22
XULOSA
Bolalar bilan suhbat qurganda tarbiyachi yosh xususyatlarini
inobatga olgan
holda ona tilini leksiya boyligini keng qo’llashi; tushunish mumkin va o‘zlashtirish
oson bo‘lgan so‘zlami tanlashi, ulardan o‘z nutqida foydalanishi lozim. Bolalar bilan
suhbat chog‘ida adabiy tilga oid so‘zlami qo‘llash, qo‘pol so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik,
oddiy so‘zlashuv tili va shevalardan, shuningdek, muomaladan chiqqan so‘zlardan
qochish lozim. Tarbiyachining lug‘ati qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, uning
nutqi
qanchalik yorqin bo‘lsa, bolalar shunchalikko‘p so‘zlami o‘zlashtirib olishlari mumkin.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni sо’zli shaklda umumlashtirilgan, uni
bayon etish va о’zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda
tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yо’l ochadi. Nutqni egallab
olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga tо’g’ri keladi. Maktabgacha
ta’lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda
o’qishga intilish xissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi.
Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan,
eslab qoladigan
hamda qo’llaydigan so’zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-
onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o’zining uncha ko’p bo’lmagan
so’z zahirasiga tayanib bilib oladi. - «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o’zini va
uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini
rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan
bolalarni
qo’llabquvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha
ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Zarurat tug’ilganda, pedagoglar tarkibi va
maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan
holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy faoliyatning
individual rejasini
tuzadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv
o’sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal
qilish uchun zarur bo’lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirish, boshqa
insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat
23
usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi.
O’quv-tarbiyaviy faoliyat
«O’zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid
davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi o’quv va
tarbiyaviy faoliyatni o’quv yillari bo’yicha tashkil qiladi. O’quv-tarbiyaviy
faoliyatni
rejalashtirish O’quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va
unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o’yinlari, bo’sh
vaqt va o’quvtarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. O’quv-
tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni
qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o’quv rejasiga
muvofiq olib boriladi. O’quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi
muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi. O’quv-tarbiyaviy
faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog’liq
holda integratsiya, xilma-xillik va
moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
Nutqni rivojlantirish metodikasining
asosiy mazmuni - bolalarda og’zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti
ko’nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlanti rish metodikasi quyidagi asosiy
savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o’qitish (bolalarda
qanday nutqiy
ko’nikmalarni tarbiyalash), qanday o’qitish (bolalar nutqini shakl lanti rishda qanday
sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday
o’qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va
amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda).Nutqni rivojlantirish metodikasi har
qanday rivojlanishning
umumiy shakllari, tomonlari va o’zaro bog’liqligini aks
ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: