240-modda. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat huquqlari
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta
yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo‘ladilar, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar
va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa
normativ hujjatlarda belgilangan qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 143-
moddasi uchinchi qismining birinchi, to‘rtinchi xatboshilari, 144-moddasi uchinchi qismining birinchi,
beshinchi xatboshilari, 241 — 246 va 247 -moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |