Nashrga ruxsat etaman


Qoraqalpog‗iston milliy davlatchiligi о‗z taraqqiyoti  -



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

 
Qoraqalpog‗iston milliy davlatchiligi о‗z taraqqiyoti 

tarixida birinchi marta 
ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bо‗ldi. Ayni 
paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega. 
1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Kengashining о‗n 
birinchi sessiyasida Qoraqalpog‗iston Davlat bayrog‗i tasdiqlandi. 
1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Kengashining о‗n 
ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi. 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi Oliy Kengashining о‗n tо‗rtinchi sessiyasida Davlat Madhiyasi 
tasdiqlandi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Konstitusiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda 
Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. 
Respublika parlamenti Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qarg‗i Kengesi deb ataldi. 
Jо‗qarg‗i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bо‗lib о‗tgan birinchi 
chaqiriq birinchi sessiyasida Jо‗qorg‗i Kenges Raisi, uning о‗rinbosarlari, mandat 
komissiyasi, 8 ta qо‗mita raislari va uning a‘zolari saylandi. Ayni paytda, deputatlar 
qо‗mitalar raislari rahbarligida Qoraqalpog‗iston qonunchilik tizimini yaratishda faol 
ishtirok etmoqdalar. 
Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini 
shakllantirishga mо‗ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jо‗qorg‗i 
Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga 
Jо‗qarg‗i Kenges Raisi, Rais о‗rinbosarlari, mandat komissiyasi va qо‗mitalar raislari 
kiradi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi 
hisoblanadi. Uning tarkibiga Rais, ikkita birinchi о‗rinbosar va 4 ta tarmoq 
о‗rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator 
tarmoq qо‗mitalari rahbarlari ham kiritilgan. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida 
О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida о‗zining ish olib boruvchi 
doimiy vakiliga ega. 


Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i 
Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika 
Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning о‗rinbosarlari, vazirlar, 
davlat qо‗mitalari raislari, yirik kontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi о‗z vazifasiga kо‗ra 
О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. О‗zbekiston 
Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzurida Qoraqalpog‗iston Respublikasining doimiy vakolatxonasi 
faoliyat kо‗rsatadi. 
Yaqin о‗tmishda Qoraqalpog‗istonning qiyofasi qanday edi, faxrlanishga 
arziydigan nimasi bor edi? Mustaqillik yillarida qanday о‗zgarish, yangilanishlar 
rо‗y berdi? Kecha mehmon kelsa, nimalarni kо‗rsatish mumkin edi, bugunchi? 
Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi о‗tkir masalalar, aholi turmushidagi qiyinchiliklar 
bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi. Masalan, istiqlolning dastlabki yilida 
minglab aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlagan 243 kilometrlik Tuyamо‗yin-
Nukus-Chimboy-Taxtakо‗pir suv tarmog‗i, 2000-yili Nukus shahrini Xо‗jayli 
tumani bilan bog‗lovchi yangi kо‗prik, 2001-yilda Nukus-Sulton Uvaystog‗-
Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yо‗li ishga tushirildi. 
Mustaqillik yillarida barpo etilgan va о‗z mahsulotini xorijga chiqarayotgan 
Qо‗ng‗irot soda zavodi, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Qoraqalpog‗iston 
sanoatining yuksalish davrini boshlab berdi. 
Xorijlik sheriklar bilan kashf etilgan «Jel», «G‗arbiy Orol», «Tillali», 
«Sayhun», «In‘om», «Arslon» konlari mamlakatimizning iqtisodiy qudratini 
yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 
Amudaryo tumanidagi «Kameks-KK» korxonasida momiq, Kegayli tumanidagi 
«Avto Qayip mayshi» mas‘uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft 
paypoq ishlab chiqarish о‗zlashtiriladi. 
О‗lkada namunali loyihalar asosida 2982 ta qishloq uylari qurilib bitkazildi. Bu 
ishlar davom ettirilmoqda. 93 ta kasb-hunar kolleji, 10 ta akademik litsey barpo 
etildi. 
О‗tgan yili Nukus shahrida zamonaviy «Baxt uyi», Dо‗stlik kanali qirg‗og‗ida 
kо‗plab kо‗ngilochar, dam olish maskanlari hamda «Toshkent» mehmonxonasi 
qoshida zamonaviy «Yoshlar markazi» foydalanishga topshirilda. 
Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal‘a, Beruniy, Xо‗jayli tumanlaridagi 
«Kamolot» uylarida hovli tо‗ylar nishonlandi. 
Hozirgi kunda respublikada 37 ta zamonaviy shifoxona, 230 ta ambulatoriya-
poliklinika muassasalari, jumladan, 188 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy 
xizmat kо‗rsatmoqda. Bunday misollarni kо‗plab keltirish mumkin. 


Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida 
mamlakatimiz barcha sohalarda asrlarga teng taraqqiyot yо‗lini bosib о‗tdi. 
Shaharu qishloqlarimiz zamonaviy qiyofa kasb etib, hayotimizda ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlar butunlay о‗zgardi. Mustabid tuzum davrida asosan xomashyo 
yetkazib beruvchi agrar respublika bо‗lgan О‗zbekiston iqtisodiyoti barqaror 
taraqqiy etayotgan, sanoati rivojlangan, eng muhimi, xalqining farovonligi muttasil 
yuksalib borayotgan qudratli davlatga aylandi.
Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpog‗iston Respublikasida ham 
mustaqillik yillarida keng kо‗lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e‘tibor 
yuksak samaralar berdi. Puxta о‗ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan 
izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog‗iston Respublikasi oddiy agrar о‗lkadan 
zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-
kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, 
rо‗y bergan о‗zgarish va yangilanishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Markaziy 
Osiyoda yagona, sahro bag‗ridagi mо‗jiza –Qо‗ng‗irot soda zavodi, Xо‗jayli shisha 
zavodi, ―Markaziy Osiyo bezak toshlari‖ qо‗shma korxonasi, Qо‗ng‗irot karbid, 
Nukus marmar va kabel zavodlari, О‗rta gaz koni, ―Elteks‖ va ―Kateks‖ kabi 
zamonaviy ishlab chiqarish obektlari, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i 
Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali, 
Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, о‗nlab umumta‘lim maktablari, litsey va 
kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san‘at maktablari. Bunday muhtasham 
inshootlar istiqlol sharofati tufayli barpo bо‗ldi. 
1991-2010-yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar yog‗i, 
kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin ishlab 
chiqarish yо‗lga qо‗yildi. 
Xalqimizning uzog‗ini yaqin, og‗irini yengil qilish borasida amalga oshirilgan 
ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan bо‗ldi. Bu sohada ham islohot 
islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu 
g‗oya doimiy ustuvor vazifa bо‗lib kelmoqda.
Er osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham 
alohida e‘tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan ―Jel‖, ―G‗arbiy Orol‖ kabi 
istiqbolli konlar ochildi. ―Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini 
amalga oshirishni kuchaytirish‖ dasturiishlab chiqildi. Unga kо‗ra, Ustyurt 
kengliklarida 
seysmik 
tadqiqotlar 
jadal 
olib 
borilmoqda. 
Ayniqsa, 
―О‗zbekgeofizika‖ aksiyadorlik jamiyatining ―Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi‖ 
filiali jamoasining say-harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming 


kubometr gaz berayotgan ―Tillali‖, ―Sayxun‖, ―In‘om‖, ―Arslon‖ singari yangi 
konlar ana shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir. 
Bugun dunyo xalqlarining e‘tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga 
sabab bо‗layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Birinchi Prezidentimiz tashabbusi 
bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab 
chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 
2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi.
2014-yili nufuzli ―Infrastrukture Jurnal‖ xalqaro nashri mazkur loyiha 
qurilishini ―2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi‖, deb e‘lon qildi. 
Umumiy qiymati 4 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha 
amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga kо‗tarishi 
shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. 
Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 
387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz 
distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta 
yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy о‗simliklarning yangi 
navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlashga 
alohida e‘tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yо‗nalishda uchta yangi korxona tashkil 
etilib, tо‗rttasi modernizatsiya qilinadi.
Shu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 
―Bunyodbek-Xо‗jayli‖ oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha 
―Yoqubova Gavhar‖ fermer xо‗jaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. 
Ellikqal‘ada ―Global national-tex‖ shо‗ba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish 
yо‗lga qо‗yiladi. Amudaryo tumanidagi ―Kameks-KK‖ korxonasida momiq, 
Kegeyli tumanidagi ―Avto Qayip mayshi‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 
50 ming juft paypoq ishlab chiqariladi. ―Tо‗rtkо‗l omad tekstil‖ mas‘uliyati 
cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish о‗rinlari 
yaratilmoqda. Bunday misollarni kо‗plab keltirish mumkin. 
Mustaqillik yillarida qishloq xо‗jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali 
iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer о‗z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog‗iston 
fermerlari qishloq xо‗jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan 
birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib 
bormoqda.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bо‗lgani kabi Qoraqalpog‗iston 
Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy 
loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora kо‗paymoqda. Barcha 
sharoitlarga ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot 
kechirmoqda. Uy tо‗ylariga kelin tо‗ylari ulanib ketayotir. 


Yosh avlodning hech kimdan kam bо‗lmagan sharoitlarda ta‘lim-tarbiya olishi, 
iste‘dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz 
siyosatining ustuvor yо‗nalishlaridan biridir. О‗tgan davr mobaynida hududda 
zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey 
foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 700 о‗rinli 22 ta zamonaviy maktab 
binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta‘lim va ixtisoslashtirilgan 
maktablarda 170 mingdan ziyod о‗g‗il-qizlar zamonaviy bilimlarni о‗rganmoqda. 
Mintaqada ekologik barqarorlikni ta‘minlash masalasi davlatimiz rahbarining 
doimiy e‘tiborida bо‗lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq 
Prezidentimiz Islom Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati e‘tiborini qaratdi. 
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‗armasi ana shunday olijanob say-harakatlar 
samarasida tashkil etildi. 
О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza 
qilish bо‗yicha 2013-2017-yillarga mо‗ljallangan dasturi bu boradagi ishlarni 
yangi bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda 
Orolbо‗yini ekologik sog‗lomlashtirish ishlariga alohida e‘tibor qaratilgan. 
Xususan, chо‗llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun‘iy 
о‗rmonlar barpoetish uchun keng kо‗lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga kо‗ra, 
mazkur ishlarga 89,39 milliard sо‗m, 1635,55 million AQSH dollari va 57,63 
million yevro mablag‗ yо‗naltirish kо‗zda tutilgan.
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‗armasi Nukus filiali tomonidan 2014-yilda 
Mо‗ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34 
gektarlik saksovulzor – sun‘iy о‗rmon barpo etildi. 
Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSH dollari 
miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida chо‗llanishdan 
himoyalovchi mitti о‗rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi 
turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir.
Mustaqillik inshootlaridan yana biri Qо‗ng‗irot soda zavodidir. Kо‗plab sohalar 
uchun zarur xomashyo – kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarayotgan ushbu yirik 
korxona о‗z mahsulotining aksariyatini eksportga yо‗naltirmoqda. О‗tgan yili 
korxona xorijlik buyurtmachilarga 24 ming tonna mahsulot yetkazib berdi. Ichki 
bozorda ―Kvarts‖, ―Asl oyna‖ aksiyadorlik jamiyatlari, ―О‗zkimyosanoat‖ 
aksiyadorlik jamiyati, ―О‗zbekneftgaz‖ milliy xolding kompaniyasi Qо‗ng‗irot 
soda zavodining asosiy buyurtmachilaridir. 
Mamlakatimiz sog‗liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng kо‗lamli 
islohotlar samarasida aholiga tibbiy xizmat kо‗rsatish sifati va samaradorligi 
tubdan yaxshilandi. Bugun olis ovullar aholisi ham zamonaviy tibbiy xizmatdan 
bahramand bо‗layotir. 


 ―Sog‗lom ona va bola yili‖ Davlat dasturi ijrosi doirasida oilani, onalik va 
bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash bо‗yicha amalga 
oshirilayotgan keng kо‗lamli ishlar mustaqilligimizning birinchi kunlaridan 
belgilab olingan eng muhim vazifalarning izchil davomidir.
Bugun Qoraqalpog‗iston shifokorlarining Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy 
Koreya, Polsha va boshqa kо‗plab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, ilg‗or 
tajribalarni qо‗llashi oddiy holga aylandi. 
2016 yilgacha mintaqada amalga oshirilayotgan bunday keng kо‗lamli 
islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimiz farovonligini 
yuksaltirishga mustahkam zamin bо‗lib xizmat qilmoqda. Mustabid tuzum davrida 
chekka hudud sifatida mutlaqo e‘tibordan chetda qolgan Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi bugun ana shunday taraqqiyot yо‗lidan dadil bormoqda. Bugunidan 
mamnun va ertangi kuniga ishonchi qat‘iy bо‗lgan Qoraqalpog‗iston xalqining 
shukronalarida, mamnun chehralarida yaqqol aks etmoqda.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi keyingi yillarida asrlarga teng yo‘lni bosib о‗tdi. 
Tarixan qisqa bu davrda shahar va qishloqlar, butun yurtimiz qiyofasi, 
jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar butunlay о‗zgardi.
Mustaqillik 
yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va 
yangilanishlar boshlab kelganining tasdig‗ini О‗zbekistonimizning shimoliy 
qismida joylashgan Qoraqalpog‗iston Respublikasi misolida ham yaqqol kо‗rish 
mumkin. 
Shuning uchun ham mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori 
Qoraqalpog‗istonning rivojlanishiga ham ulkan e‘tibor berilmoqda. Aynan ana 
shunday e‘tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan 
boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har 
tomonlama 
о‗zgarib, rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimiz 
rahbari Shavkat Miromoniovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan ishlab 
chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpog‗iston Respublikasini ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, 
bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar о‗lkadan zamonaviy ishlab 
chiqarish 
va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
infratuzilmalar, 
transport-kommunikatsiya 
tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bо‗lgan qudratli mintaqaga aylantirishni 
nazarda tutadi. 
Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq 
zamini bugungi kunda tanib bо‗lmas darajada о‗zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, 
barqaror sur‘atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi. 
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy 
о‗zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog‗iga etib bо‗lmaydi. 
О‗rta Osiyoda yagona bо‗lgan, sahro bag‗ridagi mо‗jiza deb nom olgan Qо‗ng‗irot 


soda 
zavodi, Ustyurt 
gaz-ximiya 
kompleksi, Nukus 
polimer, Samsung-
Nukus, Nukus elektroapparat, ―Lanextrakt‖ qo‘shma korxonasi, ―Nukus Med 
Tex‖ MCHJ, ―Tо‗rtkо‗l shisha idislari‖ MCHJ, Xо‗jayli shisha zavodi, ―Markaziy 
Osiyo bezak toshlari‖ qо‗shma korxonasi, Qо‗ng‗irotdagi karbid, Nukusdagi 
marmar va kAbel‘ zavodlari, О‗rga gaz koni, ―Elteks‖ va ―Kateks‖ majmualari 
kabi zamonaviy ishlab chiqarish obektlari, Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
Jо‗qorg‗i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, 
Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yо‗li , 
Nukus bilan Xо‗jaylini bog‗laydigan ulkan kо‗prik, Qо‗ng‗irot avtomobil‘ yо‗li , 
о‗nlab umumta‘lim maktablari va maktabgacha ta‘lim muassasalari, litsey va 
kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san‘at maktablari singari kо‗plab 
inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir. 
Milliy avtomagistral qurilishida rо‗y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu 
yo‘lning Nukus shahriga kiraverishida yangi kо‗prik va chorraha yо‗lning 
qurilishidir. 
Shuni 
ham 
alohida 
ta‘kidlab 
о‗tishimiz 
kerak, Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan tamal toshi qо‗yilgan 
Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e‘tiborini jalb 
etmoqda. 
Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu 
maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, о‗z tarixi, madaniy 
merosi, milliy an‘ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, о‗zligini anglash 
imkoniga ega bо‗ldi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi О‗zbekistonning shimoliy-g‗arbiy qismida, 
Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. 
Respublika janubi-g‗arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-
g‗arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi 
yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida 
joylashgan. Qoraqalpog‗istonning umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat 
kilometrdan iborat bо‗lib, u hududining kattaligi jihatdan О‗zbekiston 
Respublikasi viloyatlari о‗rtasida birinchi о‗rinda turadi. Respublika aholisi 2018 
yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir. 
Respublikaning ma‘muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan 
iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qoraо‗zak, Kegeyli, Qо‗ng‗irot, Qonlikо‗l, 
Mо‗ynoq, Nukus, Taxtakо‗pir, Tо‗rtkо‗l, Xо‗jayli, Taxiyotosh, Chimboy, 
Shumanay, Ellikqal‘a tumanlari va Nukus shahridir. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish