muhokama qilindi.
Ma‘lumki, 2017 yilning aprel oyida mamlakatlarimiz poytaxtlari о‗rtasidagi
aviatashuvlar, temiryо‗l qatnovi qayta tiklandi. Samarqand-Panjikent oralig‗ida A-
377 xalqaro avtomobil yо‗li ochildi. О‗zbekiston-Tojikiston davlat chegarasida
о‗tkazish punktlari о‗z ishini tikladi.
Muzokaralar davomida ikki mamlakat hukumatlariga о‗zaro
savdo hajmini
oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilish masalalarini о‗rganish topshirildi.
Foydalanilmayotgan zaxiralarni ishga solish bо‗yicha takliflar о‗rtaga tashlandi,
turli qо‗shma ishchi guruhlar tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Shuningdek,
mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi
hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni
ta‘minlash, bugungi tahdid va xatarlarga qarshi samarali kurashish masalalari
kо‗rib chiqildi.
Ikki davlat rahbarining о‗zaro muzokaralaridan sо‗ng
kengaytirilgan
tarkibda rasmiy delegatsiyalar a‘zolari, ikki mamlakat vazirliklari va yirik
kompaniyalari rahbarlari, chegaraoldi viloyatlari hokimlari ishtirokida muzokaralar
bо‗lib о‗tdi. Uchrashuv yakunida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport
va tranzit, qishloq xо‗jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta‘lim,
sog‗liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohalaridagi hamkorlik, hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir 27 hujjat
imzolandi. Xususan, tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga
kelishib olindi. 2018 yil 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Tojikiston
Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatlarimiz
о‗rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
2018 yil 17-avgust kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon
davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Kо‗ksaroyda Tojikiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bо‗ldi.
Shundan sо‗ng davlat rahbarlarining
tor doiradagi muzokaralari, О‗zbekiston va
Tojikiston delegatsiyalarining keng tarkibdagi muzokalari bо‗lib о‗tdi.
Muzokaralarda mamlakatlarimiz о‗rtasida о‗zaro tovar aylanmasi jadal
sur‘atlarda о‗sib borayotganligi, xususan, 2018 yilning birinchi yarmida о‗zaro
savdo hajmi 35 foiz ortganligi, qiymati 300 million dollardan ortiq shartnoma va
kelishuvlar imzolanganligi qayd etildi.
Kо‗ksaroyda bо‗lib о‗tgan oliy darajadagi
muzokaralar yakunida
Prezidentlar strategik sheriklik tо‗g‗risidagi shartnomani imzoladi. О‗zbekiston
Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi о‗rtasidagi ushbu shartnomada uzoq
muddatli va barqaror sheriklik munosabatlari о‗rnatish maqsadi, о‗zaro
hamkorlikning strategik yо‗nalishlari belgilangan. Shavkat Mirziyoyev va Imomali
Rahmon davlat rahbarlarining Qо‗shma bayonotini ham imzoladi. Shuningdek,
sanoat, standartlash va sertifikatlash, chegaradan о‗tkazish, ta‘lim hujjatlarini tan
olish,
geodeziya va geologiya, qishloq xо‗jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi
hamkorlikka doir 27 ta hujjat imzolandi. Jumladan, Surxondaryo viloyati bilan
Xatlon viloyati, Samarqand viloyati bilan Sug‗d viloyati о‗rtasida savdo-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik tо‗g‗risida bitimlar qabul
qilindi.
Mazkur tashrif doirasida poytaxtimizda о‗tkazilgan qо‗shma
biznes-forumda
qiymati 103 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: