Ixtisoslashtirilgan bolalar uyi
Bolalar uyida ishlaydigan logopedning asosiy vazifasi nutq
kamchiliklarini oldini olish (nutqsiz davrdan boshlab – 3 oy-
likdan – 1 yoshgacha), o‘z vaqtida diagnoz qo‘yish va hamma
yosh guruhlarida bolalar nutqini to‘g‘rilashdir.
Logoped tibbiy-pedagogak ko‘rikda aktiv ishtirok etadi,
hamma bolalarning nutq va nutqsiz faoliyatini tekshiradi, har
bir bolaning rivojlanganlik darajasini tasvirlaydi, o‘tkaziladigan
tadbirlar rejasini tuzadi hamda har bir guruhlagi bolalar nutq-
ini rivojlantirish va ular nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish
bo‘yicha ish olib boradi. Logoped har kuni yosh guruhlaridagi
hamma bolalar bilan shug‘ullanadi (3 oylikdan boshlab).
Do'stlaringiz bilan baham: |