30-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari quyidagilardir:
qonun hujjatlari normalariga amal qilish;
taraflar vakillarining vakolatliligi;
taraflarning teng huquqliligi;
jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va
muhokama erkinligi;
majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash;
tekshirib borishning muntazamligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |