242-modda. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar uchun qisqartirilgan ish
vaqtining muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Ish vaqtining muddati o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga
o‘ttiz olti soatdan, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma
to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
(242-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-239-
sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 554-modda)
O‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlayotgan o‘quvchilarning o‘quv yili davomidagi ish vaqti
muddati ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan
ish vaqti eng ko‘p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |