Nazorat savollari
1.
Operatsion va nooperatsion aktivlar deb qanday aktivlarga aytiladi?
2.
Kompaniya qiymatini aniqlashda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
3.
Kompaninyaning aksiyasinin bozor qiymatini hisoblash qanday amalga
oshiriladi?
4.
Kompaniya qiymatini boshqarishda baholovchi yo‘naltirilgan menejmentda
qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
5.
Kompaniya qiymatiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi va ularni izohlab bering?
6.
Korporativ boshqaruvda qanday samarali menejent strategiyalarni bilasiz va
ularning afzalliklarini sanab o‘ting?
7.
Kapital baho va xususiy kapital bahosi qanday formula asosida aniqlanadi?
8.
Kompaniya qiymatini boshqarish etaplarini sanab o‘ting.
183
16 -MAVZU. O‘ZBEKISTONDA KORPORATIV SEKTORGA XORIJIY
INVESTITSIYALARNI JALB ETISH
16.1. Investitsiya resurslarni rag‘batlantirishda
korporativ menejment
Investitsiya faoliyatining eng muhim elementi “investitsiya” bo‘lib,
investitsiya daromad yoki foyda olish maqsadida kapital (investitsiya) egasi
mablag‘ni muayya muddatga tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga
yo‘naltirilishidir. SHuni aytish lozimki, dunyo hamjamiyatining hozirgi taraqqiyot
bosqichida birorta ham mamlakat investitsiyalarsiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga
erisha olmaydi. Investitsiyalar yordamida quyidagi vazifalarni echish mumkin:
Birinchidan,
ichki bozorda talabgor bo‘lgan import tovarlar o‘rnini bosuvchi
mahsulotlarni ishlab chiqaradigan yangi korxonalarni qurish, uning asosida yangi
ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatini beradi.
Ikkinchidan,
mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar ishlab
chiqarishini kengaytirish va istiqbolli rivojlanishini ta’min etuvchi omil – milliy
korxonalarning xususiy kapital hajmini to‘ldiradi.
Uchinchidan,
milliy iqtisodiyotga texnologik yangilanish amalga oshadi va
milliy sanoat ishlab chiqarishiga yangi texnika hamda zamonaviy uskunalar
o‘rnatiladi va natijada jahon bozorida raqobatlasha oladigan milliy mahsulotlarni
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
To‘rtinchidan,
milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan kredit mablahlari
hisobidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoni yaratiladi.
Beshinchidan,
milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvi
amalga oshadi.
Demak, investitsiyalar, makro-mikro darajalarida iqtisodiy o‘sishni ta’min
etuvchi muhim omil bo‘lib, milliy ishlab chiqaruvchi subyektlar ularni jalb etish
uchun qonun doirasida samarali hatti-harakatlarni amalga oshirish kerak. Bunda
184
mahalliy korxonalar korxonaning iqtisodiy faoliyatiga investitsiyalarni jalb etish
uchun korxona miqyosida quyidagi ishlarni bajarishlari kerak:
1.
Korxonada puxta ishlab chiqilgan va istiqbolga ega bo‘lgan biznes-rejaga
ega bo‘lishlari lozim. Investorlar hamma vaqt ularning qo‘yilmalari kelajakda
foyda keltirishini bilishga intiladilar.
2.
Investorlar faqat o‘zlari ishonch qozongan korxonalarga investitsiya
loyihalarini moliyalashtiradilar. Investorlar shaffof va ochiq faoliyat yuritayotgan
korxonalarga qiziqadi. SHuning uchun korxonalar buxgalteriya hisob hujjatlaridagi
axborotlarning shaffofligi va oshkoraligi investorlarning talab darajasida bo‘lishi
kerak.
O‘zbekiston
Respublikasining
investitsiya
imiji
va
investitsion
jozibadorligini yanada yaxshilash, mamlakatning investitsion salohiyatidan
xabardorlik
oshirish,
shuningdek,
xorijiy
investorlar
bilan
ishlashni
takomillashtirish va ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash
maqsadida
46
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 iyulda 547-sonli Qarori qabul
qilindi. Ushbu qaror bo‘yicha O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
faollashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Binobarin, ushbu chora-tadbirlar quyidagilarni tashkil etadi:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida
Xorijiy investorlarga ko‘maklashish guruhi tashkil etiladi.
2.
Ushbu qaror asosida xorijiy investorlarga ko‘maklashish ishlari Toshkent
shahar xalqaro aeroportida kechayu-kunduz amalga oshirilishi kabi qulaylik yo‘lga
qo‘yildi.
Korporativ boshqaruvda xorijiy investitsiyalar portfeli korxonaning
diversifikatsiyasi va daromadlilik darajasini ta’minlash maqsadida aksiyalar va
boshqa qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltiriladi. Korxona miqyosidagi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan korxona
faoliyatiga kiritiladigan moliyaviy, moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularga doir
huquqlar bo‘lib, ular foyda olish yoki uzoq muddatli manfaat ko‘rish maqsadini
46
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг “Хорижий инвесторлар билан ишлашни янада такомиллаштириш чора-
тадбирлари тўғрисида”ги Қарори. 542-сонли ВМҚ, 02.07.2019 й. //манба: lex.uz.
185
o‘zida aks ettiruvchi xalqaro investitsiya kategoriyasidir. Ustav fondidagi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning minimal ko‘rsatkichi turli mamlakatlarda
turlicha belgilangan bo‘lib, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasida 10 foiz,
O‘zbekistonda esa 30 foiz darajasida o‘rnatilgan. Bunday farqlarning mavjudligi
xorijiy investorlar tomonidan korxona faoliyatini boshqarish yoki ushbu jarayonga
ta’sir ko‘rsatish imkoniyati turli mamlakatlarda turli qonunlar va korporativ
boshqaruv amaliyoti bilan bog‘liqligini anglatadi.
Xorijiy investitsiyalar alohida korxonalar faoliyati uchun ishlab chiqarish va
kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiy
samaradorligini oshirishda ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu jarayonlar
mamlakatdagi boshqa ishlab chiqaruvchilar, buyurtmachilar va raqobatchilarga
bilvosita ta’sir ko‘rsatishi orqali ichki iste’mol va kapital bozorlarining tarkibi va
rivojlanishiga, shuningdek, ishchilarning ko‘nikmalari va amaliy tajribasini
oshirishga yordam beradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdagi, milliy
iqtisodiyotning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanish
samaradorligi ichki va tashqi bozorning hajmi, tabiiy va mineral resurslar bilan
ta’minlanganligi, malakali ishchi kuchi mavjudligi, zamonaviy transport va bozor
infratuzilmasining shakllanganligi, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish
sur’atlari kabi ko‘plab omillar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish bilan bog‘liq jarayonni
faollashtirishda soliq imtiyozlari muhim rag‘batlantiruvchi choralardan biri deb
qaraladi. Ushbu omilning ahamiyati so‘nggi yillarda turli mamlakatlar o‘rtasida
xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun raqobat kurashi qizishi oqibatida bir
muncha ko‘tarildi. Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar muvaqqat chora sifatida
mamlakatda qulay investitsiya muhitini yuzaga keltirish maqsadida xorijiy
investorlar uchun alohida imtiyoz va rag‘batlar tizimini joriy etmoqdalar.
Investorlarni jalb qilishda soliqlar orqali rag‘batlantirishdan respublikamizda
ham keng foydalaniladi. Shu o‘rinda, respublikamizda turli imtiyozlar yordamida
xorijiy investitsiyalarni sanoatning ustuvor sohalari yoki mintaqalarga yo‘naltirish
maqsadida xususiy xorijiy investorlar uchun berilgan soliq imtiyozlarini keltirish
186
lozim. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan rag‘bat va
imtiyozlar yordamida xorijiy investitsiyalarni ortiqcha ish kuchi bo‘lgan
viloyatlarda joylashtirish ko‘lamiga ta’sir o‘tkazish va xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalar faoliyatidan mahalliy korxonalarga «bilim ko‘chishi»ning
(jumladan, lokalizatsiya mexanizmi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar va
xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga yangi texnologiya va ko‘nikmalarni kiritilishi)
ijobiy samarasini kuchaytirishga ega bo‘ladi.
Korporativ boshqaruvda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda quyidagi
maqsadlar belgilanadi: 1. Ichki bozorni to‘liq egallash. 2. Eksportga yo‘naltirilgan
faoliyatni amalga oshirish. 3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda
«Bozor izlash»dan manfaatdor kompaniyalar, odatda, mezbon-mamlakatga
investitsiyalar qo‘shishda yangi bozorlarga kirib borish, uning muayyan qismini
egallab olish va o‘zining tanlash imkoniyatlarini kengaytirish nuqtai nazaridan
kelib chiqadilar.
Eksportga mahsulot ishlab chiqarishni ko‘zlagan investitsiyalar o‘z
mamlakatida ishlab chiqarish va eksport harajatlari ortib borayotgan bir vaqtda
tashqi bozorlarga xizmat ko‘rsatish uchun yangi joylashuvni izlab amalga
oshiriladi. SHuningdek, xorijiy investorlar uchun makroiqtisodiy va siyosiy
barqarorlik, xorijiy investitsiyalarni xuquqiy tartibga solishning aniq tizimi, keng
ko‘lamli soliq imtiyozlari mavjudligi kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday investitsiya turiga misol tariqasida nisbatan arzon va malakali ishchi
kuchiga ega bo‘lgan, geografik jihatdan qulay joylashgan Markaziy va SHarqiy
Evropa mamlakatlarini (G‘arbiy Evropa bozorlariga yaqin joylashganligi va
Evropa ittifoqiga a’zo bo‘lish istiqboli tufayli) hamda Xitoyni (raqobatbardosh ish
haqi darajasi, investitsion muhit va xarajatlar pastligi tufayli) keltirish mumkin.
Resurs izlashga ixtisoslashgan investitsiyalar tabiiy resurslarni bosh omil
deb qaraydilar. «Resurs yoki vosita» izlashdan manfaatdor firmalarni birinchi
navbatda mamlakatda resurslar mavjudligi qiziqtiradi. Bunday resurslar hisobiga
xom ashyo, arzon va malakali ishchi kuchi, moddiy infratuzilma yoki korxonalar,
alohida texnologiya vositalari kirishi mumkin. Xom ashyo resurslari o‘z tarkibiga
187
ba’zi mamlakatlarda mo‘l bo‘lib, ba’zilarida esa deyarli bo‘lmagan neft, gaz,
mineral qazilmalarni oladi. O‘zbekistonda Gazprom, Lukoyl va qator boshqa
xorijiy kompaniyalarning investitsiyalarini aynan shu guruhga kiritish mumkin.
Yaxshi infratuzilmasi (avtomobil va temir yo‘llari, dengiz yillaridan foydalanish
imkoniyati, telekommunikatsiyalar va xakozo) bo‘lgan mamlakatlar investor jalb
qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatga egadirlar. Ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish maqsadidagi investitsiyalar vertikal va gorizontal birlashuv yo‘li bilan
dastlab mintaqaviy, so‘ngra xalqaro miqyosda ko‘lamlilik tufayli tejamkorlik
samarasiga erishish uchun yo‘llanadi. Investitsiyalarning mazkur turi daromadni
oshirish
uchun
ishlab
chiqarish
harajatlarini
qisqartirish
orqali
turli
mamlakatlardagi o‘z ishlab chiqarishlarining qiyosiy ustunligidan samaraliroq
foydalanish maqsadida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |