Намуна (Образец)


 Korporativ korxonalarni investitsion jozibadorligini oshirish



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

 
16.2. Korporativ korxonalarni investitsion jozibadorligini oshirish 
yo‘llari 
Investitsiyalarni jalb etishda korxonaning investitsion jozibadorligi birinchi 
o‘rinda turadi. Kompaniyaning investitsion jozibadorligi – bu uning holatini aks 
ettiruvchi ko‘rsatkichlar va tashqi omillar majmui bo‘lib, ular asosida potensial 
investor kompaniyaga pulini yo‘qotish yoki tegishlicha daromad ololmaslik 
xatarisiz pulini tika oladigan bo‘ladi. Investor asosan quyidagi asosiy omillarga 
tayanib sarmoya kiritishi mumkin: 

kompaniya faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar majmuiga; 

hamkorlik sheriklarining maqsadlariga; 

investitsiya faoliyatining daromadlilik va tavakkalchilik darajalariga. 
Har bir investitsiyani baholashda investor kompaniya investitsiyaviy 
jozibadorligining ham tashqi, ham ichki omillarini o‘rganadi: 
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyati; 

barqarorlik, korrupsiya darajasi, soliq bo‘yicha imtiyozlar; 

bozor ochiqligi; 


188 

mehnat resurslari qiymati va sifati; 

innovatsiyalarni joriy etish masalalari. 
Mamlakatlarning investitsion jozibadorligini baholashda Xalqaro reyting 
agentliklari va tashkilotlar shug‘ullanadi. Xususan, S&P, Moody’s va Fitch kabi 
halqaro reyting agentliklari, World Bank, Word Economic Forum kabi xalqaro 
tashkilotlar, Fortune va The Economist kabi xalqaro nashlar shular jumlasidandir. 
Jahondagi ayrim davlatlar mamlakat investitsion jozibadorligini investorlar 
uchun rag‘batlar to‘plamini yaratish orqali yaxshilaydi. Masalan, investitsiyalarni 
jalb qilish bo‘yicha jahon etakchilaridan biri Malayziya davlati hisoblanib, ushbu 
davlat kema qurish sanoatiga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida 2000 yildan 
boshlab shu sohaga jalb etilgan investitsiyalar uchun besh yil muddatga 100 foiz 
soliqdan ozod etilgan. Tashqi omillar jumlasiga yana tarmoqlarning raqobat 
darajasi, rivojlanish bosqichlari, narxlarning o‘sish sur’atlari, bozor hajmi va 
moliyaviy ahvoli, bozorga kirishdagi to‘siqlar sanaladi. 
Korxonaning ichki omillariga investitsion jozibadorligi, bitim natijasidagi 
sheriklik imkoniyatlari, moliyaviy holat, menejment sifati, biznes-jarayonlarning 
samaradorligi, uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va uning amaliyoti, mijozlar 
va etkazib beruvchilar bilan aloqasi, mavjud resurslardan foydalanish 
samaradorligi, biznesni kelgusidagi kengaytirish imkoniyati, kompaniyaning 
bozordagi ulushi, marketing strategiyasi, moliyaviy va amaliyot audit jarayonini 
o‘tkazish sifati kiradi. 
Jahondagi ayrim davlatlarda kompaniyalarga investitsiyalarni kiritishni 
ko‘rib chiqishda xorijiy investorlar duch keladigan bir qator muammolarni sanab 
o‘tishimiz mumkin: 
1. Ayrim kompaniyalarda rivojlanish strategiyasining yo‘qligi – yillik 
byudjetlar bor, lekin 5-10 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli tasavvur mavjud 
emas. 
2. Kompaniya yuridik tuzilmasining puxta emasligi – shu bilan birga, bir 
nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan yuridik kompaniya umumiy biznes tarkibiga 
kiradi. 


189 
3. Moliyaviy yoki boshqaruv hisoboti noto‘g‘ri yuritilishi – jamlanma 
boshqaruv hisobotining mavjud emasligi, shuningdek, tasdiqlanmagan aylanmalar. 
4. Investor uchun soliq va yuridik xatarlarning mavjudligi – aktivlar oldi-
sotdisi bo‘yicha bitimlarning noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi. 
5. Sun’iy ravishda yuqori baholash – qiymat asoslanuvi mavjud 
bo‘lmaganda kompaniya qanday baholanishi lozimligini investor juda yaxshi 
tushunadi. 
6. Korporativ boshqaruv zaifligi – barcha biznes-jarayonlar bitta menejerga 
bog‘liq bo‘lib, usiz qarorlar qabul qilinmaydi. 
Ularning ba’zilari obyektiv, ya’ni bevosita kompaniya bilan emas, balki 
mahalliy qonunchilik bilan bog‘liqdir. Subyektiv omillarga kelsak, bunda 
kompaniya top-menejmentiga va uning samaradorlik ortishidan manfaatdorligiga 
bog‘liq. Masalan, rivojlanish strategiyasini olaylik. Investor uchun buning 
muhimligiga bir qancha sabablar mavjud. Jumladan: 

strategiya tashkilotning samarali tuzilmasini tashkil etish imkonini beradi 
va ikkinchi darajali bo‘linmalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi; 

investor biznes egasi, top-menejment va oddiy xodimlarning biznesning 
uzoq muddatli rivojlanishi to‘g‘risidagi tasavvurlarini muvofiqlashtiradi; 

biznesning investitsiya kiritish kerak bo‘lgan va eng ko‘p foyda 
keltiruvchi yo‘nalishlarini belgilaydi; 

investor nuqtai nazaridan, strategiya kompaniya uzoq muddatli 
rivojlanishi istiqbollarini anglash imkonini beradi. Bu esa kompaniyaning 
moliyaviy ko‘rsatkichlari va biznesini baholashning asosi bo‘ladi. 
Amaliyotda investor maslahatchini yollaydi va maslahatchi kompaniyani 
uchta uslub bo‘yicha baholaydi: 
1. O‘xshash bitimlar uslubi – o‘xshash o‘lchamlardagi kompaniya 
investitsiya obyekti bo‘lgan holat tanlanadi va u baholanayotgan kompaniyaga 
nisbatan qo‘llaniladi. 


190 
2. Ommaviy kompaniyalar uslubi bo‘yicha – fond birjasida savdoda bo‘lgan 
o‘xshash o‘lchamlardagi kompaniyalar bo‘yicha statistika yig‘adi va u 
baholanayotgan kompaniyaga nisbatan taqqoslanadi. 
3. Diskontlangan pul oqimlari uslubi bo‘yicha – kompaniyaning besh yillik 
moliyaviy rejasi tuzishiladi va diskontlash koeffitsientini hisobga olgan holda 
kompaniya joriy va kelgusi davrlarda qancha daromad olishi mumkin bo‘lgan 
miqdor aniqlanadi. Bu investor uchun xatar darajasini belgilovchi foiz stavkasidir. 
Baholash o‘tkazilganidan so‘ng investorda ushbu kompaniya qancha 
to‘lashga tayyor ekanligi xususida tasavvur shakllanadi. Biroq biznesning amaldagi 
egasida o‘z biznesini baholash bo‘yicha butunlay boshqacha yondashuv bo‘lishi 
ham mumkin va investor hamda biznes egasi mo‘ljallari o‘rtasidagi farq katta 
bo‘lishi ham mumkin. SHu sababli, investorlar bilan muzokaralar boshlanishidan 
oldin biznes egasi biznes qiymatini mustaqil baholashi kerak bo‘ladi.
Bitimni muvaffaqiyatli yakunlash uchun investorni jalb qilishdan oldin 
hisobga olish kerak bo‘lgan ko‘plab omillar va hal etilishi lozim bo‘lgan 
vazifalarni aniqlashtirib olish kerak. Buning uchun esa salohiyatli boshqaruv 
jamoasi va tajribali korporativ maslahatchi kerak bo‘ladi.
Biznes egasi investorlarni jalb etishdan oling korxonada investitsiyalarning 
iqtisodiy samaradorligini baholashda investitsion harakterdagi boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish jarayoni asosida kutilayotgan investitsiya xajmi va 
kelajakdagi pul tushumlarini baholash va taqqoslashi kerak. Bunda investitsiya 
manbalaridan foydalanish mezonlari asosida tahlil qilishda talab qilinadigan 
investitsiya 
miqdorini 
kutilayotgan 
daromadlar 
bilan 
solishtiriladi. 
Solishtirilayotgan ko‘rsatkichlar vaqtning har xil davrlariga to‘g‘ri kelsa ham 
bunda asosiy muammo ularni taqqoslash hisoblanadi.
Kapital qo‘yilmalar byudjetini tuzishishni yoki loyihalarni baholash 
jarayonida kritik momentlar quyidagilar hisoblanadi:
a) mahsulotning sotilish xajmini unga bo‘lgan talab imkoniyatlarini hisobga 
olgan holda prognoz qilish;
b) pul mablag‘lar oqimini har bir yil bo‘yicha baholash;


191 
v) zarur bo‘lgan moliyalashtirish manbalarini baholash;
g) kapitalni narxini diskontlashtirish koeffitsienti sifatida foydalanilanish 
(kapital narx - moliyalashtirishning bu yoki u manbalarini foydalanish hisobiga 
xarajatlarning nisbiy darajasi tushuniladi). 
Kapital qo‘yilmalar byudjetini tuzish jarayonida tahlil qilinayotgan 
investitsiya faoliyati uchun tuzishilgan loyihalar ma’lum bir logika ega bo‘lib, ular 
quyidagilarni tashkil etishi kerak: 
- har bir investitsion loyihalar elementlari pul mablag‘larining sof chiqimi 
yoki kirimi hisoblangan pul oqimlari bilan bog‘lanish kerak. Bunda

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish