Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

References:
1. Norton B. “The proverbs or the book of proverbs“. Chicago. 1985. 
2. Scott Thronbury, How to teach speaking, Longman, 2005 
3. Linda and Roger Flavell. “Dictionary of proverbs and their origins“. Cathie 
Limited. 1997. 
4. Brown, H. D., Principles of Language Learning and Teaching, Englewood 
Cliffs, New Jersey: Prentice-Hall, 1987 Brown, H. D., Principles of Language Learning 
and Teaching, Englewood Cliffs, New Jersey: Prentice-Hall, 1987
 
BUYUK IPAK YO`LINING GEOGRAFIK JIHATLARI 
 
Qo`chqorova D.P., 
BuxDU
Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kast etgan. 
Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda 
madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun 
bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan 
naqlga qaraganda: “Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo”. Harakatlanish — bu 
hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi 
boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa 


298 
va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning 
qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi 
savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin 
bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari 
hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda 
nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, 
qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, 
Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan “lazurit yoʻli” 
mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli” ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va 
Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, 
Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib 
ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat 
Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga 
oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan 
yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar 
eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda 
xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan 
edi. 
Shuni aytib oʻtish lozimki, bu yoʻl hech qachon yagona bir yoʻl boʻlmasdan, 
balki azim bir daraxtning sadasiga oʻxshash tarzda shoxlanib ketgan turli-tuman 
yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan edi. Masalan, Osiyoni sharqdan gʻarbga qarab kesib 
oʻtuvchi asosiy yoʻllardan biri qadimiy Xitoyning poytaxti Chanan shahrida boshlanib, 
uning shimoli-gʻarbiy chegaralarigacha Gobi sahrosining cheti boʻylab ketgan, keyin 
sharqiy Turkiston orqali oʻtgan. Tyan-Shan tizmasi dovonidan oshib oʻtgan 
karvonlarinng bir qismi Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasi orqali Soʻgʻdiyonaning 
poytaxti Samarqandga, Buxoroga, Xorazmga olib borgan, keyin esa Kaspiy dengizi 
qirgʻoqlariga yetib kelar edi. Karvonlarni gbir qismi Samarqanddan chiqib, Baqtriyaga 
borar va Qashqadaryo vodiysi dan oʻtib Termiz shahriga kelar edi, u yerdan 
Amudaryodan kechib oʻtib, Janubga, Baqtralar va Hindistonga qarab ketar edi. 
Yoʻlning yana bir yoʻnalishi Tarim shahridan chiqib, Takla-Makon sahrosini janub 
tarafidan aylanib oʻtib, Xotan va Yorkent shaharlari orqali Baqtraga (shimoliy 
Afgʻoniston) va Marvga kelar edi, bu yerdan karvonlar Eron, Suriya davlatlari orqali 
oʻtib, Oʻrta Yer dengizi boʻyiga yetib kelar edi, Mahsulotlarning bir qismi dengiz yoʻli 
bilan Rim va Yunonistonga kelib tushar edi. Nomidan ham maʼlum boʻlishicha, karvon 
yoʻllaridagi savdoning asosiy buyumi butun jahonda juda qimmatbaho boʻlgan ipak 
mahsulotlari edi. Masalan, oʻrta asrlarning dastlabki davrida ipak eng qadrli hisob-
kitob birligi boʻlib, hatto tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. 
Masalan, Soʻgʻdiyonada bir otning narxi oʻnta ipak kiyimliklariga tenglashtirilgan. 
Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni yollash uchun toʻlov qilinar, ipak bilan 
hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun toʻlash mumkin edi. Ushbu karvon yoʻllarini 
birinchi boʻlib venetsiyalik savdogar Marko Polo „ipak yoʻli” deb nomlagan edi, u 
yevropaliklardan birinchi boʻlib Xitoy imperiyasining chegaralariga yetgan. „Buyuk 
Ipak yoʻli” atamasini esa nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen 1877- yilda oʻzining 
„Xitoy“ nomli fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda kiritgan. Ipak qitʼalararo yoʻl 
orqali tashib oʻtiladigan asosiy mol boʻlsa ham, lekin yagona emas edi.


299 
Markaziy Osiyodan Xitoyda juda qadrlanadigan otlar, tuyalar, harbiy anjomlar 
va qurol-yarogʻlar, oltin va kumush, yarim qimmatbaho toshlar va shisha buyumlar, 
teri va jun-moʻynalar, gilamlar-u ip-gazlama matolar, zar tikilgan matolar, oʻziga xos 
antiqa mevalar — tarvuzlar, qovunlar va shaftolilar, yirik dumbali qoʻylar va ovchi 
itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va metall 
idishlarni, laklangan buyumlar va pardoz-upalarni, choy va guruchni olib kelishar edi. 
Savdogarlarning yoʻl toʻrvalarida turli-ituman noyob buyumlar, fil qoziq tishlari, 
karkidon shoxlari, toshbaqa toshlari, ziravorlar va koʻpgina boshqa xil mollar topilar 
edi. Buyuk ipak yoʻli orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan 
madaniy yutuqlari, maʼnaviy qadriyatlari, diniy gʻoyalari ham jahonga tarqalib borar 
edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan boʻlib, bu 
yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu 
yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqoʻl harbiy navkarlari VII 
asrda islom taʼlimotini olib kelganlar. Savdogarlar va targʻibotchilarning oʻtkazgan 
yoʻllari boʻylab moʻgʻula sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingisxon sahroyi 
bosqinchilari quyundek oʻtgan. Buyuk Ipak yoʻlining qoq yuragi boʻlgan Samarqand 
shahridan oʻrta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Temur oʻz yurishlarini boshlab, 
zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yoʻllaridan asrlar boʻyi allomalar, 
tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik 
savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi — savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik 
sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik 
geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella 
Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef 
Martenlarning yoʻlda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yoʻli 
boʻylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va 
anʼanalarini bilib oldik. Sharq va Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan bu beqiyos buyuk yoʻlni 
bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy Oʻzbekiston shaharlari Samarqand, 
Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari boʻlib, ularning meʼmorchilik 
yodgorliklari Buyuk Ipak yoʻlining koʻp asrlik tarixini oʻzida mujassam etadi. 
Xulosa qilib aytganda, Buyuk ipak yo’li geografik jihatdan hududlarni bir-biri 
bilan bog’laydigan ko’prik vazifasini bajargan. Davlatlar o’rtasida o’zaro hamkorlik 
tovar ayirboshlash do’stona munosabatlar uchun tarixiy zamin bo’lib qoldi.

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish