Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

Литература
1. Русский язык и туризм. [Электронный ресурс].
2. Плужник И.Л. Формирование межкультурной коммуникативной 
компетентности студентов в процессе профессиональной подготовки. М., 2008. 
KORXONA RESURSLARINI SAMARALI BOSHQARISHNING 
ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI 
i.f.n. Tairova M.M., 
Jumaev B. BuxDU
 
Hozirgi kuunda korxona boshqaruvida zamonaviy konsepsiyalarni joriy etish 
o’ta dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, 


273 
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish 
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning zarurligi 2017-2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasida ham belgilab olindi
19
. Ushbu ustuvor vazifalarning ijrosi har 
bir korxona oldiga yangicha boshqaruv konsepsiyalarini joriy etishni taqozo etadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kam xarajat qilgan holda yuqori daromad olish 
imkoniyatiga ega samarali korxonalargina raqobatga bardosh bera oladilar. Korxona 
xarajatlari ikkita omil: tashqi va ichki omillarga bog’liqdir
20
. Tashqi omillar korxonaga 
bog’liq bo’lmay, ularga korxona o’z ta’sirini ko’rsata olmaydi, ya’ni ular natijasida 
yuzaga keluvchi xarajatlarni kamaytira olmaydi. Ichki omillar firma nazorati doirasida 
bo’lib, ular natijasida yuzaga keluvchi xarajatlarga esa korxona o’z ta’sirini o’tkazishi, 
ya’ni uni kamaytirishga qodir. Korxona resurslarini boshqarish korxona uchun ichki 
omil hisoblanadi va shu sababli, resurslarni samarali boshqarishni tashkil qilish 
korxona ixtiyorida bo’ladi. Shuning uchun ham, korxona rentabelligini oshirishda 
resurslarni samarali boshqarish muhim vazifalardan biridir. 
Korxona resurslarini boshqarishning bir qancha shakllari mavjud. “Lean 
Production” (Tejamkor ishlab chiqarish) konsepsiyasining mohiyatini tahlil qilib 
chiqish va undagi tamoyillarni korxonalarda qo’llash imkoniyatlari va sharoitlari 
bo’yicha takliflar ishlab chiqish bizda asosiy maqsad kilib olingan. 
Resurslarni samarali boshqarish har qanday xo’jalik subyektining asosiy 
vazifalaridan biridir. Iqtisodiyotning bosh masalasi, ya’ni resurslarning cheklanganligi 
sharoitida cheksiz extiyojlarni qondirish har bir davlat, korxona-tashkilot va uy 
xo’jaliklarini xam resurslardan oqilona foydalanishni zarur kilib ko’yadi. 
“Lean Production” atamasi ilk bora Jon Krafchik tomonidan kiritilgan bo’lib, 
tejamkorlik bilan ishlab chiqarish degan ma’noni bildiradi
21
. O’zbekistonlik olimlar 
orasida ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar hozircha mavjud emas va 
ushbu tuShuncha iqtisodiy adabiyotlar uchun yangi termin hisoblanadi. 
Mazkur atamaning paydo bulishi va rivojlanishi avtomobil sanoatiga borib 
taqaladi. 
Yaponiyaning 
Tayota 
kompaniyasi 
AQSh 
avtomobilsozlik 
kompaniyalarining tajribalarini o’rganib chiqgan holda uni takomillashtirdi va natijada 
TPS (Toyota Production Systems - Tayota ishlab chiqarish tizimi)ni yaratdi. 
Keyinchalik boshqa yirik kompaniyalar Tayota kompaniyasining tajribalarini 
amaliyotga tatbiq eta boshlashdi. Ba’zi bir adabiyotlarda “Lean Production” atamasi 
TPS (Toyota Production Systems), ya’ni “Toyota ishlab chiqarish tizimi” deb xam 
ataladi. Keyinchalik J. Layker
22
, AQSh sanoat korxonalarining tajribalarini tahlil qilib, 
tejamkor ishlab chiqarishni bosqichlarga bo’ladi (bu hakda batafsil to’xtalamiz). 
Tejamkor ishlab chiqarishga doir ilmiy ishlarida Tayiti Ononing ilmiy qarashlari 
alohida e’tiborga loyiqdir. Uning e’tiroficha, takror ishlab chiqarish mobaynida yuzaga 
keladigan kamchilik va yo’qotishlarni bartaraf etish orqali tejamkor ishlab chiqarishga 
19
 
http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact id=3107036#3109143
 
20
Т.Жураев, Д.Тожибоева - Иқтисодиёт назарияси 1-кисм, Тошкент-2014, 28-б. 
21
John F. Krafcik - Triumph of the Lean Production System, Massachusetts Institute of technology, Sloan Management 
Review, Vol. 30, Num. 1. Fall 1988.
22
Jeffrey K. Liker - Becoming Lean: Experiences of U.S. Manufacturers, 1977.


274 
erishish mumkin bo’ladi. Uning karashlari keyinchalik L. Jeffri
23
hamda Jeyms Vumak 
va Daneyel Jonslar tomonidan takomillashtirildi
24
.
Tadqiqot muammosi korxonalarda mavjud umumiy holatlarni kuzatish orqali 
qo’yilgan. Tadqiqot uchun zarur axborotlar asosan xorijiy adabiyotlardan olingan. 
Resurslarni samarali boshqarish bo’yicha amaliyotda muvaffaqqiyatli qo’llanib 
kelayotgan: TQM (Total Quality Management - Umumiy Sifat Boshuaruvi), JUST-IN-
TIME (hz vaqtida), RP (Resource Planning - resurslarni rejalashtirish), ERP 
(Enterprise Resource Planning - korxona resurslarini rejalashtirish), CSRP (Customer 
Synchronized Resource Planning - resurslarni mijozlar bilan sinxron rejalashtirish), 
CR (Continuous Replenishment - uzluksiz to’ldirib borish) kabi ko’plab logistik 
konsepsiyalar mavjud. Ulardan biri - “Lean Production” (Tejamkor ishlab chiqarish) 
konsepsiyasidir. 
“Lean Production” konsepsiyasida asosiy e’tibor takror ishlab chiqarish 
jarayonidagi har qanday yo’qotishlarni doimiy ravishda bartaraf etishga qaratilgan. 
Mahsulot ishlab chiqarilishining har bir bosqichida uning oxirgi iste’molchi 
uchun qiymatini baholash - konsepsiyaning asosiy belgisi sifatida ko’rsatiladi. 
Konsepsiyaga muvofiq korxonaning faoliyati iste’molchilar uchun qiymat 
qo’shuvchi ya’ni mahsulotning tannarxini oshiruvchi jarayonlardan iborat. Shuning 
uchun ham, resurs talab qiluvchi, lekin ustama qiymat qo’shmaydigan har qanday 
bosqichni bartaraf etish konsepsiyaning asosiy vazifasi qilib olingan. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek konsepiya takror ishlab chiqarish davomida 
yuzaga keladigan barcha yo’qotishlarni bartaraf etishni nazarda tutadi. Takror ishlab 
chiqarish jarayonidagi yo’qotishlar nima? 
Tayiti Ono quyidagi 7 xil yo’qotishlarni ajratib ko’rsatadi. 
1.
Ortiqcha ishlab chiqarish natijasidagi yo’qotishlar; 
2.
Kutish jarayonida vaqtning yo’qotilishi; 
3.
Keraksiz tashuvlar natijasidagi yo’qotish; 
4.
Ishlov berish bosqichlarining ortiqchaligi natijasidagi yo’qotishlar; 
5.
Ortiqcha zaxiralar sababli yo’qotishlar; 
6.
Keraksiz ko’chishlar natijasidagi yo’qotishlar; 
7.
Nuqsonli mahsulot ishlab chiqarish natijasidagi yo’qotishlar. 
Tayiti Ononing fikricha asosiy yo’qotish bu ortiqcha ishlab chiqarishdan yuzaga 
kelgan yo’qotishlar bo’lib qolgan barcha yo’qotishlar uning natijasida kelib chiqadigan 
yo’qotishlardir. 
Djefri Layker o’zining “Dao Tayota” kitobida yana bir yuqotish
25

Xodimlarning amalga oshirilmay qolgan badiiy salohiyatlari natijasidagi yo’qotish 
turini qo’shgan. 
Bulardan tashqari adabiyotlarda yana ikki xil: “muri” (yap. befaxm) – 
xodimlarni, ishchilarni yoki ishlab chiqarish kuvvatini keraksiz yuklash va mura (yap. 
23
Jeffrey K. Liker - The Toyota Way: 14 Management Principles from the World's Greatest Manufacturer, 2004.
24
James P. Womack, Daniel T. Jones - Lean Thinking: Banish Waste and Create Wealth in Your Corporation, 2003. 
25
Jeffrey K. Liker - The Toyota Way: 14 Management Principles from the World's Greatest Manufacturer, 2004.


275 
ola-chipor, xar xil) - ishlarning notekis bajarilishi masalan, talabning o’zgarishiga 
qarab nostandart ish grafigini tashkil etish kabi yo’qotish turlari ajratib ko’rsatiladi
26

Yana boshqa xorijiy adabiyotlarda 
yuqotishlarning boshqa turlari: 
uskunalarning buzilishi, texnik xizmat ko’rsatilishi, kiska to’xtalishlar natijasidagi 
yo’qotishlar singari jami 16 ta yo’qotish turi xam keltirib o’tiladi
27

“Lean Production” bajaradigan vazifasiga binoan beshta bosqichni o’z ichiga 
oladi
28

1.
Muayyan mahsulotning qiymatini aniklash; 
2.
Ushbu tovar qiymati yaratilishi bosqichlarini aniklash; 
3.
Mahsulot qiymati yaratilishi bosqichlarining uzluksizligini ta’minlash; 
4.
Sifatga asosiy e’tibor qaratish orqali xaridorlarni mahsulotga intilishiga 
undash; 
5.
Mukammallikka intilish. 
Ushbu bosqichlarning xar biri mahsulotning narxi bilan bog’lik. Shu boisdan 
xam yuqorida ta’kidlaganimizdek mazkur konsepsiyaning mohiyati iste’molchi uchun 
qiymat qo’shuvchi operasiyalarnigina bajarish kolganlaridan esa voz kechish va shu 
orqali resurslardan samarali foydalanish ya’ni ulardan tejab foydalanishdan iboratdir. 
“Lean Production” konsepsiya bir kator elementlardan tashqil topgan bo’lib, 
ular kuyidagilardan iborat: yagona buyum oqimi; kanban; TPM (Total Productive 
Maintenance - uskunalarga umumiy g’amxo’rlik);

5S tizimi; 

SMED (Single Minute Exchange of Dies - stanoklarni tezkor sozlash); 

Kaydzen; 

Poka-yoke (xatolardan himoyalash). 
Mazkur elementlar alohida usullar ham hisoblanadi, hattoki ba’zilarini mustaqil 
holda ishlab chiqarish konsepsiyasi turlariga qo’shish munkin. Ularning hammasi 
resurslardan tejab, oqilona foydalanish va ishlab chiqarishning uzluksizligini 
ta’minlashga xizmat kiladi. 

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish