Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog'i
o'zgarishsiz qolmaydi. Asosan fan-texnika taraqqiyoti sharoitida moddiy, buyumlashgan boylik
tarkibida yirik o'zgarishlar ro'y beradi. Sanoat tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko'payadi va
yangilanadi, noishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy, o'quv, sog'liqni saqdash
muassasalarining ulushi tobora ko'proq hissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga
jalb qilish suratlari o'sib boradi.
Moddiy buyumlashgan boylik o'sishining asosiy omillari sifatida
quyidagilarni ajratib
ko'rsatish mumkin:
- mehnat unumdorligining o'sishi;
- ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
- milliy daromadda jamg'arish normasining ortishi.
Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi.
Buning ma'nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning
iste'mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko'payishi ro'y beradi. Boshqa tomondan milliy
boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi.
Bunda ishlab chiqarishning o'sish sur'ati va miqyosi milliy boyliqdan foydalanish xarakteriga
bog'liq bo'ladi.
Moddiy buyumlashgan boylik oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdan farqlansa-
da, har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning
shart-sharoitini va
inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning vujudga kelishi insoniyat
jamiyatiga bog'liq emas, u tabiat qonunlari asosan ro'y beradi. Foydali qazilma boyliklar, o'rmonlar,
suv va resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishi tashqarida turadi.
Tabiat in'omlari o'zlarining dastlabki ko'rinishida tabiy boylik bo'lib, shu holatida inson
faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Bunning ma'nosi shuki, tabiiy
boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular real boylikka inson
mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi
nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi
hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog'liq bo'lmagan
alohida turdagi
iste'mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish, sohalarining faoliyat qilishi va
rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish
uchun zarur bo'ladi. Bunday boyliklarga ta'lim sog'likni saqlash, fan, madaniyat, san'at, sport
sohalarida v judga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uni tarkibida tarixiy yodgorliklar,
arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san'at asarlari alohida o'rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san'atni rivojlanish darajasi,
jamiyat
a'zolarining to'plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va
malakaviy bilim darajasi, sog'liqni saqlash, ta'lim va sportning rivojlanish darajasi o'z ifodasini
topadi.
Moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko'payishning asosi
xisoblanadi. Agar fan-texiika taraqqiyoti yuqori sur'atlar bilan rivojlansa madaniyat, sana't fan kabi
nomoddiy sohalar xam o'sib va takomillashib boradi.
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha
bo'lib, o'z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: