O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Topshiriq: Ish yuritish terminlarining lug‘atini tuzish. Vazifa



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

Topshiriq:
Ish yuritish terminlarining lug‘atini tuzish.
Vazifa: 
“Hujjatlar tarixi” mavzusida matn tuzish. 
42-MAVZU. HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI
Reja: 
1.
Hujjat yuritishning huquqiy asoslari. 
2.
Davlat ishlarining hujjat yuritish asosida tartibga solinishi. 
3.
Ish yuritishni tartibga soluvchi chora-tadbirlar va hukumat qarorlari. 
4.
“Ish yuritish” qo‘llanmasi va uning amaliy ahamiyati. 
5.
Hujjatlar va ularning turlari. 
Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va 
muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma’lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular 
tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Hujjatlarning mukammallik 
darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat 
ishlarini yuritishdagi mavjud an’analar, ma’lum darajada kishilar o‘rtasida shakllangan nutqiy 
madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi. 


162 
Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga 
oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlararo bo‘ladigan ma’lum talablar darajasida amalga 
oshiriladi va dunyoviy an’analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat 
ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. 
Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki 
uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga 
keltiriladi. Shuning uchun ham vaqt-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan 
hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston jumhuriyatining 
inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924 yilning 31 dekabrida qabul qilingan bo‘lib (¹ 48), “Ishlarni 
o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy 
yerlashdirish hay’ati va mahallalarda muzofot yerlashdirish hay’atlari tuzilish(i) to‘g‘risida” 
deb nomlangan. 
Yurtimizning mustaqilligi arafasida (1989 yil 21 oktabr) “Davlat tili haqida”gi Qonunning 
qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 
9moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi va 
zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta’kidlab o‘tildi. Mustaqillikdan 
keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy 
e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18 avgustdagi 424-
son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari 
apparatlarida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, 
uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish 
va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” lar fikrimizning dalilidir. 
N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning “O‘zbek tilida ish yuritish 
(munshaot)”, yana shu mualliflarning “Ish yuritish” amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbek tilida ish 
yuritishning me’yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat 
qilmoqda. 
Chunki mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo‘l-yo‘riqlari xodimlarning 
faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini o‘rgatadi, ish 
qog‘ozlarining hamma joyda bir xil bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ammo shunday qo‘llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish talab darajasida 
deb bo‘lmaydi. Chunki 2000 yilda 10000 nusxada chop etilgan bu kitob bilan hamma o‘quv 
yurtlari ham yetarli darajada ta’minlangan emas. Vaholanki, bu kabi qo‘llanmalar bilan har bir 
kollej va litsey talab darajasida ta’minlanishi va har bir talabaning qo‘lida bo‘lishi maqsadga 


163 
muvofiq. Ma’lum ma’noda mazkur qo‘llanmalar o‘rta maxsus o‘quv yurtlari doirasida ushbu 
vazifani bajarishi mumkin. 
Shunday qilib, ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish 
to‘g‘ri bo‘ladi: 
1.
Rasmiy hujjatlar. 
2.
Shaxsiy hujjatlar. 
Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va mahkamalar, 
korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar 
tushuniladi. “Ish yuritish” qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning tasnifi haqida 
quyidagilarni yozishadi: “Ma’muriyboshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar 
hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish 
hujjatlari, ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari” (20-bet). 
Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini qamrab oluvchi 
tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma singari hujjatlar; 
tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida amal qiladigan farmoyish 
hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, 
bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, 
tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot tarzidagi 
hujjatlar; alohida shaxs yoki tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga 
taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi. 
Ma’lum bo‘lyaptiki, ma’muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu hujjatlarning 
aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak, kim tomonidan yozilganlik, ya’ni tegishlilik 
nuqtai nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma 
singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. 
Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi. 
Quyida litsey va kollej bitiruvchilari ish faoliyati doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng 
zarur hujjatlarning rasmiylashtirilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot beramiz va bunda yuqorida 
nomi tilga olingan “Ish yuritish” qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga tayanamiz. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish