78
7.
Buni tozaroq va tartibliroq qilish mumkinmi?
8.
Buzilmaydigan va mustahkamroq shaklni topsa bo‘ladimi?
9.
Buni xavfsiz, bezarar bajarsa bo‘ladimi?
10.
Buni foydaliroq qilish mumkinmi?
11.
Buni boshqa biror narsaga moslashtirsa bo‘ladimi?
12.
Uning bahosini ko‘tarish uchun biror narsa qo‘shimcha qilsa bo‘ladimi?
13.
Buni ishonchliroq qilsa bo‘ladimi?
14.
Qanday qilib uni samaraliroq qilish mumkin?
15.
Uni arzonroq qilsa bo‘ladimi?
16.
Bu mahsulotning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamroq
va yaxshiroq qi- lish mum-
kinmi?
17.
Mahsulotdan foydalanish doirasini kengaytirish va undan ko‘p
maqsadlarda foydalanadigan qilish mumkinmi?
18.
Boshqa ixtirolarni birga qo‘shsa va rivojlantirsa bo‘ladimi?
19.
Buni ixchamroq va foydalanishga qulayroq qilish mumkinmi?
20.
Ommalashtirish usullarini yaxshilasa bo‘ladimi?
21.
Joylashtirish, o‘rash va h.k larni yaxshilash mumkinmi?
22.
Yana nimalarni yaxshilash mumkin?
Ustki qismi kesilgan rezinali qopqoqcha bilan yopilgan idishcha. Boshidagi
ikkita jumlani o‘qing.
Ular mavjud
mahsulotdan foydalanmasdan, o‘sha ishlarni bajarmay natijaga
eri-shish imkoniyatini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bizning misolimizda shunday
imkoniyat bormi? Biz yelim o‘rnini
bosa oladigan, masalan, ikki tomoni yelimli
tasmani taklif qila olamizmi? yelim ishlatishning
qulayroq usulini topish mum-
kinmi? Ancha tezroq, umuman yaxshirog‘ini-chi?
Fikringizni rivojlantiradigan barcha yo‘nalishlarni diqqat bilan o‘rganing.
Har bir yo‘nalishni o‘rganib, oxiriga, maromiga yetganingizga ishonch hosil
qilganingizdan so‘ng, keyingi yo‘nalish to‘g‘risida fikr yuritishga va o‘rganishga
kirishing. Xuddi shu bosqichlarni boshqa turdagi
mahsulotlar uchun ham sinab
ko‘ring. Bunday o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish sistemasi usuli sizga muhim talablarni
aniqlashga yoki uni qondirish yo‘llarini topishga yordam beradi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan
Amerika ada-
biyotlarida, tijorat g‘oyalarini qiziqtirish yo‘li bilan maxsus nazorat savollari aso-
sida tanlash usuli tavsiya etilgan. U quyidagi savollardan iborat:
1.
Buyumning o‘lchamini o‘zgartirish mumkinmi?
2.
Ularning sonini o‘zgartirsa bo‘ladimi?
3.
Uni yig‘ishni, harakatlar ketma-ketligini o‘zgartirish mumkinmi?
4.
Vaqt elementlarini o‘zgartirsa bo‘ladimi?
5.
Sabab va natijalarni o‘zgartirish mumkinmi?
6.
Unga xos belgilarni o‘zgartirsa bo‘ladimi?
7.
Shaklini o‘zgartirish mumkinmi?
8.
Harakatlarni o‘zgartirish mumkinmi?
9.
Holat va sharoitlarni o‘zgartirish mumkinmi?
10.
Sotish uchun biror yangilikni taklif qilish mumkinmi?
79
Uyingizda, yo‘lda, institutda siz har kuni to‘qnashadigan xohlagan
narsangizni tanlang. Qanday qilib bularni yaxshilash mumkin? Biz juda ko‘p
hollarda atrofimizdagi narsalarni shundayligicha qabul qilamiz.
Endi sizga
atrofingizdagi sizni o‘rab turgan olamni aql, mulohaza yuritish yoki kuzatish yo‘li
bilan o‘rganish taklif qilinadi. Yangi buyum yoki hodisani ko‘rishingiz bilanoq,
to‘xtang! - diqqat bilan qarang - chuqur mulohaza qiling. Balki sizda taklif etilgan
savollar ro‘yxatiga, murojaat qilish istagi tug‘ilar. Lekin, har holda juda
shoshilinch harakat qilmang. Har bir satrda hech bo‘lmasa uch daqiqa to‘xtang.
Sizda tug‘ilgan har bir g‘oyani yozing. So‘ng ularga sayqal bering.
Do'stlaringiz bilan baham: