faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonun bugungi kunda
eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga
olgan holda, “Raqobat to‘g‘risida”gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz
va qabul qilishimiz zarur. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatni
nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni
nazarda tutish lozim. Shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga
qarshi mexanizmlarni, aksiyalarni sotib olish, qo‘shish va birlashtirish
bitimlarini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini
soddalashtirish bo‘yicha normalarni ushbu qonunga kiritish maqsadga
muvofiqdir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 80 foizdan
ortig‘ini nodavlat sektor ta’minlamoqda. Tan olishimiz kerakki, 1991 yilda
qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |