tab psixonevrologik sanatoriylariga qabul qilinadilar.
da amalga oshiriladi.
100
101
– nutqiing umumiy rivojlanmaganligini hamma darajalari
bilan birga keladigan o‘qish va yozish jarayonidagi kamchi-
liklar; disleksiya, disgrafiya, dizartriya, dislaliya, rinolaliya,
nutq rivojlanishining to‘xtab qolishi, duduqlanish (o‘qish va
yozuv jarayonlarining buzilishi bilan birga namoyon bo‘lishi
mumkin).
Sanatoriyda bo‘lish vaqti –3 oy. 6 oydan so‘ng qayta davol-
anadi.
Guruhlarni komplektlashtirish ishlari yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Sanatoriyning vazifasi – bolalarning nutq buzilishlarini
tuzatish va psixik rivojlanishidagi chetga chiqishlarni bartaraf
etish maqsadida davolash, sog‘lomlashtirish va logopedik tad-
birlarni tashkil etishdan iborat. Maktab yoshidagi bolalar bilan
umumta’lim fanlari bo‘yicha sinflarga mos holda o‘qitish ish-
lari olib boriladi.
Davolash sog‘lomlashtirish ishlarining asosiy bo‘limlari:
●
bolalarning yoshi va ahvolini hisobga olgan holda davo-
lash, saqlash va davolash qilish rejimi;
●
psixoterapiya;
●
fizioterapiya va davolash jismoniy mashqlari;
●
dori-darmonli terapiya;
●
logopedik tuzatish mashg‘ulotlari;
●
ritmika;
●
mehnat terapiyasi;
●
rasional ovqatlantirish.
Ishlar har bir bo‘lim uchun mas’ul kishi (pedagog, vrach,
logoped) tomonidan rejalashtiriladi va bosh vrach ularni bir-
biriga muvofiqlashtiradi va boshqaradi.
Zamonaviy davolash va logopedik metodlar (rasional psix-
oterapiya, gipnoterapiya va boshqalar) qo‘llaniladi.
Sanatoriy o‘ziga yaqin tumanda joylashgan maktablar bilan,
shahar, viloyat, respublikadagi yetakchi tibbiyot muassasa lari
bilan uzviy aloqada bo‘ladi.
Bolalar psixonevrologik sanatoriysini bevosita bosh vrach
(psixonevrolog yoki pediatr) boshqaradi.
Tarbiyachining kechki logopedik mashg‘ulotlari uchun daftar
Logoped har kuni tarbiyachiga bolalar bilan logopedik
ish olib borishi uchun topshiriqlar yozadi. Beriladigan top-
shiriqlarga quyidagilar kiradi:
●
ayrim artikulyasion mashqlarni bajarish;
●
logoped tomonidan maxsus tanlangan so‘zlar, gaplar, qisqa
hikoyalar, she’rlarni, bola nutqiga kiritilgan tovushlarni
mustahkamlash maqsadida qo‘llash;
●
bola diqqati, xotirasi va fonematik malakasini rivojlanti-
rishga doir topshiriqlarni bajarish;
●
o‘qish malakalarini shakllantirish mashqlarini bajarish;
●
qirqma harflar bilan ishlash.
Hamma topshiriq turlari bolalarga tanish bo‘lishi, olib
borish metodikasi tarbiyachiga yaxshi tushuntirilgan bo‘lishi
kerak. Tarbiyachi olib borgan ish haqidagi qisqa ma’lumotni
daftarning hisobga olish grafasiga belgilab qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: