jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi, tamoyillari va usullari kabi nazariy bilimlar
bo'yicha talabalarda tushuncha hamda ko‘nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, darslik buxgalteriya hisobi tizim ini takomillashtirish bora-
sida mamlakatimizda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g ‘risida»gi qo-
nun, «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g ‘risida»gi Nizom,
O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi M illiy Standarti va sohaga oid
munosabatlarni tartibga soluvshi boshqa m e’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida
tayyorlangan.
Mazkur darslik «Soliqlar va soliqqa tortish» yo‘nalishi talabalari uchun
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanidan asosiy o'quv adabiyoti sifatida xorijiy
tajriba asosida tayyorlangan b o iib , undan boshqa iqtisodiyot yonalishida tah-
sil olayotgan talabalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislari, ush-
bu sohada ilm iy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari
mumkin.
ISBN: 978-9943-24-369-9
€> B. Isroilov, R. Xolbekov, 2020 y.
С “Tafakkur” nashriyoti 2020 y.
K IR ISH
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fev-
raldagi 4947-sonIi Farmoni bilan tasdiqlangan “2 0 1 7 -2 0 2 1-yil-
larda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu-
vor yo‘nalishi bo ‘yicha Harakatlar strategiyasi” jam iyat hayotining
barcha sohalari uchun asosiy dasturamal b o ‘lib hisoblanadi1.
Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar dara-
jasiga yetkazish m aqsadida qabu) qilingan ushbu hujjatning uchin-
chi y o ‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberal-
lashtirishning ustuvor y o ‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tay-
yorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir.
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishi-
ni zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo
etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o ‘z faoliyatining fovdali-
lik darajasini doimo tahlil etib, oshirilayotgan jarayonlarning hiso-
bini to ‘g ‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgalteriya hiso-
bi va tahlilning ahamiyati katta bo'lib, ulardan yanada unumli foy-
dalanish zaruriyati ortib boradi Chunki, aynan shu sohalar iqtisodi-
yot subyektlarining talablari bajarilishida muhim o ‘rinni egallaydi.
Boshqa fanlar kabi «Buxgalteriya hisobi» fani ham o ‘z tarixi,
vazifalari, predmeti, obyekti, usul va uslubiyati ham da tamoyillari-
ga ega. Bugungi kunda O 'zbekiston Respublikasining hisob tizimi-
dagi muammolardan b in - an ’anaviy «Buxgalteriya hisobi» fanini
amaldagi taraqqiyotga mos holda qayta ko ‘rib chiqish va zamon ta
lablariga mos holda takomillashtirishdir. Bizga m a’lumki, hozirda
buxgalteriya hisobi fan sifatida bir-biriga bog‘liq «Buxgalteriya hi
sobi nazariyasi», «Buxgalteriya hisobi» va «M oliyaviy hisob» kabi
qismlarga boiinadi.
10 '/ b e k i s t o n R esp u b lik asi P rezid en tin in g 2 017- у il 7- le v ra ld a g i 4 ^ 4 7 -so n h Farm oni O ’zb ek isto n
4 espuhJikasiiii y a n ad a riv o jlan tirish b o 'v ic h a I-larakatlar strateg iy asi 'O '/b e k is to n Resp-ablikasi
]onuri hujjatlai i t o 'p l a m i '. 2 017- у il 13- te v ra ', 6-son, 70-m odda
3
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani buxgalteriya hisobining
asosiy nazariy qismi b o ‘lib, unda buxgalteriya hisobining jamiyat-
dagi o ‘m i, ahamiyati, vazifasi, predmeti, obyekti, tamoyillari, usul-
lari va boshqa o ‘ziga xos xususiyatlari o ‘rganilsa, «Buxgalteriya
hisobi» va «Moliyaviy hisob» fanlarida buxgalteriya hisobining
tamoyillari, usullari am aliyotda qanday qo‘llanishi o ‘rganiladi.
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani nafaqat buxgalteriya h i
sobi tizimi uchun balki, barcha iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy
m anba hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoiti-
da barcha m a’muriy-boshqaruv xodimlari va ishchi-xizmatchilari
iqtisodiy tushuncha ham da jarayonlar to ‘g ‘risida m a’lum otga ega
b o iish i kerak. Bunday iqtisodiy tushuncha ham da jarayonlar maz-
muni «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanida k o ‘rib o ‘tiladigan
usul va tamoyillar orqali ifodalanadi.
Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammo-
li fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy m a’limotlarga k o ‘ra, buxgal
teriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to ‘rtta
yirik davlat. italyan, fransuz, nemis va angliya-amerika makta-
blari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari bora
sida bu maktablarning qarashlari bir-biriga o ‘xshamaydi. Ularning
ta ’limotlariga ko‘ra fanning asosi ham har xil talqin qilinadi. Ma-
salan, italyan maktabi vakillari ushbu fanning asosini algebra va
huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi va
killari matematika, angliya- amerika maktabi vakillari psixologiya
deb qaraydilar. Shu sababli uning vazifasi, predmeti, obyekti, usul
va uslubiyoti, tamoyillari ham da tarkibiy tuzilishi borasidagi ular
ning qarashlari turlichadir.
Bunday maktablarning bir ko‘rinishi sifatida yuzaga kela-
yotgan o ‘zbek milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali
ko ‘p vaqt b o ‘lgani y o ‘q. Lekin bu qisqa davr icliida respublika-
mizda buxgalteriya hisobi tizimining shakllanib borishida olim-
larimiz, mutaxassislarimiz tomonidan ko‘plab ilmiy, nazariy,
amaliy ishlar qilindi va qilinmoqda. Masalan, 1996- yil 30- av-
4
gustda tizimning lmquqiy asosi hisoblangan 0 ‘zbekiston Res-
publikasining «Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida» gi qonuni qa-
bul qilindi va 2016-yil 13-aprelda uning yangi tahriri tasdiqlandi2.
XX asm ing oxirlariga kelib, 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqil
tarzda xalqaro bozor maydoniga vuz tuta boshladi. N atijadaboshqa
sohalar kabi amaldagi buxgalteriya hisobi tizim ida ham yangicha
atamalar, fikrlash va qarashlar yuzaga keldi. Bunday o'zgarish va
islohotlarga moslashish talabi negizida an ’anaviy buxgalteriya h i
sobi tizim ida yangilanish bosqichini tez va o g ‘ishmay am alga os-
hirish natijasida Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS)
shakllana boshlandi. Hozirda Buxgalteriya Hisobi M illiy Standar-
tining 24 ta standarti ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.
Nazariy jihatdan hanuzgacha buxgalteriya hisobining tashkiliy
tuzilishi borasida har xil qarash, g ‘oya va fikrlar mavjud b o ‘lib,
amaliy jihatdan b a ’zi bir muammolarni keltirib chiqarmoqdaki,
uning natijasida x o ‘jalik yurituvchi subyektlarning m ablaglarini
boshqarish, ularning harakati ustidan nazorat o ‘m atish va aniq
m a’lumotlami olish, hisobini to ‘g ‘ri tashkil etishda noaniqlik va
kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi asossiz y o ‘qotishlarga olib kelmoq-
da. Bu amaldagi «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanini yanada
takomillashtirish, uningzamonaviyusul vauslubiyotlariniyaratish-
da rivojlangan mam lakatlam ing tajribasi, fanning rivojlanish tarixi
hamda istiqbollarini va respublikamiz iqtisodiyotining o ‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda bu sohada islohotlar va ilmiy
izlanishlar olib borishni ham taqozo qilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan 2016-yil 25-avgustda tasdiqlangan fanning namunaviy
dasturi asosida «Soliqlar va soliqqa tortish» yo ‘nalishi talabalari
uchun «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani bo‘yicha nashr etilgan
ushbu o ‘quv adabiyoti xorijiy tajribalami inobatga olib ilk marota-
ba tayyorlangan. Shu bois darslikni mazmunan boyitish va sifati-
ni oshirish bo‘yicha bildiriladigan fikr, mulohaza va takliflar uchun
oldindan minnatdormiz.
■ U z b e k i s t a n R e s p n M ik a s m in g « B u x g a lte r iy a h is o b i to ‘g "risid :i» g i q o n u n i r y a n g i a h n r i )
‘O v .b e k is to n R e s p u b lik a s i q o n u n b u ij a tl a n to p ln m i" , 2 0 1 6 - y il IS - r p r d . 1 > .so n . 1 4 2 -m o iM a
Do'stlaringiz bilan baham: |