Nashrga ruxsat etaman


О„zbekistonning Turkmaniston bilan hamkorligi



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

О„zbekistonning Turkmaniston bilan hamkorligi.
1991 yilda О‗zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida 
О‗zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi о‗rtasida dо‗stlik va 
hamkorlik tо‗g‗risida shartnoma imzolangan edi. Bu shartnoma ikki davlat 
о‗rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bо‗lib xizmat qilmoqda. 
2017 yil mamlakatlarimiz hamkorligi rivojida tarixiy yil bо‗ldi. О‗zbekiston 
Prezidenti Turkmanistonga uch marotaba tashrif bilan bordi. Jumladan, 2017 yil 6-
7-mart kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning О‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashrifi Turkmanistonga bо‗ldi. Mazkur tarixiy tashrif 
О‗zbekiston tashqi siyosatida yaxshi qо‗shnichilik munosabatlariga alohida 
ahamiyat qaratayotganining yorqin dalili, davlatimiz rahbarining qо‗shni 
mamlakatlar bilan dо‗stlik va hamkorlikni mustahkamlashga intilishining ifodasi 
sifatida e‘tirof etildi. 
2017 yil 6-mart kuni О‗g‗uzxon saroyida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va 
Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka muzokarasi bо‗ldi. Muzokarada 
hamkorlikning yangi yо‗nalishlarini ishga solish, savdo-iqtisodiy aloqalar 
qamrovini 
kengaytirish, 
hududlarning 
tо‗g‗ridan 
tо‗g‗ri 
hamkorligini 
rivojlantirishga kelishib olindi. Transchegaraviy daryolardan oqilona foydalanish, 
chо‗llanishga qarshi kurashish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida 
e‘tibor qaratildi. 
Muzokaralar yakunida О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qо‗shma 
bayonotni, О‗zbekiston Respublikasi va Turkmaniston о‗rtasida strategik sheriklik 
tо‗g‗risidagi shartnomani imzoladilar. Tegishli vazirlik va idoralar о‗rtasida 2018-
2020 yillarda iqtisodiy hamkorlik tо‗g‗risidagi shartnoma, temiryо‗l transporti 
sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid memorandum, 2017-2019 
yillarga mо‗ljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi, 2017-2018 yillarda 
tashqi ishlar vazirliklari о‗rtasidagi hamkorlik dasturi, О‗zbekistondan 
Turkmanistonga qishloq xо‗jaligi texnikalari va kimyo mahsulotlari yetkazib 
berish tо‗g‗risidagi shartnomalar imzolandi. Xorazm viloyati bilan Dashovuz 
viloyati, Buxoro viloyati bilan Lebap viloyati hokimliklari о‗rtasida savdo-iqtisodiy 
va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik tо‗g‗risida bitimlar imzolandi. 


2017 yil 19-20-may kunlari Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga ikkinchi 
amaliy tashrifi amalga oshirildi. Turkmanboshi shahrida bо‗lgan uchrashuv va 
muzokaralar yakunida ikki mamlakat vazirlik va idoralari о‗rtasida neft-gaz, 
energetika, fan-ta‘lim, ekologiya, transport-logistika, turizm va sport sohalaridagi 
aloqalarni izchil rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi. 
2018 yil 23-aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 
davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bо‗ldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 
Kо‗ksaroy qarorgohida bо‗lib о‗tdi. Rasmiy kutib olish marosimidan sо‗ng davlat 
rahbarlari tor doirada uchrashuv о‗tkazdilar. Davlat rahbarlari 2020 yilga borib 
tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollargacha yetkazish uchun zarur chora-
tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldi. 
Kо‗ksaroydagi muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari Qо‗shma 
bayonotni imzoladi. Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo uylari ochish, 
ishbilarmonlar kengashi tashkil etish bо‗yicha, shuningdek, transport, tranzit, 
qishloq xо‗jaligi, fan-texnika, kasaba uyushmalari, sport va boshqa sohalarga doir 
17 ta hujjat imzolandi. Bundan tashqari, tashrif doirasida oliy о‗quv yurtlari 
о‗rtasida va axborot-kommunikatsiya sohalarida 15 ta hujjat qabul qilindi. 
2018 yil 24-avgust kuni Turkmanboshi shahrida Shavkat Mirziyoyev va 
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuv о‗tkazdi. Unda 
mamlakatlarimiz о‗rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari 
muhokama qilindi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahrida «Avaza» 
sayyohlik zonasida Orolni qutqarish xalqaro jamg‗armasi ta‘sischi davlatlari 
rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi. Majlisda Orol muammosi, 
hududdagi ekologik holatni yaxshilash bо‗yicha olib borilayotgan ishlar mu-
hokama etildi. 
Xulosa qilib aytganda, «О‗zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh 
ustuvor yо‗nalish» tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishdi. Natijada esa 
mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, о‗zaro ishonch va yaxshi 
qо‗shnichilik asosidagi aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish