09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
5/70
vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport
vositasini boshqarishda haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni;
Oldingi
tahrirga qarang.
transport vositasi yoki tirkamani qayd qilish guvohnomasini;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-
noyabrdagi 915-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y.,
09/19/915/4033-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
transport vositasining egasi bo‘lmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf
etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni,
transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta
polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-
ukalar, opa-singillar) bundan mustasno;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 915-sonli
qaroriga
asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y.,
09/19/915/4033-son)
transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta
polisini;
qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda yo‘l varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini.
Oldingi
tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda — haydovchilar malaka oshirgani to‘g‘risidagi
sertifikati.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-
fevraldagi 139-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y.,
09/18/139/0818-son)
8. Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik
guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinchalik ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxs, o‘ziga tegishli
bo‘lmagan transport vositasini, uning egasi yonida bo‘lganida yoxud tasarruf etish huquqini
beruvchi yoki egalik qilishga, foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan shaxs
ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin, agar transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnoma ushbu transport vositasidan
cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini
boshqarayotgan shaxs sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: