Reimport
– iste'molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi
– xalqaro valyuta munosabatlarining
davlatlararo bitimlarda
huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi
– bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat
valyutasida ifodalangan
bahosi.
To‘lov balansi
- mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat)
va chet
elliklar o‘rtasida ma'lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan
barcha Iqtisodiy
bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar
-
qiymatning
har
qanday ayirboshlanishi
, ya'ni tovarlar ko‘rsatilgan
xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan
boshqa davlat
rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar.