125-modda. Ish vaqtidan tashqari ishlarning eng ko‘p muddati
Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun
davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda — bir kunda ikki soatdan) va
yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 4.9-
bandining uchinchi xatboshisi.
Ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan ish
vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini o‘z vaqtida aniq hisobga olib borishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |