deb e‘lon qilinib, qariyb 2 ming nafar yolg‗iz keksalarning uylarida sifatli
ta‘mirlash ishlari olib borildi, kam ta‘minlangan oilalar va keksa yoshdagi
fuqarolarga moddiy yordam kо‗rsatildi. 2006 yildagi «2007-2010 yillarda yolg‗iz
keksalar, nafaqaxо‗rlar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni va
ijtimoiy xizmatlar kо‗rsatishni yanada kuchaytirish bо‗yicha chora-tadbirlar dasturi
tо‗g‗risida» gi qaroriga muvofiq, dori-darmonlar taqsimoti ―Saxovat‖ va
―Muruvvat‖ uylari ixtiyoriga о‗tkazildi.
О‗zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi va Sog‗liqni saqlash vazirligining
hududiy boshqarmalari bilan
hamkorlikda keksa yoshdagi fuqarolarni tо‗liq dispanser-tibbiy kо‗rigidan
о‗tkazildi. Toshkentda barcha qulayliklarga ega 150 о‗rinli «Nuroniy» shifoxonasi
tomonidan faxriylarga sifatli xizmat kо‗rsatilmoqda. Viloyat klinikalaridagi
kasalxonalarda yolg‗iz keksalar va nogironlarni bepul davolash uchun «Keksalar
uchun xonalar» mavjud bо‗lib, ularning moddiy fondi hududiy boshqarmalari va
mahalliy hokimliklarning amaliy yordami bilan tashkil etilgan.
Barcha «Saxovat», «Muruvvat», «Mehribonlik» uylari, ixtisoslashtirilgan
maktab-internatlar har yili homiylar tomonidan qо‗llab-quvvatlab turildi.
Birgina 2012 yilda mehnat shartnomalari va bitimlari asosida minglab
fuqarolar va oilalarga 17 million 291 million sо‗mdan ziyod ijtimoiy yordam
berildi. Kasaba uyushmalari va homiylar ittifoqi hamda kichik biznesni tashkil
etish orqali 2060 ish о‗rni yaratildi.
2015 yilda keksa yoshdagi fuqarolarning turmush
darajasi va sifatini yanada
yaxshilash, ularni moddiy va ma‘naviy qо‗llab-quvvatlashni kengaytirish,
fuqarolarga, ayniqsa, urush qatnashchilariga tibbiy xizmat kо‗rsatishni va pensiya
ta‘minotini yaxshilash maqsadida 2015 yil ―Keksalarni e‘zozlash va qadrlash yili‖
deb e‘lon qilindi.
Dasturni amalga oshirishda barcha vazirlik va idoralar, iqtisodiyotning barcha
sohalaridagi korxonalar va tashkilotlar, jamoat tuzilmalari, birinchi navbatda,
«Nuroniy» va «Mahalla» jamg‗armalari jalb qilindi, shu sababli keksa avlod
hayotining biron bir sohasi ham tegishli e‘tibor va g‗amxо‗rlikdan chetda qolmadi.
2013 yilda ushbu maqsadlar uchun «Nuroniy» jamg‗armasi 610 million sо‗m,
2014 yilning 9 oyida esa 553 million sо‗mdan ortiq mablag‗ ajratdi. 2013
yilda
«Mahalla» xayriya jamoat fondi faxriylarga 1 milliard 597 million sо‗mdan ziyod,
2014 yilning 9 oyida 1 milliard 614 million sо‗mlik yordam kо‗rsatdi.
Birgina 2014 yilning о‗zida 215 mingdan ziyod keksalar bepul tibbiy
kо‗rikdan о‗tkazildi. Muhtoj nogironlar 11 mingdan ortiq sifatli protez-ortopediya
mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalarini bepul olish imkoniyatiga ega
bо‗ldilar. 70 mingga yaqin faxriylar tibbiy kо‗rikdan о‗tkazilib, statsionar va
sanatoriy-kurort
muassasalarida
sog‗lomlashtirildi. 100 yoshga tо‗lgan
О‗zbekistonning barcha uzoq umr kо‗rgan kishilari pensiyalariga eng kam ish haqi
miqdorida maxsus nafaqalar qо‗shildi.
Bundan tashqari, 2014 yil 1 sentabrdan boshlab, parvarishlanishga muhtoj
bо‗lgan yolg‗iz qariyalar va nogironlarni oylik bepul ta‘minlash uchun asosiy oziq-
ovqat va gigiyena mahsulotlarining yangi rо‗yxati joriy etildi.
2014 yilda 61 mingdan ziyod 1941-1945 yillardagi
urush va mehnat fronti
faxriylariga ularning manzilli ijtimoiy himoyasi va qо‗llab-quvvatlanishini
kuchaytirish maqsadida kommunal xizmatlar uchun umumiy qiymati 3 milliard
900 million sо‗mlik tovon puli tо‗landi. Shuningdek, 100 yosh va undan katta
yoshdagi odamlarga ish haqi tо‗lash tizimi, eng kam ish haqining 100 foizi
miqdorida pensiya qо‗shimchalari tizimi joriy etildi va shunga о‗xshash boshqa bir
qator tadbirlar amalga oshirildi.
Hamma manbalardan «Keksalarni e‘zozlash yili‖ Davlat dasturida kо‗zda
tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga 2 trillion 246 milliard sо‗m va 225 million
dollardan ortiq mablag‗ sarflandi.
Har yili urush va mehnat fronti qatnashchilariga bepul tibbiy xizmat
kо‗rsatiladi, ular sanatoriy va kurortlarda davolanadi. Xususan, О‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2017 yil 4- apreldagi farmoniga
binoan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 2 million sо‗mdan pul mukofotlari
topshirildi. Kо‗pgina urush faxriylariga tо‗liq jihozlangan kvartiralarning kalitlari
topshirildi, hajga bepul sayohat va navbatsiz avtomobil sotib olish kabi imtiyozlar
berildi.
Mamlakatimizda 2007 yilning ―Ijtimoiy himoya yili‖ deb e‘lon
qilinishi
aholining ijtimoiy himoyasini ta‘minlash, turmush darajasi va farovonligini izchil
oshirishga qaratilgan keng kо‗lamli davlat siyosatining amaliy ifodasi bо‗ldi. Shu
ma‘noda, 2007 yilda fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish va davlat organlari
tomonidan muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam mexanizmlarini amalga oshirishda
rioya qilishlari kerak bо‗lgan asosiy prinsiplar yaxshilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: