Birinchi. Mintaqamizdagi zamonaviy tahdidlar va xavfsizlikka qarshi
qaratilgan xatarlarni tizimli va chuqur tahlil qilib borish, ularning o‘rta va
uzoq kelajakda olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inobatga olgan
holda, yuz berish ehtimoli bo‘lgan harbiy harakatlar teatrini kuzatish va
uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib borishimiz zarur.
Allaqachon o‘z umrini o‘tab bo‘lgan bir qolipdagi yondashuvlarni
qayta ko‘rib chiqish, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga raxna
soladigan har qanday xatti-harakatlarga qarshi Qurolli Kuchlarimizning
munosib va samarali zarba berish imkoniyati va tayyorgarligini tanqidiy
baholab borishimiz darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |