Xabarlovchining ishchanligini tekshirish
Xabarlovchining ishchanligini tekshirishni xonada begona
odam lar bo‘lmaganda amalga oshirish lozim. Tekshirishdan ol-
din barcha deraza, eshiklar yopiladi, ventilyatsiya tizimi ishdan
to‘xtatiladi, chiroq va elektr isitish asboblari o‘chiriladi.
Xabarlovchini tekshirish uchun «standart mo‘ljalni» himoya
zonasida harakatlantirish zarur. Harakat, xabarlovchidan turli
masofalarda amalga oshirilishi kerak. Xabarlovchi 2 soniya vaqt
ichida ijro relesini ishga tushirish yo‘li bilan tashvish xabarini
uzatishi kerak. Uy hayvonlarining harakatini imitatsiya qilganda
xabarlovchi tashvish xabarini uzatmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |