O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

Jumladan,
aniqlik
. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab 
o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon 
qilinishi kerak: O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat 
beradigan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, 7-modda). 
Qolip.
Fikr-mulohaza, bayon asosan bir qolipda ifodalanadi. Ariza, qaror, 
bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy 
hujjatlarning har birining o‘ziga xos bayon etish qolipi bo‘ladi. Ayni paytda, ularning har 
birining alohida so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, huquqiy hujjatlar 
matniga ko‘z yugurtirsak, ularda boshqa vazifaviy uslublarda deyarli uchramaydigan 
atamalarga duch kelamiz: ma’muriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, 
aybdor, gumonlanuvchi, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, 
jabrlanuvchi bilan yarashuv va boshqalar. 
Ish qog‘ozlari va hujjatlarning xilma-xilligiga qarab ularga oid atamalarning 
me’yorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun diplomatik munosabatlar 
doirasidagi so‘z va iboralarga ko‘z yugurtiraylik: ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, 
muxtor elchi, muxtor vakil, ishonchli vakil, nota, ratifikatsiya, shartnoma, bayonot, qo‘shma 
bayonot, deklaratsiya, tashrif, qarorgoh kabilar. 
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional-ekspressiv 
bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi me’yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa 
uslublardan keskin farq qiladi. 


159 
Rasmiy uslubning grammatik me’yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot so‘z 
turkumiga oid so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida ular 
olmoshlar bilan almashtirilmaydi: Bu uslubda fe’lning harakat nomi shakli faol qo‘llaniladi, 
gapning kesimi ko‘pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning 
xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi.
Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matnda darhol ko‘zga tashlanadi. Unda 
darak gaplar, uning ayniqsa qo‘shma gap shakli ko‘p ishlatiladi. Yoyiq va murakkab so‘z 
birikmalari hamda murakkab tipdagi nomlar keng qo‘llaniladi. Gap tuzilishida o‘zbek tilidagi 
odatdagi me’yorga amal qilinadi va yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga o‘xshab 
ketadi. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish