1.2. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida qo‘llaniladigan
kreditlash shakllari va usullari tavsifi
Fanda, umuman har bir sohada, xoh u ijtimoiy xoh ilmiy bo‘lsin uning
ajralmas qismalridan biri undagi ma’lum bir tushunchalarning klassifikatsiya
qilinishidir. Chunonchi kreditlash va kredit berishdagi bir biridan farq qiluvchi
yondashuvlar va metodlarning mavjudligi o‘laroq “kreditlash shakllari”,
“kreditlash usullari” kabi kredit berish usullarini anglatuvchi tushunchalar
shakllangan bank sohasida. Kredit turlari bilan kreditlash shakllarini
adashtirib yubormaslik lozim. Kreditning turi deganda uning ma’lum belgilariga
ko‘ra o‘ta aniqlikda shakllantirilgan tavsifi tushuniladi. Kreditning muddatiga
ko‘ra, obyektiga ko‘ra, qaysi iqtisodiy tarmoqqa yo‘nalganligiga ko‘ra,
ta’minlanganligiga ko‘ra va boshqa jihatlariga ko‘ra turlarini ajratish mumkin. Biz
bularga to‘xtalmaymiz va kreditlash shakllarini tavsiflashga o‘tamiz
Tijorat banklarining faoliyatida kreditlashning quyidagi shakllari
qo‘llaniladi:
19
1.
i
Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash
shakli.
Ushbu shakl O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida
keng qo‘llaniladigan kreditlash shakli hisoblanadi.
Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kredit berish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilingandan keyin ssuda hisobraqami ochiladi va kredit bir
marotabalik to‘lov shaklida mol yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsa-
tuvchiga tashlab beriladi.
Kreditning maqsadlilik prinsipi mavjud bo‘lganligi sababli, kredit
summasini kredit oluvchining joriy hisobraqamiga tashlab berishga ruxsat
etilmaydi.
Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash
shaklining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat:
- kreditdan foydalanish samaradorligi ta’minlanmasligi mumkin,
ya’ni mol yetkazib beruvchi tomonidan tovar o‘z vaqtida etkazilmay
qolishi mumkin, mijoz esa, kredit uchun foiz to‘layveradi;
- berilgan kreditdan foydalanilishi ustidan nazorat qilishning iloji
yo‘q. Chunki Kredit summasi to‘liq mol yetkazib beruvchining joriy hisob
raqamiga tashlab beriladi.
2. Mijozni kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli.
Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kreditlash limiti ajratiladi va
ushbu limitdan foydalanish davri belgilanadi. Shuningdek, kreditning foiz
stavkasi va mijozdan undiriladigan bir marotabalik komission to‘lov stavkasi
belgilanadi.
Mijozdan qo‘shimcha ravishda undiriladigan komission to‘lov
20
kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlashda tijorat banki uchun
likvidlilik riskining mavjudligi bilan belgilanadi. Chunki, mijoz talab
qilgan har qanday vaqtda bank kreditni chiqarib berishi shart.
Kredit liniyasining quyidagi turlari mavjud:
A)
qayta tiklanadigan kredit liniyasi (revolver kredit deb ham ataladi) ;
B)
qayta tiklanmaydigan kredit liniyasi;
V) bitimning ma’lum shartlariga asoslangan kredit liniyasi.
Iqtisodchi olim V.Usoskin o‘zining “Zamonaviy tijorat banki: operatsiyalari
va boshqarish” nomli monografiyasida tijorat banklari kreditlash amaliyotining
asosiy jihatlarini tadqiq qilgan. U tadqiqot natijalariga asoslangan holda, bir qator
ilmiy xulosalarni shakllantirgan. Ana shunday muhim xulosalardan biri mijozni
bank tomonidan kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash orqali kredit riski
darajasini sezilarli darajada pasaytirish mumkinligidir
13
. Uning fikriga ko‘ra, kredit
liniyasi orqali mijozni kreditlashda kompensatsion qoldiqdan foydalanish orqali
mijozni nisbatan past foiz stavkasida kreditlash mumkin. Bu esa, kredit riskini
kamayishiga, kreditni qaytish ehtimolini oshishiga olib keladi.
Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan bitimning ma’lum shart-
lariga asoslangan kredit liniyasi, odatda, ma’lum davrda yetkazib berila-
digan tovarlar haqini to‘lash hamda ma’lum davrda amalga oshiriladigan
xarajatlarni moliyalashtirishda qo‘llaniladi.
Kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli bir qancha afzallliklarga
ega, ular quyidagilar:
-
i
mijoz har safar kredit so‘rab bankka murojaat qilish zaruriyatidan
xolos bo‘ladi;
-
i
ajratilgan kreditlash limitining faqat foydalanilgan qismi uchun
foiz to‘lanadi;
13
В.М Усоскин. Cовременный комерческий банк: управление и операции. – Mосква: Вазар ферро
,
1994. – С.189.
21
-
.
bank ma’lum davr mobaynida barqaror foizli daromad oladi;
-
.
tijorat banki kreditlash shartnomalari shartlarining bajarilishi ustidan
nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Agar kredit shartnomasi shartlarining mijoz
tomonidan buzilishi yuz bersa, bank kredit liniyasini vaqtinchalik yopib qo‘yishi
mumkin.
Bizning mamlakat bank amaliyotida xorijiy banklar kredit liniyalari orqali
mijozlarga kredit ajratish tajribasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri overdraft krediti
hisoblanadi. Kreditlashning overdraft shakli ingliz tilida so‘zlashuvchi
mamlakatlarda (Angliya, Shotlandiya, Irlandiya, Uels, Kanada) yaxshi
rivojlangan.
Overdraft krediti doimiy pul tushumiga ega bo‘lgan ishonchli
mijozlarga beriladi va ular faoliyatida yuzaga keladigan qisqa muddatli
pul mablag‘lari yetishmovchiligiga barham berish maqsadida beriladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamini debetli qoldig‘i
summasiga beriladi. Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit
shartnomasiga ko‘ra, mijozga bank tomonidan kreditlash limiti ajratiladi.
Mijozning joriy hisobraqamida pul mablag‘larining yetishmaslik holati yuzaga
kelganda, ya’ni debetli qoldiq hosil bo‘lganda, bank ajratilgan limit doirasida
overdraft krediti ajratadi.
Overdraft kreditida ssuda hisobraqami ochilmaydi. Kompyuter
dasturi berilgan overdraft kreditini mijozlar toifasi bo‘yicha avtomatik
ravishda hisobga oladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamiga pul kelib tushishi
bilan avtomatik ravishda qoplanadi.
Overdraft kreditining foiz stavkasi muddatli kreditlaming foiz
stavkasidan yuqori boiadi. Buning sababi shundaki, overdraft kreditlari
ta’minlanmagan kreditlar boiib, ulaming risk darajasi nisbatan yuqoridir.
22
Overdraft kreditlarida garov ta’minotining mavjud emasligi
quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
- kredit oluvchining joriy hisobraqamida qachon pul mablag‘lari
etishmasligini oldindan bilish qiyin;
- kredit oluvchining joriy hisobraqamida qancha miqdorda pul
mablag‘lari yetmay qolishini oldindan bilib bo‘lmaydi.
Bizning bank amaliyotimizda ushbu kreditlash shakli mavjud va u
yaqinda 2017-yil 10-iyunda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan “Jismoniy
shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi
to‘g‘risida”gi nizomga asosan amalga oshiriladi. Ko‘rinib turganidek hozircha
tijorat banklari overdraft kreditini faqat jismoniy shaxslarga taqdim etmoqdalar.
Kreditlashning yana bir shakli kontokorrent bo‘lib nemis tilida
so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Germaniya, Avstriya, Shveytsariya) yaxshi
rivojlangan.
Kreditlashning kontokorrent shaklida mijozning joriy hisobi
yopiladi va uning o‘miga kontokorrent hisobraqami ochiladi.
Kredit olgan mijozning faoliyatidan keladigan barcha tushumlar
kontokorrent hisobraqamining kreditida aks etadi, uning majburiyatlari
yuzasidan barcha to‘lovlari kontokorrent hisobraqamining debetida aks
etadi.
Kontokorrent kreditida mijozga kreditlash limiti ajratiladi kontokorrent
hisobraqamining debetli qoldig‘i summasiga beriladi vakrediti kontokorrent
hisobraqamiga pul mablag‘lari kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi.
Kontokorrent krediti kredit to‘lo‘viga layoqatliligi bo‘yicha birinchi
toifaga mansub bo‘lgan mijozlarga garovsiz beriladi. Buning sababi
shundaki, kontokorrent risk darajasi yuqori bo‘lgan kreditlash shakli
hisoblanadi.
23
Kontokorrent kreditining debetli qoldig‘i uchun mijoz bankka,
uning kreditli qoldig‘i uchun bank mijozga foiz to‘laydi. Bunda mijoz
bankka kredit uchun foiz to‘laydi, bank esa. mijozga talab qilib olinadigan
depozit hisobraqamlari qoldig‘iga to‘lanadigan foiz darajasida (0,5-1,0%)
foiz to‘laydi.
Shunisi ahamiyatliki, kontokorrent krediti qaytarilmaydigan
moliyalashga aylanib qolmasligi lozim. Shu sababli, kreditlashning ushbu
shaklida kredit riskini chuqurlashishiga yo‘1 qo‘ymaslik maqsadida
quyidagi choralar qo‘llaniladi:
mijozning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini 80-90 foizi o‘z
kapitali hisobidan qoplanishi lozim;
kontokorrent krediti bo‘yicha qarzdorlikni keyingi oyga o‘tishiga
yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun mijozga har oyning so‘nggi ish
kunida kontokorrent hisobarqamining kreditli qoldig‘ini ta’minlash sharti
qo‘yilishi lozim.
Kontokorrent krediti odatda mijozning joriy ishlab chiqarish
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga mo‘lljallangan.
Ammo amaliyotda kontokorrent kreditidan uzoq muddatil investitsion
loyihalar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim xarajatlarni qisqa muddatli
moliyalashtirishda ham foydalaniladi. Ushbu maqsadlarga berilgan
kontokorrent krediti uzoq muddatli kredit berilishi bilan so‘ndiriladi
.
Mamlakatimiz bank amaliyotida kreditlashning kontokorrent shaklidan
foydanilmaydi, shuning uchun huquqiy asosi ham mavjud emas.
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri faktoring bo‘lib, bu
kreditlash shaklida tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari tijorat banki tomonidan
diskont stavkasi bo‘yicha regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz mol
yetkazib beruvchidan sotib olinadi.
Tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari regress huquqi bo‘yicha sotib
24
olinganda, agar sotib oluvchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolsa, tijorat
bankida to‘lab berilgan summani mol yetkazib beravchidan undirish
huquqi saqlanib qoladi. Ko‘rinib turganidek regress huquqi tijorat banklari
manfaati uchun ayni muddao hisoblanadi va banklar uchun faktoring
operatsiyalari riskini kamaytiradi. Regress huquqisizda esa buning aksi.
Faktoring mol yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga bir qator
afzalliklari mavjud, u lahzali likvidlilikni ta’minlaydi, ya’ni biror majburiyatni
bajarish vaqti kelsayu, mablag‘ yetarli bo‘lmasa debitorlik qarzini sotish orqali
muddatidan oldin mablag‘ni olish mumkin, va faktoring biznes faoliyatining
uzliksizligini ta’minlaydi.
14
Faktoring kreditlash shaklida kreditning foizidan tashqari, faktoring xizmati
ko‘rsatganligi uchun mijozdan qo‘shimcha komission to‘lov undiriladi.
«Xalqaro faktoring to‘g‘risida»gi xalqaro konventsiyaga (UNIDRUA)
asosan operatsiya faktoring operatsiyasi sifatida tan olinishi uchun quyidagi
4 talabdan kamida 2 tasi bajarilishi lozim:
1.
Qarz majburiyatlarini oldindan to‘lash shaklidagi kreditlashning
mavjudligi.
2.
Mol yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobini yuritish.
3. Mol yetkazib beruvchining debitor qarzdorligini inkassatsiya
qilish.
4.Mol yetkazib beruvchini kredit riskidan sug‘artalashning mavjudligi.
Mamlakatimizda faktoring kreditining huquqiy asoslari yaratilgan ular:
“Fuqarolik kodeksi”ning 313-323, 749-758 moddalari va Markaziy bank
boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan 2000-yil 3-avgustda
953-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat
14
.
J.Velentzasa, N.Kartalisb, G.Bronic. The Factoring and forfaiting contract as contemporary types of finance.
Especially the Greek regulations //
Journal of Procedia Economics and Finance. May 2013, pages
757 – 762
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2212567113000889
25
banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi
nizomi hisoblanadi.
Kreditlashning yuqorida faktoring shakliga o‘xshash shakllaridan biri bu
forfeyting hsoblanadi. Kreditlashning forfeyting shaklida uzatma tijorat
veksellari, ya'ni trattalar tijorat banki tomonidan, diskont stavkasi bo‘yicha, mol
yetkazib beruvchidan regress huquqisiz sotib olinadi. Forfeyting mol yetkazib
beruvchini kreditlash shakli hisoblanadi.
Forfeyting kreditlari tijorat bankiga diskont stavkasi ko‘rinishida
daromad keltiradi. Ammo forfeyting kreditlarining risk darajasi yuqoridir.
Agar sotib oluvchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolsa, zarar to‘liq tijorat
bankining zimmasida qoladi. Chunki, tijorat bankida mol yetkazib
beruvchidan toiovni undirish huquqi boimaydi. Shu sababli, sotib
oluvchining to‘lovga qobilligini tahlil qilish va baholash kreditlashning
forfeyting shaklidagi kredit riski darajasini pasaytirishning asosiy
yo‘nalishi hisoblanadi.
Forfeyting kreditlari mol yetkazib beruvchilarning pul mablag‘lariga
bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida kreditlashning forfey-
ting shakli mavjud emas. Buning asosiy sababi — trattalar muomalasining
mavjud emasligidir.
Yirik investitsion loyihalar, ya‘ni umumiy qiymati tijorat banklarining
birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihalarini
kreditlashda bir necha yirik banklar ishtirok etishi mumkin. Bir necha banklar
tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash shakli esa
sinditsiyalashtirilgan kredit deyiladi. Bunday yirik loyihani moliyalashtirish uchun
ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro kelishadi va bank sindikatini tashkil
qilishadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta‘minlanganlik,
26
muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida kredit shartnoma bo‘yicha
faqat yuridik shaxslarga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan sinditsiyali
kreditlashni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining 2005-yil 16-iyuldagi 613-sonli “Tijorat banklari tomonidan
yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga
oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. Mazkur
Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 20-avgustda
1509-raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati, foiz stavkasi miqdori yirik
investitsiya loyihalarining qoplanish muddatiga, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga
asosan kredit shartnomasida belgilanadi. Zarar bilan ishlaydigan, nolikvid
bo‘lgan, samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan mijozlarga
sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi.
15
Bu kredit turiga amaliy jihatdan
keying bobda batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz
Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan keng qo‘llaniladigan kredit
shakllari sifatida
jismoiiy shaxslarga (iste'molchiga) uning iste'mol ehtiyojlarini
qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan
iste’mol kreditini, (bu kreditning huquqiy asosi
2005-yil 22-dekabrda qabul
qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonun hisoblanadi) ob’ekti ko‘chmas mulk
hisoblangan ipoteka krediti (huquqiy asosi 2006-yil 28-iyunda qabul qilingan
“Ipoteka to‘g‘risida”gi qonun hisoblanadi) va oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt
shartnomasi asosida tahsil oluvchi talabalarga taqdim etiluvchi ta’lim kreditini
(Vazirlar Mahkamasining 2001-y 26-iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq qabul
qilinngan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish u chun ta’lim
kreditlari berish to‘g‘risida”gi nizomiga asosan tartibga solinadi) aytish mumkin.
Kreditlash shakllarga raqamlarda keyingi bobda to‘xtalamiz
15
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yil 16-iyuldagi 613-sonli «Tijorat banklari tomonidan
yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomi
27
Do'stlaringiz bilan baham: |