09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
6/70
aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari
haydovchilari va yo‘lovchilari.
Mototsikl va mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yo‘lovchilar maxsus motoshlem
kiyishlari va uni qadab olishlari shart.
10. Xalqaro yo‘l harakatida ishtirok etayotgan mexanik transport
vositasi haydovchisining
yonida yo‘l harakati haqidagi
Konvensiya
talablariga mos keladigan haydovchilik guvohnomasi va
transport vositasining (tirkama bo‘lsa unga ham) ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi hujjat, transport
vositasida (tirkama bo‘lsa unda ham) ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisi va u ro‘yxatdan
o‘tgan davlatning taniqlik belgisi bo‘lishi shart.
11. Transport vositasining haydovchisi quyidagilarga majburdir:
a) yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va to‘liq
jihozlanganligini tekshirishi;
b) harakatlanish vaqtida transport vositasining texnik sozligini ta’minlashi;
v) harakatlanishni boshlashdan oldin yo‘lovchilar transport vositasida joylarini egallaganligiga,
transport vositasining
eshiklari yopilganligiga, yo‘lovchilar tashish uchun maxsus jihozlangan yuk
avtomobillarida yo‘lovchilar tashiyotganda, Qoidalarning
24-bandi
talablari bajarilganligiga ishonch
hosil qilishi;
g) harakatlanish jarayonida piyodalar, ayniqsa, bolalar, nogironlar, qariyalarga va
velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi;
d) yo‘lovchilarni quyidagilar haqida ogohlantirishi:
harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish
taqiqlanganligi;
transport vositasi harakatlanishni boshlanishidan oldin xavfsizlik kamarini taqish (Ushbu
Qoidalarning
9-bandida
nazarda tutilgan hollardan tashqari),
mototsikl va mopedda
harakatlanayotganda esa maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi;
e) sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda majburiy to‘xtagan
transport vositasining haydovchisi ta’mirlash maqsadida yo‘lning qatnov qismiga chiqishdan oldin
nur qaytargichli maxsus jilet kiyib olishi (yengil va yuk avtomobili, avtobus va g‘ildirakli traktorlar
haydovchilari);
j) IIO xodimlarining talabiga ko‘ra mastlik holatini aniqlovchi maxsus tekshiruvdan o‘tishi;
z) quyidagi hollarda transport vositasini foydalanish uchun taqdim etishi:
IIO xodimlariga qonunda belgilangan xollarda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini
bajarish uchun, shuningdek yo‘l-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport
vositalarini olib ketish (shatakka olish) uchun (faqat yuk avtomobilidan);
yo‘lakay yo‘nalishda tibbiy yordam ko‘rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda zudlik
bilan tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish
uchun.
Transport vositasini foydalanish uchun taqdim etish talabi fuqarolarga tegishli (tibbiy yordam
ko‘rsatish holatidan tashqari)transport vositalariga taalluqli emas.
Transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yo‘l
varaqasiga yurilgan
vaqtni, bosib o‘tilgan masofani, o‘z ismi-sharifi, mansabi, ish joyi nomini, yo‘l varaqasi bo‘lmagan
taqdirda tegishli namunadagi ma’lumotnomani yozib berishi kerak.
Transport vositalarini tekshirish yoki undan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs
haydovchining talabiga muvofiq o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi shart.
12. Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi:
transport vositasini mastlik holatida (alkogol, giyohvand moddalar iste’mol qilgan va h. k.),
sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid
soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boshqarish;
har qanday mastlik holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l
harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik va betoblik holatida bo‘lgan,
09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
7/70
shuningdek tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik
guvohnomasi bo‘lmagan, yo‘l varaqasida yoki transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ism-sharifi ko‘rsatilmagan
(transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma
ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini
hisobga olgan holda
tuzilgan hollardan tashqari) shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish;
tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz
bo‘lgan, qorong‘i vaqtda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda — old chiroqlar va orqa gabarit
chiroqlari bo‘lmagan yoki yonmayotgan, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi
oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish;
tegishli ruxsatsiz transport vositalariga maxsus texnik jihoz (ratsiya, sirena va shu kabilar)lar
o‘rnatish;
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi, shu jumladan piyodalar jamlanmalari
harakatiga xalaqit berish va ular orasiga kirish;
transport vositasini
boshqarish paytida telefondan, transport vositasi salonining old qismiga
ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan tele-, videomonitordan tele-, videodasturlarni
tomosha qilish uchun foydalanish;
transport vositasi salonining old qismiga, shu jumladan,
priborlar paneliga, quyosh
soyaboniga va orqa tomonni ko‘rish ko‘zgusiga (faqat tashqi ko‘rinishni tasvirga oladigan
videokamera, navigator, videoregistratorlardan tashqari, agar ular haydovchiga ko‘rinishni
cheklamasa) tele, video monitorlar o‘rnatish.
Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarning
3-ilovasida
ko‘rsatilgan
transport vositalaridan
foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning
iloji bo‘lmasa, zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rib, ta’mirlash yoki to‘xtab turish joyiga yetib olish
uchun harakatlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: