Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
shart-sharoitlari.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar atrof-olamni bevosita
ko‘rib idrok etishlari chegaralangan, ular alohida ob’ektlarni
yaxshi ko‘ra olishmaydi (uy, harakatlanayotgan predmetlar,
daraxtdagi qushlar, osmondagi samoliyotni va hokazolarni).
Shuning uchun bolalarga ta’lim jarayonida yaxshi sharoitni
ta’minlash uchun quyidagilar zarur:
1)Ko‘ruv idrokiga mos keluvchi sharoit yaratish;
2)Ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanish;
3)O‘qitishning maxsus metodalarini qo‘llash va har bir
bolaning ko‘rish nuqsoni hususiyatlarini hisobga olgan holda
kor reksion-pedagogik ish olib borish;
4)Bolalarning psixofiziogogik xususiyatlarini hisobga olgan
holda o‘qitishda individual yondashish.
Ko‘riv idroki uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: bino-
ning yetarlisha yoritilishi, bolalarning stol atrofiga qulay joy-
lashishi, ko‘rgazmali materialning bolalarni ko‘rish darajasi
va imkoniyati darajasidagi masofada bo‘lishi, ko‘rish bosimi
vaqtining chegaralanganligi, mashg‘ulotlar vaqtida ko‘rishni
rivojlantiruvchi turli xil korreksion mashqlar tashkil etilishi.
Binoning yetarlicha yoritilishi tushunchasiga quyidagi-
lar kiradi: fonning yorqinligi, yorug‘likning ko‘ruv maydoni
bo‘ylab teng tarqalganligi, ko‘zni qamashtiruvchi yorug‘lik
manbaini olib tashlash, shuningdek, keskin va chuqur soyalarni
ham, sun’iy yorug‘lik spektori manbalarini kundalik yorug‘lik
spektoriga yaqinlashtirish. Bularning hammasini ko‘zda tutish
uchun bolalar bog‘chalarida SK-300 turdagi yoritgishlar 62
kv, m. xonada 6 ta o‘rnatilishi kerak, ularning umumiy elektr
quvvati 1800 voltga teng bo‘lib, bir kv, mga -30voltdan to‘g‘ri
kelishi kerak. Yoritgishlarning to‘g‘ri o‘rnatilishi (2 qatorga
3tadan, oraliq masofa 1, 5 metr, qatorlar orasi 3 metr) teng
yoritilishini ta’minlaydi. Bolalar o‘tirganda ish o‘rnining yor-
itilishini ta’minlash uchun 0, 5 bo‘lmagan uzoqlikda yorug‘lik
o‘tkazuvchi devor, yorug‘lik chap tomondan tuchishini
ta’minlash uchun o‘rnatiladi. Oynani yuqori qismini beki-
tish, pardalarni oyna shetlariga surib qo‘yish tavsiya etilmaydi.
Ko‘ruv o‘tkirligi past bo‘lgan bolalarni old qatorga, oynaga
yaqin joyga o‘tqazish kerak. Mebellar bolalarni bo‘ylarini hi-
sobga olgan holda tanlanishi kerak. Mashg‘ulotlar davomida
bolalarni stol atrofida to‘g‘ri o‘tirishini kuzatish muhim ahami-
yatga ega. Tarbiyachi doimo bollar ko‘zoynaklarini yechmas-
ligini va kichik maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘pincha tak-
rorlaydigan ko‘zoynak tepasidan qaramasligini kuzatib turishi
kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitishda ko‘pincha
ko‘rgazmali metod og‘zaki metod bilan birga qo‘llaniladi.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ko‘rish funksiyalar-
ining turlicha buzilganligi sababli, ko‘rgazmali materiallarni
qo‘llash va uni ko‘rsatishga maxsus talablar qo‘yiladi. Frontal
tarzda barcha bolalarga bir vaqtda ko‘rsatiladigan predmetlar
va ob’ektlar ko‘ruv idroki uchun qulay bo‘lgan masofaga joy-
lashtiriladi. Tarbiyachi boladan undan nima so‘ralayotganligini
ko‘rayotganligiga ishonch hosil qilmaguncha savol bermasligi
kerak. Rasmlarni ko‘rish vaqtida bolalar unga yaqin borishlari,
unda nima tasvirlanganligini ko‘rishlari kerak, shu bilan birga
bunda tarbiyachi bolalar diqqatini rasmdagi asosiy va ikkinchi
darajaga qaratishi, bolalarda mazmunni halol tahlil qilishni
uyg‘otishi kerak. Shu narsani xisobga olish kerakki, ko‘rishida
nuqsoni bo‘lgan bolalarga predmetlarni ko‘rib chiqish va ularga
xos belgilarni ajratish uchun ko‘p vaqt ketadi. Ko‘rishida nuq-
soni bo‘lgan bolalar xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbi-
yachilar bolalar tomonidan atrof- olamni to‘laqonli anglashlari
uchun imkoniyat yaratishlari lozim. Bolalar to‘qnash keladigan
barcha predmetlar ular tomonidan har tomonlama tekshirilishi
kerak. Individual illyustrativ materiallar, o‘yinchoqlar, rasmlar
va boshqa predmetlarni bolalar 30-35 sm uzoqlikda ko‘rishi
kerak. Bunday masofa ko‘ruv ishlari uchun optimal hisobla-
nadi. Rasm chizishda, molbertlardan to‘g‘ri foydalanishda il-
lyustrasiyalarni yaxshi ko‘rishlari uchun stol ustiga kitob uc-
hun maxsus taglik qo‘yish kerak. Bu bolani stolga egilmas-
dan ishlashini ta’minlaydi. Doska to‘q yashil ranga bo‘yalgan
bo‘lishi va xira bo‘lmasligi kerak. Bo‘r yumshoq va yaxshi
126
127
sifatli bo‘lishi kerak, rangli bo‘rlardan foydalansa bo‘ladi.
Amaliy faoliyatlarni (qirqish, yasash, chizish, qurish-yasash va
xokazolar) tarbiyachi bolalarni oldiga kelishiga, ishni qanday
bajarishni ko‘rishiga ruxsat beradi. Ko‘ruv idrokini yaxshilash
va tez charchashning oldini olish uchun zaruriyat tug‘ilganda
ko‘rsatilayotgan material va fon uyg‘unligini hisobga olish ker-
ak. Ko‘rsatish vaqtida ko‘ruv maydonidan ortiqcha ob’ektlarni
olib tashlash kerak. Agar ish ko‘zga yaqin masofada 5-7 daqiqa
davom etsa, ko‘z sharchog‘ini yozish uchun jismoniy mashqlar
o‘tkazish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |