157
qaratdilar. Shuningdek, belaruslik sheriklar tajribasini hisobga olgan holda, O‘zbekiston bilan
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hamkorligi istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xalqaro va
mintaqaviy
ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Muzokara rasmiy
delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi. Unda o‘zaro savdo
ko‘lamini oshirish, mintaqalararo hamkorlik uchun yangi yo‘nalishlar ochish, ilm-fan,
innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ta'lim va turizm sohalaridagi aloqalarni
mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Belarusga to‘qimachilik, oziq-ovqat,
kimyo sanoati mahsulotlari, rangli metall va undan tayyorlangan uskuna va buyumlar,
transport vositalari, ehtiyot qismlar eksport qiladi. Belarus mamlakatimizga qishloq
xo‘jaligi texnikasi, oziq-ovqat tovarlari, yog‘och, rezina va kauchuk, qora metall va boshqa
mahsulotlar yetkazib beradi Fan, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ta'lim sohalari
o‘zaro munosabatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunkibularsiz hamkorlikning
uzoq muddatli istiqbolini belgilab bo‘lmaydi. Belarusning raqamli texnologiyalar, dasturlash
va axborot kommunikatsiyalarini joriy
etish borasidagi ilg‘or tajribasiga qiziqish kuchli. Muzokaradata'lim sohasiga tegishli dastur va
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, birgalikda tadqiqotlar olib borish, qo‘shma fakultet va
laboratoriyalar ochish, ularga yoshlarni jalb etish masalalariga e'tibor qaratildi. Madaniy-
gumanitar hamkorlik tobora faollashmoqda. O‘tgan yili Belarus Prezidentining tashrifi
doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bazasida Belarus –
O‘zbekiston ta'lim markazi ochildi. Bugungi kunda ikki mamlakatning 15 oliy ta'lim
muassasasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. «O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2018»
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2018” 22-
xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.May 16, 2018 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
shafeligi hamda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va “Iteca Exhibitions” xalqaro
ko‘rgazma kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu xalqaro tadbir yurtimiz neft-
gaz sanoati salohiyatini namoyish etish orqali soha ravnaqiga puxta zamin yaratadi. Shu bilan
birga, ishtirokchilar neft va gaz qazib olish, uglevodorodlarni tashish, qayta ishlash borasida
erishilgan muvaffaqiyatlar bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ladi. Unda O‘zbekiston,
Yaponiya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya,
Italiya, Avstriya, Shveytsariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Armaniston,
Qozog‘iston kabi davlatlar kompaniyalari o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok
etmoqda. Ko‘rgazmaning ochilishida mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini,
jumladan, neft-gaz sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta'kidlandi. Neft-gaz sanoati
mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridandir. O‘zbekiston dunyo mamlakatlari
orasida tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birida turadi. Mamlakatimiz
tabiiy gaz qazib chikarish bo‘yicha MDH da uchinchi, dunyoda 8 o‘rinda turadi.
O‘zbekistonning 5 ta neft va gazga boy mintaqalarida uglevodorod xomashyosining 250 ta
koni ochilgan. Keyingi yigirma besh yilda O‘zbekiston neft va gaz sanoatida tub
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz gaz, polietilen va qayta ishlangan neft
mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: