200
Yuqoridagilar asosan, o’rnatiluvchi baza sifatida
detal yuzasi tanlanib u
o’rnatish teshigi o’qiga perpendikulyar, yig’ish jarayonida gorizontal holda
bo’ladi.
Ko’p xollarda yig’ish jarayonida baza
detali moslamaga mustaxkam
o’rnatilgan bo’lib, qolgan barcha kerakli birikmalar hosil qiladigan harakatlar
manipulyator yoki robotlar yordamida bajariladi. Birikma hosil qiladigan detallar
aniqligi ularni bazalashtirilishdan tashqari ko’zatuvchi
mexanizmlarga qanday
qisilganligiga, birikma detallarining fizik-mexaniq xossalariga ham bog’liq.
Mashina va mexanizmlarni ishlash faoilyati undagi detallar va birikmalar
holatiga bog’liq, chunki ularda tashqi kuchlar ta’sirida talab etiladigan o’lchamlar
chetlanishlar ko’zatiladi. Bu o’z navbatida yig’ish jarayonlariga ham bog’liq.
Sababi, yig’ish jarayonida qo’yilgan xatoliklar oxir oqibatda mashina va
mexanizmlarni xatoligiga olib keladi. SHuning uchun yig’ilayotgan
birikmalarga
yuqori talablar qo’yiladi.
Aniqlik bu mashina sifatini belgilovchi texnik-iqtisodiy ko’rsatkich
hisoblanadi. Mahsulotga qo’yiladigan aniq talablar asosida mashinalar, ularni
birikmalariga ham talablar qo’yilardi. Lekin shu
narsani esdan chiqarmaslik
kerakki har bir mahsulotga, uni ishlatish joyiga qarab har xil talabda detallar,
birikmalar tayyorlanadi. Birikma va detallarni aniqligini ortib borishi o’z navbatida
ishlov berish texnologiyasini ortishiga va ularni ishlab
chiqarish tannarxini ortib
ketishiga olib keladi.
SHuning uchun kerakli aniqlikdagi detallarni, birikmalarni ishlab chiqish
iqtisodiy ko’rsatkichlar asosida texnologik jarayonlarga bog’liq.
201
8.2-rasm. Val va vtulkani yuzalarini faskalari bo’yicha bir biriga birikishi.
Demak, mashinasozlik korxonalaridagi
mashina va mexanizmlarning
aniqligi ularni tashkil etuvchi birikmalar, detallarni aniqligiga bog’liq ekan.
Yig’ish jarayonida hosil bo’ladigan detallar tutashmas o’zining erkinlik
darajasi qandayligiga qarab qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas bo’ladi.
8.3-rasm. Valning vtulka teshigiga nisbatan so’ngi joylashishi.
Agar qamrovchi detalning o’zgaruvchan o’lchamlarini A va A1,
qamralanuvchi detalnikini esa V va V1 deb belgilasak u holda detallar
tutashmasidagi oraliq va taranglik o’lchamlarning funksiyasi bo’lib
1
1
,
,
,
B
B
A
A
(8.5)
u holda detal o’lchamlarini oraliq masofaga bog’liqligini
belgilovchi tenglama
quyidagi ko’rinishiga ega:
1
1
1
1
B
B
B
B
A
A
A
A
(8.6)
202
Silindrsimon detallar tutashmasi uchun A=D teshik diametri va V=d val
diametri.
;
1
;
1
1
Do'stlaringiz bilan baham: