50
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Mineral o’g’itlarni saqlash, tashish va tuproqqa solish va
ular bilan ishlashda texnika xavfsizligi
Mineral o’g’itlarni saqlash. O’g’itlarni saqlash, tashish va tuproqqa
solishni to’g’ri tashkil etish isrofgarchiliklarni kamaytirish va o’g’itlarning
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Mineral o’g’itlar tipovoy loyqalar asosida qurilgan, temir yo’l stantsiyalari
yaqinidagi,
shuningdek
bevosita
xo’jaliklarining,
ulardagi
kgrokimyoviy
punktlaridagi maxsus omborlarda saqlanadi.
Mineral o’g’itlar ochiq, jihozlanmagan maydonlarda saqlanganda ularning
anchagina qismi isrof bo’ladi va sifati buziladi. Nam tortadi, mushtlabi qoladi,
tarkibidagi oziq moddalar miqdori kamayadi.
Yomg’ir qor va gurunt suvlari oqib chiqib ketadigan qilib ishlangan, maxsus
tayyorlangan, asfalt bosilgan yoki betonlangan oziq maydonlarda o’g’itlarni
polietilen qoplarda texnogen holda saqlashga ruxsat etiladi.
Bunda qoplarni yog’och taglikka taxlash kerak va ustidan brezent yoki
polietilen plyonka yopib qo’yiladi.
O’g’itlarni omborlarda saqlash zaruriyati ularning mavsumiy ishlatilishi va
yil davomida notekis kelishi bilan bog’liq. Omborlarning tiplari va o’lchamlari
turlicha bo’ladi, ular o’g’itlarning yil davomida kelib ketishini hisobga olgan holda
ma`lum sig’imiga mo’ljallangan bo’ladi. Temir yo’llar yonidagi va stantsiyalardagi
omborlarning sig’imi xo’jaliklarning omborlariga nisbatan ancha katta bo’ladi.
Omborlarning binosi temir-beton va yengil yog’och konstruktsiyalardan,
shuningdek, g’isht va boshqa mahalliy qurilish materiallaridan quriladi. Ular turar
joy, jamoat va ishlab chiqarish binolaridan kamida 200 m uzoqlikda bo’ladi.
Temir yo’l va stantsiya yaqinidagi omborlar sig’imi shu ombor xizmat
ko’rsatadigan xo’jaliklarning soniga, ularning ombordan uzoq yaqinligiga,
kelajakda o’g’itlarga yillik ehtiyoj qancha bo’lishiga qarab, shuningdek, ombor
51
qurishga hamda o’g’itlarning xo’jaliklarga tashishga sarflanadigan minimal sarf-
xarajatlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Temir yo’l yaqinidagi omborlarda mintaqaviy sharoitlarga bog’liq holda
o’g’itlarning yillik kelib ketishi ikki, uch va to’rt martagacha borishi mumkin.
Xo’jalik omborining o’lchamlari uning kelajakda mineral o’g’itlarga
bo’ladigan ehtiyojiga va ularning keltirish-sarfldash koeffitsientiga bog’liq bo’ladi.
Kelajakda o’g’itlarga ehtiyoji 1-2 ming tonnadan kam bo’lgan xo’jaliklarda
mineral o’g’itlarning xo’jaliklararo omborlarini qurish maqsadga muvofiqdir.
Tipovoy loyixalar bo’yicha qurilgan omborlar quidagi asosiy talablarga javob
berishi kerak:
o’g’itlarga atmosfera yog’in sochinlari, qor, va gurunt suvlari tegmasligi.
omborda mikroiqlim yaratilishi lozim.
o’g’itlarni yuklash - tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon berishi lozim.
Idishlarga joylanmagan o’g’itlarni tushirish uchun omborda qabul qurilmasi
bo’lishi, omborning tagi albatta beton yoki asfatl bo’lishi shart.
Idishlarga joylangan hamda joylanmagan o’g’itlar omborlarda aloxida
aloxida saqlanadi. Ular turiga va shakliga qarab maxsus xonalarga joylashtiriladi
yoki idishlarga solinmagan o’g’itlar ko’chma to’siqlar bilan ajratib qo’yiladi.
Xonaning yoki sektsiyaning old tomoniga o’g’itning nomi, tarkibidagi oziq
moddalarning miqdori, olingan vaqti yozilgan yorliqlar osib qo’yiladi.
Idishlarga joylanmagan o’g’itlar 2-3 m balandlikdagi uyum holida saqlanadi.
Polga sochilgan o’g’itlar yig’ishtirib olinadi. Idishlarga joylangan o’g’itlar yassi
yoki ustunlarga o’rnatilgan tagliklarga joylashtiriladi. Har bir taglik uch qavat va
besh qatordan iborat bo’ladi.
Namlik yetarli darajada va ortiqcha bo’ldigan joylarda idishlarga joylangan
o’g’itlarni panjara tagliklarga va stelajlarga joylashtirigan maoqul.
Joylashtirish vaqtida ehtiyoj bo’lish mumkin. Idish yirtilib -buzilganda
o’g’itni darhol boshqa idishga joylashtirilishi lozim. Ammiakli selitraning o’t olish
xavfi bor, shuning uchun u maxsus jihozlangan ajratilgan sektsiyalarda yoki alohida
omborgda saqlanadji.
52
Ammiakli selitra solingan paketlarni stelajlarda yoki korroziyalanmaydigan
ustunli tagliklarda 10 qavat qilib taxlangan holda saqlangan maoqul.
Taxlangan joy bilan devor orasidagi masofa 1 m, uyumlar orasida esa 3 m
gacha bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: