Sig‘imli xabarlovchilarni xalaqitlarga nisbatan turg‘unligini
oshirish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:
1. Agar bir xonada ikki dona xabarlovchi ishlatilsa, ularning
sezgir elementlarini ulovchi simlar bir-biridan 0,7 m masofada
joylanishi, qo‘riqlanayotgan predmetlar orasidagi masofa esa 2 m
dan kam bo‘lmasligi kerak.
2. Qo‘riqlanayotgan predmetlardan 10 m masofagacha 1kVA
quvvatli elektr uskunalar bo‘lishi mumkin emas.
3. Qo‘riqlanayotgan predmetlargacha 1 m masofada hajmi 2
m kub.dan katta bo‘lgan metall predmetlar bo‘lmasligi kerak.
4. Qo‘riqlanayotgan predmet va ulash liniyalaridan 0,5 m dan
kam masofada kuchlanish, yoritish liniyalari va radiouzatkich
moslamalari bo‘lmasligi kerak.