya va Luksemburgda o‘rtacha QQS 
miqdori 15% qilib belgilangan. Daniya va Shvetsiyada maksimal QQS miqdori 25%ga 
teng. Ispaniyada joylashtirish uchun QQS o‘rtacha 7% ni tashkil qiladi va 
mehmonxona darajasiga qarab o‘zgarishi mumkin, ovqatlanish (restoran xizmatlari), 
avtomobillarni ijaraga olish uchun QQS esa 16%gacha yetadi. Gretsiyada joylashtirish 
va ovqatlanish uchun QQS 8% ni tashkil qiladi va hukumat nomavsumiy paytlarda 
turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalarga imtiyozlar tizimini ishlab chiqqan. 
Fransiyada turizm faoliyati uchun QQS o‘rtacha 10% ni, shu jumladan joylashtirish 
uchun 6% ni, ovqatlanish xizmatlari uchun 19% ni tashkil qiladi. Avstriyada 
joylashtirish va ovqatlanish uchun QQS 10% miqdorida belgilangan. Lekin turistik 
soliqlar to‘g‘risidagi federal qonunga asosan barcha turistik tashkilotlari har bir 
turistning yashashi uchun mahalliy to‘lov to‘laydilar (jamoa hududida-jamoaga, 
kurortlarda-kurort jamg‘armasiga). To‘lov miqdori mavsumga qarab o‘zgarishi 
mumkin, bunda shifoxona bemorlari (6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, maktab 
o‘quvchilari va talabalar) bu to‘lovlardan ozod etilgan. Yevropaning ba’zi 
mamlakatlarida turistik tashkilotlar kommunal xizmatlar uchun imtiyozli tariflardan 
foydalanadilar. Ko‘pchilik hollarda turistik firmalar valyuta daromadining 20% gacha 
bo‘lgan qismi daromad solig‘idan ozod qilingan.[3] 


19 
Davlat tomonidan Shuningdek yangi turistik ob’yektlarning qurilishi uchun 
yerlarni past narxlarda sotish va ma’lum muddatga ijaraga berish (Kiprda 99-yilga, 
Isroil va Turkiyada 49-yilgacha) yo‘li bilan rag‘batlantiriladi, bunda ijara muddati 
tugagach yana Shuncha yilga cho‘zilishi mumkin.[4] 
Atrof-muhitning tez sur’atlar bilan ifloslanib ketayotganligi munosabati bilan 
turizm sohasidagi davlat siyosati ko‘proq atrof-muhitni muhofaza qilishga 
yo‘naltirilmoqda. Bir qator mamlakatlarda turizmda atrof-muhitni himoya qilishni ham 
rejalashtirishni nazorat qiluvchi maxsus hay’atlar faoliyat yuritadilar (Buyuk Britaniya, 
Fransiya, Skandinaviya davlatlari). 
1992 yilda Rio-de Janeyro shahrida Jahon turizm tashkiloti XXI asr uchun ish 
dasturini qabul qilgan bo‘lib, unga 182 davlat birikkan. Ushbu dasturning amalga 
oshirishda asosiy vakolat turizm bo‘yicha davlat muassasalariga berilgan. Reja uzoq 
muddatli dasturlarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan uch asosiy qurolga 
urg‘u beradi:[4] 
- odamlar va atrof-muhitni himoya qilishni nazarda tutuvchi yangi tovarlar ishlab 
chiqish yoki amaldagi choralarni kuchaytirish; 
- narxdan, tazyiq o‘tkazish mexanizmi sifatida foydalanish; 
- turizm industriyasida ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot tozaligini 
kafolatlash uchun mo‘ljallangan dasturlarni yaratish. 
Davlat idoralari turizmda uzoq muddatli dasturlarni yaratishda yetakchi o‘ringa ega. 
Bir qator mamlakatlar bunday dasturlarga ega (Rossiya, Finlandiya, Avstria, Fillipin 
va boshqalar). XXI asr uchun ish dasturi turizm bo‘yicha davlat idoralari oldiga 
quyidagi asosiy masalalarni qo‘yadi: 
- nazorat qiluvchi iqtisodiy va boshqa tizimlarni kamaytirish; 
- turizmning iqtisodiyotga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy hayotiga va atrof-
muhitga ta’sirini baholash; 
- turizm sohasida xizmatchi kadrlar tayyorlash; 
- turizmning uzoq muddatli barqaror taraqqiyotini rejalashtirish, 
- rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ma’lumot almashish; 
- jamiyat barcha qismlarining turizmni rivojlantirishda qatnashuvi; 
- yangi turmahsulot tuShunchasi; 
- amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalarini baholash; 
- xalqaro faoliyatda hamkorlik o‘rnatish. 
Dasturning birinchi vazifasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- dastur maqsadlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi, turizmning rivojiga 
yo‘naltirilgan mavjud milliy, xalqaro va boshqa tizimlarning faoliyatini baholash; 
- turizmning xususiy va davlat tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik; 
- turizm tarmog‘iga soliq va to‘lovlar solish shu tariqa belgilanishi kerakki, turizm 
infratuzilmasini kengayshtirish, atrof-muhitni yaxshilash va boshqa maqsadlar uchun 
yetarli mablag‘lar bo‘lsin; 
- tovar va xizmatlar uchun turizm bilan bog‘liq ekologik xarajatlarni hisobga oluvchi 
narxlarni kafolatlovchi iqtisodiy chora-tadbirlar qabul qilish. 
Iqtisodiy rag‘batlantiruvchi choralar Shuningdek turistik firmalarning atrof-
muhitni muhofaza qilish borasidagi yutuqlarini rag‘batlantirish uchun ham ishlatilishi 
kerak. Ikkinchi vazifa o‘z ichiga turizm taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va 


20 
madaniy hayoti uchun oqibatlarini baholashni oladi. Bu esa o‘z navbatida suv 
resurslari, elektr quvvati, transport vositalaridan samarali foydalanish, turizm sohasida 
ish bilan ta’minlash, mahalliy aholi qatnashuvi siyosatining mavjudligi, atrof-muhit, 
madaniy, tabiiy va tarixiy qadriyatlarni muhofaza qilish kabi masalalar ko‘rib chiqish 
zaruratini tug‘diradi. 
Turizmda kadrlar tayyorlash va rejalashtirish dasturi muhim hisoblanadi. 
Maktablarning o‘quv rejalariga turizm ekologiyasi bo‘yicha o‘quv kursini kiritish 
tavsiya qilinmoqda. Kadrlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash maqsadida davlat 
turistik tashkilotlar va professional turistik birlashmalar xususiy sektor bilan hamkorlik 
qilishlari maqsadga muvofiqdir. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mamlakatimizda ham turizm sohasi bo’yicha 
ko’plab samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Yuqoridagi mamalakatlardagi kabi 
O’zbekiston ham soliq tizimida turizm sohasi uchun turli imtiyoalzr belgilangan. 
Faoliyatining ilk davrida (6 oygacha) daromad solig’idan ozod qilinganligi, agar to’rt 
va undan yuqori yulduzli mehmonxona tashkil qilingan taqdirda 5 yilgacha turli 
to’lovlardan imtiyozlar berilganligi aynan turizm sohasining rivojlanishi uchun muhim 
qadamdir. Yuqoridagi taklif va tavsiyalarga binoan bir qancha qo’shimcha imtiyozlar 
yaratiladigan bo’lsa, sayyohlik industriyasi bundan ham yuqori ko’rsatgichlarga erisha 
oladi. 

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish