Xodimlar vakillik organlarining qonuniy faoliyatiga har qanday tarzda to‘sqinlik qilish
taqiqlanadi.
Xodimlar vakillik organlarining faoliyatini ish beruvchi yoki u vakil qilgan shaxslar
tashabbusi bilan tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan harakatlarni sodir qilgan
ish beruvchi yoki u vakil qilgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: