Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi


III bob. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/36
Sana09.03.2022
Hajmi1,68 Mb.
#487083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
2. Mamatqulova M. BMI 2021

III bob. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING 
NATIJALARI ………………………………………………….
3.1. 
Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish ……………………………. 
3.2. 
Tajriba-sinov ishlarining tahlili ………………………………… 
XULOSA
………………………………………… 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
ILOVALAR
…………………………………….. 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi va masalaning qoʻyilishi. 
Vatanimiz hududida 
qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelmoqda. Xususan, 
astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, fizika, tarix, falsafa, tilshunoslik, 
adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, tоʻqimachilik, kulolchilik, 
shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir Оʻzbekiston olimlari uzoq 
оʻtmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol оʻrganib, оʻzlarining yangi 
kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib 
hissa qоʻshmoqdalar.
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oʻzbekiston 
Respublikasining Oliy Majlisi IX sessiyasida soʻzlagan nutqida ta’lim jarayoni 
darslikdan boshlanishi haqidagi haqiqatga toʻxtalib shunday degan edi: ”Yangi 
darsliklarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻz vaqtida ishlab 
chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur” .
Bugungi 
kunga kelib ta’lim sohasida olib borilayotgan ulkan islohotlar esa oʻz navbatida 
ilm-fan rivojlanishiga oʻz ta’sirini oʻtkazmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda 
Oʻzbekiston Republikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida 
jamlagan “Harakatlar strategiyasi” fikrimizning dalilidir. Harakatlar strategiyasi 5 
ta asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga olib, ushbu yoʻnalishlar oʻz tarkibiga ta’lim 
sohasi ham qamrab oldi.
2018-yil Ulugʻbek qoʻrgʻonida, Oʻzbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev 
Moskva muhandislik-fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universitetining filialini 
ochish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekkan edi. Prezident farmonidan oliygoh 
talabalari atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasi boʻyicha Rossiya 
ta’lim standartlariga muvofiq bilim olishi koʻrsatib oʻtilgan edi. Shu Farmon 
doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida boʻlajag 
“Atomchilar” tayyorlash uchun 2019-yil 13-sentabr oyida Toshkent shaxri 
yaqinida joylashgan Ulugʻbek qoʻrgʻonida Moskva muhandislik-fizika instituti 
Milliy tadqiqot yadro universitetining birinchi xorijiy filiali ochildi. Bu ochilish 



bejiz emas, aynan shu yerda Oʻzbekistonning yirik Yadro fizikasi instituti 
joylashgandir. Hozir hech kim yirik gidrostansiyalar qurmaydi, nafaqat ekologiya, 
iqtisodga ham toʻgʻri kelmaydigan narsa. Butun dunyo atom energetikasiga 
oʻtmoqda, ekologiyaga xavf solmaydi, nihoyatda arzon.
Qolaversa ta’lim toʻrisidagi bir qator Prezident farmonlari va qonunlari 
Oʻzbekiston hududida ilm-fan rivojiga hissa qoʻshmoqda. Xususan, Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi 
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli farmoni ham shular jumlasidandir.
Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasini takomillashtirishga oid boʻlgan 
qismi quyidagi vazifalarni oʻzida mujassamlagan chora-tadbirlar dasturida 
quyidagilarni nazarda tutilgan: 
- aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bogʻlash; 
- oʻqituvchilar uchun zamonaviy metodik qoʻllanmalar yaratish; 
- oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar 
chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish koʻnikmalarini 
rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslar yaratish; 
- tabiiy fanlarni oʻqitishdagi xalqaro tajribani oʻrganish asosida ta’lim 
jarayonini spiralsimon yoʻnalishda olib borish; 
- magistrlik va doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan 
olimlarni umumta’lim maktablarida dars berishga jalb qilish; 
- pedagogika yoʻnalishlarida ta’lim olayotgan talabalarning amaliyot 
soatlarini oshirish, amaliyotni asosan chekka hududlarda oʻtashini ta’minlash; 
Yuqoridagi fikrlardan shuni bilishimiz mumkinki, belgilangan chora-
tadbirlarni aksariyat mazmuni oʻqituvchi va pedagog xodimlar zimmasiga 
yuklangan. Bu esa oʻz navbatida Oliy ta’lim sohasiga ham tegishli hisoblanadi. 
Zamon talablariga mos boʻlgan, raqobatdosh kadrlarni jamiyatga yetkzib berish 
ham mas’uliyatli ham muhim vazifa hisoblanadi. Shu boisdan pedagoglarning 
ta’lim olish jarayonida olingan nazariy bilimlar amaliyotga qoʻllanilishi uchun 



malakaviy amaliyotlar tashkil etilgan. Mazkur sohaning istiqbolini belgilab 
beruvchi omillardan boʻlishi, shubhasiz. 
Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, oʻqitish 
metodlarini uzluksiz takomillashtirish, oʻquvchilar bilimining sifatiga boʻlgan 
talablarning oshib borishi oʻqituvchidan oʻz bilimini uzluksiz ravishda toʻldirib va 
yangilab borishni, malaka va metodik mahoratini yuksaltirishni talab qiladi. 
Hozirgi zamon oʻqitish nazariyasi va amaliyoti oʻquvchilarni oʻqishga boʻlgan 
ishtiyoqini oshirishda didaktik tamoyillarga asoslangan, innavatsion texnologiya va 
multimediyali vositalardan foydalanishni dolzarb ilmiy-metodik muammo 
hisoblanadi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini oʻqitish sifatini oshirish, 
ta’lim jarayoniga zamonaviy oʻqitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli oʻquvchilarni 
saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy 
tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka 
yoʻnaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar Oʻzbekiston zaminida keng 
rivojlanib, Oʻrta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi boʻlib kelgan. Yurtimiz 
hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan 
oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy 
an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab 
Oʻzbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar 
tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor boʻldi va xorijiy 
akademiyalar a’zolari boʻlib saylandi. Eng muhim ilmiy yoʻnalishlarni 
shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli 
fiziklari muhim oʻrin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, 
atom yadrosi fizikasi, yarim oʻtkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi 
sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qoʻshdi. 
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi 
ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish zaruratini koʻrsatmoqda. Jumladan: 



- yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli e’tibor 
berilmayapti, ta’lim dasturlari oʻquvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni 
shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash 
boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi; 
- ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy oʻrta va oliy ta’lim dasturlarining 
uzviyligi ta’minlanmagan; 
- pedagog kadrlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida 
ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi hamda 
stajirovkadan oʻtishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, xorijlik yetakchi 
mutaxassis, olim va oʻqituvchilarni dars jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha 
qolmoqda; 
- fizika fani boʻyicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi yoʻlga 
qoʻyilmagan, oʻquv adabiyotlarining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining 
bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan, masalalar toʻplami, praktikum, 
laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha qoʻllanmalar, multimedia dasturlarini 
yaratishga e’tibor qaratilmagan; 
- fizika ta’limi va tadqiqotlari infratuzilmasining moddiy-texnik bazasi 
eskirganligi, fizika fani boʻyicha oʻquv va ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar 
bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga 
salbiy ta’sir koʻrsatmoqda; 
- fizika ixtisosliklari boʻyicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash 
salmogʻining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab boʻlmoqda. 
Quyidagilar dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin: 
-
umumta’lim muassasalarida fizika fanini oʻqitish sifatini oshirish, darsliklar 
va oʻquv qoʻllanmalarini takomillashtirish; 
-
fizika fani boʻyicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning 
oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini 
rivojlantirish; 
-
ta’lim jarayoniga zamonaviy oʻqitish uslublarini, shu jumladan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish; 



-
pedagog kadrlar va oʻquvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, 
iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan 
olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli oʻrinlar egallashini 
ta’minlash; 
-
oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini oʻqitishning integrativ 
prinsiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori boʻlgan 
mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish orqali yoshlarning 
fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish; 
-
fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy 
bogʻliqligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga 
qaratilgan ilmiy ishlar koʻlamini kengaytirish; 
- ilmiy tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy 
ahamiyatini oshirish. 
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-
internati zimmasiga — fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va 
fizika fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablar uchun 
metodik koʻmak koʻrsatish, fizika fani boʻyicha malaka oshirish kurslari uchun 
ta’lim dasturlari va multimedia materiallarini ishlab chiqish; 
Oliy ta’lim muassasalari zimmasiga-oʻziga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan 
maktablarda oʻquv jarayoni sifatini oshirish, professor-oʻqituvchilar va iqtidorli 
talabalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, mahorat darslari, toʻgaraklar va yozgi 
maktablarni tashkil etish yuzasidan javobgarlik yuklansin. 
Oʻzbekistonda yadro fizikasi tadqiqotlari oʻtgan asrning 40-yillarida 
boshlangan boʻlib, 50-yillariga kelib jadal rivojlana boshladi. Mamlakatda yuqori 
malakali olimlarning mavjudligi, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik 
maqsadlarida foydalanish yoʻlida Oʻzbekiston olimlarining samarali ilmiy 
izlanishlari va amaliy ishlanmalari 1956-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi Yadro fizikasi institutining tashkil etilishiga zamin yaratdi. 



Institut oʻzining 60 yildan ziyod faoliyati davomida yadro fizikasi va 
yadroviy texnologiyalar sohasida dunyo ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan 
yirik tadqiqot markaziga aylandi. 
Oʻtgan yillar davomida Institut jamoasi tomonidan muayyan ishlar amalga 
oshirildi, shu jumladan: 
- atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, yadro tuzilishi nazariyasi, quyi 
va oʻta past energiyalarda yadrolarning parchalanishi va qoʻshilishi fizikasi, yuqori 
energiyalar fizikasi, astrofizika va kosmologiya, qattiq jism radiatsion fizikasi, 
radiokimyoning fundamental jihatlari sohalarida yadroviy ilmlarning fundamental 
asoslari rivojlantirildi; 
- amaliy radiokimyo, radioizotoplar va ular asosida radiofarmatsevtik 
preparatlar ishlab chiqarish, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun radiatsion 
priborlar va uskunalar tayyorlash, optik va mikroelektronika uchun yangi 
materiallar olish boʻyicha amaliy yadro texnologiyalari yaratildi. 
Shu bilan birga, yadro fizikasi sohasida tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, 
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, Institutning ilmiy salohiyatini yanada 
oshirish uchun qoʻshimcha choralarni koʻrish talab etilmoqda, xususan: 
- ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish; 
- yosh olimlarni tayyorlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish boʻyicha 
olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida 
mavjud dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy-ilmiy tadqiqotlar 
koʻlamini kengaytirish hamda tadqiqot reaktoridan samarali foydalanish; 
- atom energetikasi yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlarni yoʻlga qoʻyish; 
Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, 
zamonaviy yadroviy uskunalar, yuqori energiyali siklotron, yuqori quvvatli 
elektron tezlatgichlar, boshqa asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash. 
Ilmiy metodik izlanishlar olib borish, jumladan, dastur va darsliklarning 
yangi avlodini yaratish, oʻquv qoʻllanmalari yozish zarurati tugʻiladi. Bu 
zaruriyatdan kelib chiqqan holda, qisqa vaqt ichida Atom va elementar zarralar 
boʻlimidan ta’lim tizimining turli bosqichi uchun oʻquv dasturlari, va 



qoʻllanmalarining analizi shuni koʻrsatadiki, uzluksiz ta’lim tizimining turli 
bosqichlarida Atom va element zarralar, zarralarni tezlashtiruvchi asboblar 
mavzularini oʻqitish uzviyligi va uzluksizligi kam ta’minlangan ekan. Shu 
sababdan mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusi 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish